O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...  ( 80902 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 B


Donishmand  02 May 2013, 16:47:27

Ertalab, o'g'lim:
- Dada mangayam Mahmidjonnikidaqa moshinacha obkepbeyiiin..
Kechki payt ishdan qaytayotib chiroyli moshinacha oldim. Bu o'yinchoq Mahmudjonnikidan ancha yaxshiroq edi.
- Mana o'g'lim, sizga Mahmudjonnikidanam zo'r mashinacha!
- Uyyeee moshinachaaa! - o'yinchoqni quchoqlab biroz to'htab qoldida, dedi:
- Dada, Mahmidjongayam mashnaqa moshinacha opkepbeyiiin...

Boringga shukur bolam! Doimo shunday bo'lgin!

Qayd etilgan


Donishmand  03 May 2013, 18:05:48

Tubsiz jarlik tomon shiddat bilan oqib ketayotgan qayiq ichida suvga qarmoq tashlab hotirjaam baliq tutayotgan baliqchiga o'hshaymiz...

Qayd etilgan


Donishmand  04 May 2013, 19:17:14

Bir joyda o'tirbmiz. Dasturxon mo'l-ko'lchilik. Bir aka kelib mezbon sifatida dedi:
- Yaxshi kevoldiylarmi, kamchiliklar yo'qmi? Olishib o'tiriylar, olinglar, manavilardan olinglar, nimaga bundan yemayapsizlar? Olinglar, quying choydan, hov bola choydan opke! Nonni sindiring. Qorinni to'yg'azvolmanglar yana, xali uch xil o'vqat bo'layapti (!)
:) Mulozamating bor bo'lsin, o'zbegim!

Qayd etilgan


Aqoid  04 May 2013, 21:06:23

Unaqa joylarda biz ham 2 oylab ishlorardik.

Qayd etilgan


Donishmand  10 May 2013, 16:48:26

Yaxshi bo'lib ketamiz...

Ba'zan "Yaxshi bo'lib ketamiz hali" - deb qo'yishadi. Ha albatta, yaxshi bo'lib ketamiz! Bir kunmas-bir kun olomon to'planadi, ro'paralariga bizni olib chiqib yotqizishadi, kimdir - "Qanday odam edi?" - deb so'raydi.
Hamma bir ovozdan: "yaxshi odam edi!" - deb javob berishadi. Shunday qilib yaxshi bo'lib ... ketamizda endi.

Qayd etilgan


Muxsiya  13 May 2013, 15:50:13

Yaxshi niyat qiling ungacha yaxshi bo'lib ketaylik

Qayd etilgan


Donishmand  19 May 2013, 12:08:19

Yurayotgan har yo'ling tekkiz emas,
Olayotgan nafasing bejiz emas,
Har ishniki bordir hisob-kitobi -
Bu dunyoda hisoblashmak joiz emas...

Qayd etilgan


Shuhrat_  20 May 2013, 08:56:19

Har kun Mozor yonidan o'taman,goh to'xta goh to'xtamay, qabrlar shundoq kurinib turadi...ey qabr axli siz bizdan avvalgisizla ,va albatta biz sizdan keyingi qaytguvchilardirmiz.
Kun buyi tinmaymiz, qaylargadir shoshilamiz, asli biz usha qabrga shoshilyapmiz...

Qayd etilgan


Donishmand  20 May 2013, 10:51:13

Ko'zi ojiz bir odam yo'lakda borayotgan ekan. Yonidan bir kishi o'tib ketayotib chuqurchaga qoqinib, yiqilib tushibdi. Ko'zi ojiz odam uni suyab turgazayotib, taskin beribdi:
- Hechqisi yo'q, birodar, yomon tushmadingizmi, shu yerda bir chuqurcha bor, har kuni o'tayotib sezaman, shuni ko'rmay qolibsizda...

Qayd etilgan


Muxsiya  20 May 2013, 16:14:59

Bir o'g'ri kechasi bir odamni izidan kuzatib kelardi. U kishi uni qorong'uda tanimay birodari fahmladi va hammom yoniga yetganda hamyonini berib ushlab tur degancha kirib ketdi va ancha vaqt o'tgach chiqdi. Yaqinlashib yorug'da ko'rdiki begona va so'radi: Sen kimsan
O'g'riman
Bu yerda nima qilyapsan?
Seni izinga tushgandim hamyoningni o'g'irlamoqchi edim ma ol bugungi ishim o'ngidan kelmadi
Hamyonni shundagicha qo'linga topshirgandimku nega og'irlamading?
Sendan uni o'g'irlamoqchi edim sen esa menga uni omonat qilib topshirding, men o'g'riman lekin o'g'ri emasman, dedi

Qayd etilgan