Assalomu alaykum qadrli forumdoshlar,
Xushxabarni qarshi oling!
2012 yil - " Mustahkam oila " yili deb e'lon qilindi. Bu yilda oilalarimiz ham ma'naviy, ham moddiy jihatda mustahkam bo'lib boraversin. Biz qurgan oila deb atalmish qo'rg'onni hech bir yovuz kuch va illatlar buza olmasin. Qo'rg'onimiz bundanda mustahkam bo'lsin. Har bir o'zbek xonadonidan fayzu baraka arimasin, baxtli saodatli oilalar ko'payaversin.
Oilangiz baxti o'z qo'lingizda! Uylanmaganlarga hayrli kelin, turmushga chiqmaganlarga hayrli kuyov, turmush qurgan oilalarga oila tayanchi shirindan shakar farzandlar tilab qolaman. Mustahkam o'zbek oilalari ko'payib boraversin.
Farzand - oila tayanchi, Oila esa - yurt tayanchi!