So'rovnoma

Sizningcha, 2011 yilning eng ibratli mulohazasi qaysi?

AbdulAziz - "Muazzinning so'nggi azoni"
11 (14.7%)
Aqoid - "Odam so'zining ta'rifi"
4 (5.3%)
Habib - "Namozga polvon 100 yoshlik otaxon"
9 (12%)
Kapalak - "Har narsaning vaqti-soati..."
6 (8%)
Lobar Aziz - "Zoru-nolon qorako'l..."
7 (9.3%)
Mo'min Mirzo - "Hozir kitoblarga qiziqish yo'q..."
7 (9.3%)
Muallim - "Ey mutaallim birodar..."
10 (13.3%)
Musannif Adham - "Ota bo'lish qiyin emas..."
7 (9.3%)
Rabella - "Chiroyli o'lim topish"
14 (18.7%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 30

So'rovnoma tugadi: 31 Dekabr 2011, 14:22:04

Muallif Mavzu: 2011 yilning eng qiziqarli, ibratli mulohazasi (posti)  ( 7496 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Assalomu alaykum!
Ushbu mavzuda 2011 yilning eng eng ibratli mulohazasi uchun nomzodlarni taklif qilishingiz mumkin.

Nomzodlar taklif qilish uchun oxirgi muddat: 19 dekabr, 2011 yil.
Taklif etilgan nomzodlar asosida so’rovnoma tashkil etilib, 20 dekabrdan 31 dekabrga qadar online ovoz berish natijasida ushbu nominatsiya g’olibi aniqlanad
« So'nggi tahrir: 20 Dekabr 2011, 14:11:11 muallifi AbdulAziz »
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

muxlisa

  • Mehmon
Re: 2011 yilning eng qiziqarli, ibartli mulohazasi (posti)
« Javob #1 : 09 Dekabr 2011, 16:51:38 »
Mumin Mirzoni postlari:

Iqtibos
Hozir kitoblarga qiziqish afsuski yo'q. 70-90 yillar orasida nashrdan chiqqan kitoblarga nazar solsak, bari o'rtacha 40-70ming nusxada nashr etilganini ko'ramiz, Kitoblar esa arzon (ham ko'p tirajda ham gazet qog'ozida chiqqani sabab) edi. ilgari televizor qimmat, kompyuter esa mashina narhiga yaqin edi, internetku u vaqtlarda birovning hayoliga ham kelmasdi.  Bor televizorlarda ham 8tadan ortiq telekalanal bo'lmasdi. Shunga kitobga qiziqish kuchli edi. Endi esa zamon o'zgardi, yoshlarni kitobdan chalg'ituvchi televizordagi kabel tvda 50ga yaqin kanal, bu ham yetmasa parabolik antennalar ham shay turadi, undan bunga olib chiqquncha yarim soat vaqt ketadi.
Bunga ham qoniqmasak avvalgiday 1kg go'shtning puliga ikkitagina kino sig'adigan VHS video kassetasidan olib kelmay, 1'5ming so'mga 30ta kino sig'adigan dvd diskni qo'yib olsa ikki kunlik vaqti "dam olish" bilan o'tadi.
Kompyuterlar ham deyarli arzonlashib ketgan, grafikasi kuchayib turli o'yinlarga ham imkon berildi.
Internetda ham qancha vaqtni bekor o'tkazish uchun qulay sharoit yaratilgan.
Esimda, 90chi yillar boshida IBM kompyuterini olib kelgan edik, hozirgi kompyuter bilan solishtirsak odamni kulgusi keladi. Vaholanki o'sha vaqtda bu aql bovar qilmas narhda edi. Kompyuterda kino ko'rishlar hayolga ham kelmas, lazerniy disklarning nomi ham yo'q. Qog'ozga o'xshash yupqa disklar, yoki floppy disklardan foydalanardik.
Kompyuterda faqat hisob kitoblar bo'lardi. Dave, Prince of Persian, Pac Man degan oddiy o'yinlar ham bo'lardi, lekin kompyuter qimmat bo'lgani sababli o'yinlarga ko'pam ruxsat berilmasdi.

Qarindoshimning uyiga borganimda kitob javonidagi kitoblarni ko'rib havasim kelardi, sovet davrida va mustaqillikdan keyin 2000 yillargacha chiqqan barcha kitoblar bor edi. Afsus, farzandlari o'qimasdi kitoblarni. Bir kuni borganimda kitob javon yo'q, uy ta'mirlangan, kitoblar esa omborxonada, bir televizor korobkasida ekan. Shunday korobkadan 4tasiga sig'adigan darajada ko'p kitoblari bor edi, endi esa shu bitta korobka ham yarimlab qolgan, tagidagidagi kitoblarni sichqon titib tashlabdi. "kitoblar qani, ko'p ediku" desam, "Tualetga, tandirga ishlatyapmiz..." deydi. Daxshatga tushdim, so'rab o'tirmay kitoblarni yig'ishtirib oldim, tandirga bordim Ensiklopediyalarning yarmi tandirxonada, 4tasi esa yoqilib ketgan ekan. mashinaga joyladim, otasiga "kitoblarni olib ketyapman" deb aytib qo'ydim (so'radim emas), qarshilik bildirmadi. Hozir deyarli nodir kitoblarga aylangan qancha kitoblari tandirda yonib kul bo'lgan, befarosatlik bilan xojatga ishlatishgan, o'ylasam ichim g'alati bo'lib ketadi.

Kitoblarga bo'lgan munosabat mana shundoq ahvolga keldi. Haqiqiy kitobxonlar esa kitobni har qanday sharoitda ham olib o'qib asrab avaylaydilar. TV, Internetdagi bekorchi narsalar bilan mashg'ul bo'lmay kitob o'qib zehnini oshiradilar.
Befarosatlarga esa gapirgandan foyda yo'q, kitob ular uchun ma'naviyatini boyitish uchun emas balki ilgari vaqt o'tkazish uchun bir vosita edi, hozir esa vaqt o'tkazish uchun kitob o'rnini bemalol bosadigan turli narsalar bor.
Alhamdulillah forumda barcha kitobsevar, ziyouzga kirsam darrov kutubxona bo'limini ochaman, "kimda qanday kitoblar bor, kim qaysi kitoblarni o'qiyapti" degan savol qiziqtiradi.
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4146.210

muxlisa

  • Mehmon
Re: 2011 yilning eng qiziqarli, ibartli mulohazasi (posti)
« Javob #2 : 09 Dekabr 2011, 16:53:36 »
Ibratli postlar ko'pamasku, lekin eslash qiyinroq...

siddiqa

  • shunday dardlar borki,tasallisi faqat iymondadir .
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1879
  • -oldi: 2405
  • Xabarlar: 1798
  • Allohim hulqimizni chiroyli qil !!!!
Re: 2011 yilning eng qiziqarli, ibartli mulohazasi (posti)
« Javob #3 : 10 Dekabr 2011, 02:59:49 »
Assalamu alaykum!
Eng_ojiz_banda
adashtiz bunaqa postmas user bor shekil;-)

muxlisa

  • Mehmon
Re: 2011 yilning eng qiziqarli, ibartli mulohazasi (posti)
« Javob #4 : 11 Dekabr 2011, 21:35:23 »
Rabellaxonni postlari yaxshi chiqqan. Qiziqarli, ibratli...
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=6300.msg345271#msg345271

Iqtibos
Chiroyli o`lim topish…
Chiroyli hayot tarzi…
Aslida hammasini mana shunga o`xshataman:
Bir abiturient (inson) imtihon topshirish uchun (yashash uchun) imtihon topshirish xonasiga kiradi (ya`ni tug`iladi).
Mana shu imtihon hal qilib beradi uning keyingi hayotini..  Yo institutga kirib talaba bo`ladi yoki yiqiladi…
Imtihon muddati chegaralangan bo`lishiga qaramay , imtihon muddati uzaytirilishini xohlayveradi ( yana yana yashagisi kelaveradi )
Va nihoyat imtihon muddati tugab u tashqariga chiqadi ( o`lim ).. Uning bu tashqariga chiqishi xursand holda bo`lishi  mumkin.. Yoki aksincha..
“ehh.. boshida ko`p o`ylanib qolmaganimda, oxirida xamma testni yechishga ulgurarmidim..” ga o`xshash afsuslar bilan ham chiqib ketishi mumkin..
Yoki imtihonga kirganda uxlab qolganlarni ham bilamiz (rosti hayotdan  )
Chiroyli o`lim - balki, mana shu imtihondan xursand bo`lib chiqib ketishdir...
Xullas kalom imtihondan chiqgach, eng og`ir davr boshlanadi, Kutish davri…(qabr hayoti)
Nihoyat O`sha Kun keladi, Imtihon natijalari chiqadigan kun..
Faqat u kunda aldov va adolatsizlik bo`lmaydi, chunki bu imtihonni tekshiruvchisi eng adolatli Odil Zotdir…
O`sha kundagi abiturientlarning ko`pligini…
O`qishga kiribsizmi yo`qmi bilish uchun navbat kutishga to`g`ri keladi…
Va nihoyat sizning navbatingiz.. Hayajonli daqiqalar.. Urrraaaaa!!! Siz talabalik ( Jannatiylik ) baxtiga erishibsiz… =))
    Yohud aksi.. ((
Endi, anovi imtihon topshirishga ketgan 3 soatlik vaqtingiz bilan yillab o`qiydigan ilm dargohingizni mana shu yashab turgan hayotimiz va abadiy Jannat (yoki do`zah) ga qiyoslab ko`ring…

   Tug`ilish, o`lim kabilar esa bir davrdan ikkinchi davrga o`tadigan yo`l…
    Asosiysi biz bu davrni qanday o`tay olganimizda…

O`limni hadeb eslataverish kerakmi?
Axir o`sha abiturient hozir vaqtim tugab qoladi, tezroq bo`lishim kerak, hammasini yechishga ulgirishim kerak deb dam-badam soatga qarab turadiku?!
Bundan tashqari nazoratchilar ham buni tez-tez eslatib turishadi…  Shunday emasmi?!

To`g`ri bu qiyos qoidalariga xar tomonlama ham to`g`ri kelavermaydi.. Lekin bizni bu ojiz aqlimiz soddaroq qilib tushunib olishi va boshqalarga ham tushuntira olishi uchun edi.. Ana shunaqa…
Yana bir gap, bir Donishmandning ushbu go`zal satrlari menga juda ham yoqadi:
            Istayman so`nggi dam sog`lom bo`lishni
            “Alloh” - deb , “Alloh” - deb kulib o`lishni…

Humayro

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1374
  • -oldi: 1643
  • Xabarlar: 3130
  • Jins: Ayol
Re: 2011 yilning eng qiziqarli, ibartli mulohazasi (posti)
« Javob #5 : 12 Dekabr 2011, 10:21:18 »
Men Musannif Adhamning bugungi kum mulohazalari mavzusidagi postini eslab qoldim. Uni eng englar qatoriga qo'shgan bo'lardim

Ota bo'lish, bolaning dunyoga kelishiga sababchi bo'lish unchalik qiyin va muammoli ish emas ekan. Lekin o'sha tug'ilgan bolaning tarbiyasi - mana bu asosiy ish ekan...

Bu fikr qachonlardir - Barak Obama degan odam AQSh prezidenti bo'lgan davrda xayolimga kelganmidi, yoki yo'qmi, eslolmayman. Lekin o'tgan kuni, 6 oktyabr kuni Stiv Jobs o'lgani haqidagi xabarni o'qib, shu haqida o'ylab qoldim.

...

Ota bo'lish, bolaning dunyoga kelishiga sababchi bo'lish unchalik qiyin va muammoli ish emas ekan. Lekin o'sha tug'ilgan bolaning tarbiyasi - mana bu asosiy ish ekan...  

Qisqartirilgan holda keltirdim. O'qimaganlar linkdan kirib toliq postni o'qishlari mumkin

Lu`lu`

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2118
  • -oldi: 2046
  • Xabarlar: 927
  • Jins: Ayol
  • лу'лу, иймонингни куткар!
Re: 2011 yilning eng qiziqarli, ibartli mulohazasi (posti)
« Javob #6 : 13 Dekabr 2011, 07:27:23 »
У қўлидан келганини қилди ва Ғарбдаги доимий мухолифларининг сиёсий найрангларига лаққа тушиши ҳам унинг айби эмас. Чунки, ўйин ғирромларча бўлаётган эди ва қарталарда ҳам яширин белгилар қўйилган эди... У мағлуб бўлди.
Либия халқи уни маҳв этиб ғалаба қозондими, буниси ҳали маълум эмас. Аммо халқ мағлуб бўлган бўлса керак, ҳозирча, “муваффақият”дан боши айланиб турганида мағлублик ҳам ғалабага ўхшаб туюлади-да.
Буларнинг ҳаммаси вақÑ‚ ўтгач маълум бўлади ва кўпчилик ҳаммасини яна орқага қайтаришни истаб ҳам қолар?! Аммо... тарих истакларга бўйсунмайди ва нима содир этилиши керак бўлса, ҳеч қандай “агар”сиз шу нарса амалга ошади. Кейинчалик мағлубият таъмини оврупалик ҳукмдорлар ҳам татиб қолишар!
Араб мамлакатлари ҳам сўнгги воқеалардан яхшигина сабоқ олган ҳолда Ғарбга яқинлашиш ҳеч қандай яхшиликка олиб бормаслигини аниқ билишди ва  ҳокимиятни ҳимоя қилиш бўйича ҳеч ким ва ҳеч қандай кафолат бермаслигини ҳам тушуниб етишди. Балки энди улар ялтоқланиб берилган таги пуч ваъдалар ҳамда “тенг ҳуқуқлилик” ва “ўзаро ёрдам” ҳақидаги қуруқ сафсаталарга алданиб қолишмас?!

Фотима Манзур мақоласи асосида Абу Муслим тайёрлади.

Manba:info.islom.uz

Бу мулохаза хар бир инсон маъсул булган такдир, амал хакидалигига, ибратли пост деб топдим.

Кечиккан адолат адолатсизликдир.

muxlisa

  • Mehmon
Re: 2011 yilning eng qiziqarli, ibartli mulohazasi (posti)
« Javob #7 : 13 Dekabr 2011, 13:23:21 »
Lu'Lu' opa, 2011 yilning eng ibratli va mulohazali posti nominatsiyasiga userlarning aynan o'zlari yozgan postlari kiritilsa to'g'ri bo'ladi deb o'ylayman. shaxsiy fikr!

Humayro

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1374
  • -oldi: 1643
  • Xabarlar: 3130
  • Jins: Ayol
Re: 2011 yilning eng qiziqarli, ibartli mulohazasi (posti)
« Javob #8 : 14 Dekabr 2011, 10:13:25 »
Lobarxonning manashu postini ham men ko'pga eslab qoldim. Juda tasirli chiqqan.

Nominatsiyaga qoyaman.

Қоракўл терилари асосан учта навга, тўртта барра турга кўра ажратилади.
...
Шунингдек, она қорнидаёқ ёриб олинган қўзичоқларнинг бундай навдаги тери маҳсулотлари энг қимматбаҳо тури ҳисобланади.

Битта она қўйдан бир йилда икки марта қўзи олиш мумкин, бироқ бу тери сифатига ва наслга салбий таъсир этиши мумкин. Шунинг учун битта қўйдан бир йилда бир марта, умумий ҳисобда эса беш  Ð¹Ð¸Ð»Ð´Ð° беш марта қўзи олинади. Фойдаланиш вақти тугаганда, яъни бешинчи қўзи олиниш даврига етиб келганда, анча қариб қолган совлиқ сунъий урчитилади ва семиртириш учун аввалгига қараганда яхшироқ боқилади. Бундан иккита мақсад кўзланади: совлиқнинг гўшти ва қимматбаҳо қоракўлча ёки тақирча навли қўзи териси. Энг сўнгги қўзисини дунёга келтиришга улгурмаган совлиқларнинг қорни ёрилиб, ҳали буткул ривожланиб улгурмаган қўзичоқ чиқариб олинади ва маҳсулотлар (гўшт, тери) ажратилиб, тозаланади…(Ростми Ñ‘ ёлғон, қаердадир эшитгандим, тери олиш учун,  ÑÐ½Ð³Ð¸ туғилган, ҳали она совлиқнинг сутига тўйиб улгурмаган қўзичоқларни олиб кетилаётган машина ортидан боласидан умрбод ажраётганини сезган она совлиқлар анча жойгача югуриб боришар экан… Ҳаттоки болаларидан айрилавериб адо бўлган  Ð¾Ð½Ð° қўйларнинг  Ð¶Ð¸Ð³Ð°Ñ€Ð¸ куйиб, йўқ бўлиб кетар экан… Воажаб, баъзан одамзод Ñ‚Ñžққиз ой юраги остида кўтариб юрган жигарпорасидан кўз юммай кечиб, аро йўлда ташлаб кетаверади-ÑŽ, бу жониворлар…
Эх, мақолани тайёрлагунча юракларим эзилиб кетди...)


Mirоlim

  • بسم الله الرحمن الرحيم
  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 5663
  • -oldi: 1145
  • Xabarlar: 233
  • Jins: Erkak
  • ﺻﺒﺮﻥ ﻳﺎ ﻧﻔﺴﻲ
    • Ziyo istagan qalblar!
Re: 2011 yilning eng qiziqarli, ibartli mulohazasi (posti)
« Javob #9 : 15 Dekabr 2011, 13:03:01 »
:bsm3:

 :asl3:

Ibratli mulohaza (post)lar forumimizda juda ham ko'p, Alhamdulillah.

Muallim akani Mutaalimga tanbeh berib yozgan mana bu posti ham juda bir ibratli bo'lgan edi.

:bsm3:
    Эй мутааллим биродар, энг фазилат, гўзал ва олий ҳулқлар билан ҳулқланмоғингиз, чиройли кўринишда бўлмоғингиз ва юмшоқ муомалада бўлмоғингиз лозимдир.
    Эй мутааллим биродар, ёмон хулқлардан, фаҳш ишлардан, сўкишдан, азият етказишдан, қўполликдан, енгилтак бўлиб сўзлашишдан ва ёмон ҳайъат (кўриниш, ҳолат) билан ҳайъатланишдан сақланмоғингиз лозим, чунки бу нарсаларни шариат мазамматлайди.
    Эй мутааллим биродар, илм олишингизда жиддий ҳаракат қилмоғингиз лозимдир. Жасадниниг роҳати билан илмга эриша олмайсиз. Илмга олиб борадиган барча йўллардан юрмоғингиз лозимдир. Шунда Аллоҳ таъоло сизга жаннат йўлини енгиллаштириб қўяди.
    Эй мутааллим биродар, илмнинг энг муҳим бўлганидан бошланг. Диний ва дунёвий ишларда муҳтожроқ бўлганингиз муҳимроғи бўлади. Ҳикмат мана шундадир.
    Эй мутааллим биродар, илм талаб қилишда қандай шахсдан уни таълим олаётган бўлсангиз камтарин бўлинг, агар муаллимингиз сиздан ёш бўлса ҳам, насаби бошқачароқ бўлса ҳам, қора танли бўлса ҳам, камбағал бўлса ҳам. Илмга камтарлик билан эргашасиз. Илмдаги камтарлик азизликдир. Қанча одамлар сиз билган нарсаларни билишмайди, лекин улар бир масала Ñ‚Ñžғрсида сиз билмаган илмни билишади.

***     ***     ***     ***     ***     ***     ***     ***     ***     ***     ***     ***     ***
    Эй мутааллим биродар, сиздаги бирон-бир камчиликни кўриб муаллимингиз буни ислоҳ қилиш ниятида нaсиҳат қилса, Ñ‘ одобли таълим берса қулоқ солинг, хато ишингизда ўзингизни оқлаб, бахс томонига ўтсангиз, кибр бўлиши мумкин. Хатоингизни тан олинг. Агар нисиҳат қилишда муаллимингиз билан тортишадиган бўлсангиз, у киши бошқа насиҳат қилмай қўяди. Бу ҳолда одобсизлигингизча қолиб кетасиз. Ҳозирги замонимизда озчиликдан бошқа кўпчилик бу мусибатга мубтало бўлган. Астағфируллоҳа ва атубу илайҳи! (Аллоҳдан мағфират сўраб Унга тавба қиламан).
***     ***     ***     ***     ***     ***     ***     ***     ***     ***     ***     ***     ***
    Эй мутааллим биродар, дуч келган муаллимдан дарс олишдан эҳтиёт бўлинг, айниқса ҳозирги замонимизда тарқалиб кетаётган адашган тоифалар эътиқодларини, йўналишларини ўргатаётган муаллимлардан эҳтиёт бўлинг. Салаф уламоларимиз (аввалги уламолар): “Бу илм диндир, кимдан уни олаётганингизга назар солинг” деган эканлар.
    Эй мутааллим биродар, муаллимингизга, аввалги замон муаллимлари муаллимларига дуо қилганлари каби дуо қилинг. Улар “Эй Аллоҳ муаллимимнинг айбини мендан тўсгин ва унинг илмидаги баракани мендан кетказмагин” деб дуо қилишар эди.


    Матнни тайёрлашда Тавҳид рисоласи, Абдураҳим Ñžғли Тоҳиржон'нинг "ÐŽқувчи (Мутааллим)нинг одоби" мақоласидан фойдаланилди.
Insonning boshi tanasiga kerak
bo'lganidek, Sabr ham Iymonga
shunchali keraklidir...

Maysara

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 195
  • -oldi: 335
  • Xabarlar: 181
  • Jins: Ayol
Re: 2011 yilning eng qiziqarli, ibartli mulohazasi (posti)
« Javob #10 : 18 Dekabr 2011, 10:09:16 »
Musannif Adhamning quyidagi postlariga ovoz beraman:

http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4022.msg348828#msg348828

Iqtibos
Abu Sa'id roziyallohu anhu dedilar: Rosululloh sollalohu alayhi va sallam: "Sizlar o'zingizdan oldingilarning yo'llariga ergashasizlar. Hattoki ular kaltakesakning iniga kirsa, sizlar ham kirasizlar", dedilar. "Ular kim?" deb so'raldi. "Yahudiy va nasroniylar", dedilar. Buxoriy(3222), Muslim(4829), Ibn Hibbon(6828) va boshqalar rivoyat qilgan.

Men bundan 3, 4, 5, 6... yil oldin ham yangi yilni nishonlash musulmon uchun harom ekanligi (oddiygina mumkin emas deb qo'yish kamlik qiladi) haqida odamlarga aytar edim. Hozir ham aytyapman. Bundan keyin ham aytaveraman shekilli...

Odamlar bundan oldin ham turli bahonalarni keltirib Yangi yilni shar'iylashtirishga (ya'ni nishonlash mumkinligiga meni ishontirishga) urinishardi. Bugun ham shu hol bo'lyapti. Bu ketishda hali yana shunaqa munozara qilamiz shekilli...

Har kimning shaxsiy fikri, qiladigan ishi o'ziga havola. Har kim ertaga Allohning oldida o'zi uchun o'zi javob beradi. Lekin har bir musulmon bunday harom amallardan o'zining musulmon birodarlarini, o'zini musulmon deb biluvchi insonlarni ogohlantirishi kerak. Mana shuni nahyi munkar - yomonlikdan qaytarish, deyiladi va bu har bir muslimga farzdir.

Bugun yangi yilni (xristianlarning rojdestvosini) nishonlagan va buni nishonlash uchun o'ziga ruxsat topgan MUSULMON ertaga axloqsizlikni targ'ib qiluvchi Valentin kuni, feministlarning bayrami 8 mart, otashparastlarning bayrami Navro'zni ham shar'iylashtirishga yo'l topadi. Men bir narsani ta'kidlashni istardim: qonuniy deb ko'rilgan, barcha uchun deb e'lon qilingan hamma narsalar ham musulmon uchun mumkin bo'lmaydi.

Yosh bolalarni esa ertak bilan emas, haqiqat bilan o'stirish kerak. Bugun nasroniylarning ertagiga mahliyo bo'lgan bola ertaga Islomga bolta uradigan jallodga aylanadi. Mana buni sopini o'zidan chiqarish deyiladi.

2 yil oldin bir "o'ta aqlli" professorimiz chiqib olib, "Milliligimizga, ota-bobolarimiz davridagi qadriyatlarimizga" qaytishimiz kerak degan edi. Men bu "bayram"larda miliylikning nishonasini ko'rmayapman. Har holda 100 yil oldin shunaqa bayramni mening bobomning bobosi nishonlagan deydigan o'zbek chiqmasa kerak.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: 2011 yilning eng qiziqarli, ibartli mulohazasi (posti)
« Javob #11 : 18 Dekabr 2011, 12:51:30 »
 :asl3:

Forumda ibratli postlar ko'p, alhamdulillah.

Menga eng ta'sir qilganlaridan biri Rabellani postlarini tavsiya etaman:

Inson hayotida uni yig`latadigan ko`pgina holatlar bo`ladi.. Masalan qayg`udan, g`amdan, zulmdan, zaiflikdan, sevinchdan, og`riqdan yohud yolg`ondakam yig`i ham bo`ladi…
Bular uchun biz uzoq ko`z yosh to`kishimiz mumkin… Qadrimizga yig`lashimiz mumkin… Ayrilib qolgan narsamizga…
Lekin.. Lekin Allohning o`ziga loyiq quli bo`la olmayotganimizdan, payg`ambarimiz s.a.v ga loyiq ummat bo`lolmayotganimizdan, Qur`on o`qib unga to`liq amal qilolmayotganimizdan…
Kechalari tahajjudga turib Robbimiz uchun chin qalbdan bir tomchi ko`z yosh to`kish naqadar qiyin... Alloh uchun ming dinor sadaqa qilishdan ham sevimliroq bo`lgan bir tomchi ko`z yoshimizni biz uchun qaytarilgan yig`iga almashtirib qo`yayotganimiz uchun…. ((

Abdulhafiz

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 5301
  • -oldi: 2002
  • Xabarlar: 1258
  • Jins: Erkak
  • Alloh buyukdur
    • Islom.uz forumi
Re: 2011 yilning eng qiziqarli, ibartli mulohazasi (posti)
« Javob #12 : 19 Dekabr 2011, 07:29:38 »
Kapalak opadan barchamizni birdek xursand qilgan post:

:as:

Nihoyat, nihoyat...nasib bo'lganiga shukr, nasib qilganga shukr...

Necha yillardan beri kutdim bu onni, hayajon, ko'z yoshlarim, tilda duo bilan qarshiladim bu lahzalarni...demak har bir narsaning vaqti-soati bor ekan,
2011, 11. 01...

Savollarim, qo'rquvlarim bor edi, hammasiga javob topdim. Rabbim "Qo'rqma, dedi, Qudrat sohibi menman", dedi...

Allohim, o'ranish farzingni bajarganlardan aylaganing uchun behisob shukrlar bo'lsin. Butun muslima opa-singillarimga bu baxtni nasib et iloyim...
forum.ziyouz.com/index.php?topic=210.1320#quickreply

Netay chun ayni aqlim beziyodur,
Amal ham yo'q, agar qilsam
riyodur.

So'fi Ollohyor


Abdulhafiz

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 5301
  • -oldi: 2002
  • Xabarlar: 1258
  • Jins: Erkak
  • Alloh buyukdur
    • Islom.uz forumi
Re: 2011 yilning eng qiziqarli, ibartli mulohazasi (posti)
« Javob #13 : 19 Dekabr 2011, 07:42:12 »
Qiziqarli she'r Lobar Azizdan:
Oltita to`p, olti gol-
O`zbeklarga sanchildi!
“uh!” tortvordi “Xalifa”-
Maydonlari yanchildi…

Ming dod urib hayrqirsam-
Televizorga sig`maydi!
Darvozamiz to`rida-
G`urur sho`rlik yig`laydi!

Geynrih, golning alamin-
Jeparovdan so`rib qo`y!
Qayerdasan Nesterov!
Jo`rayevni ko`rib qo`y!

Darvozangga yaponlar-
Sakkizta gol yo`llasin!
Avstraliya! Xolangni-
Kengurular quvlasin!

Oltita to`p, olti gol-
O`zbeklarga sanchildi!
Maydoningmas, Xalifa!
Mening ko`ksim yanchildi….

forum.ziyouz.com/index.php?topic=210.1365#quickreply

Netay chun ayni aqlim beziyodur,
Amal ham yo'q, agar qilsam
riyodur.

So'fi Ollohyor


Abdulhafiz

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 5301
  • -oldi: 2002
  • Xabarlar: 1258
  • Jins: Erkak
  • Alloh buyukdur
    • Islom.uz forumi
Re: 2011 yilning eng qiziqarli, ibartli mulohazasi (posti)
« Javob #14 : 19 Dekabr 2011, 07:50:02 »
AbdulAziz akadan:
MUAZZINNING SO'NGGI AZONI

Bir otaxon hikoya qilib beradilar:
"Har galgidek bomdodni "Oqmasjid"da o'qish uchun velosipedda yo'lga chiqdim. Mashad chorrahasiga yetganimda azonning so'nggi kalimalari aytilgan edi. Muazzin Abdurrahmon azonni aytib bo'lib, shoshilganchga uyi tomon ketayotgan ekan. Yo'lda ko'rishdik.
"Men hozir, uyga kirib, sunnatni o'qib, so'ng jamoatga chiqaman", dedi-da, yugurgancha uyiga kirib ketdi. Jamoat yig'ildi. Farz namoziga takbir aytildi. Belim og'rigani bois orqaroqdagi safda qolib ketdim. Birozdan so'ng muazzin Abdurrahmon yonimga kelib qo'shildi. Ikkinchi rakaatning rukusiga kelganda muazzin ruku qildi-da, shilq etib yerga yiqildi. Namoz tugashi bilan uni qo'limga oldim. U esa nafas olmas edi...
... Mayyitning janozasi jum'a namozidan so'ng o'qildi..."
forum.ziyouz.com/index.php?topic=210.1380

Netay chun ayni aqlim beziyodur,
Amal ham yo'q, agar qilsam
riyodur.

So'fi Ollohyor


 

2012 yilning eng qiziqarli, ibratli mulohazasi (posti)

Muallif AbdulAzizBo'lim Forumdoshlar hayoti

Javoblar: 5
Ko'rilgan: 3847
So'nggi javob 20 Dekabr 2012, 23:26:11
muallifi AbdulAziz
2011 yilning eng ibratli mavzusi

Muallif AbdulAzizBo'lim Forumdoshlar hayoti

Javoblar: 13
Ko'rilgan: 5816
So'nggi javob 26 Dekabr 2011, 13:17:15
muallifi Ansora
2011 yilning eng qiziqarli mavzusi

Muallif AbdulAzizBo'lim Forumdoshlar hayoti

Javoblar: 18
Ko'rilgan: 6935
So'nggi javob 30 Dekabr 2011, 21:23:11
muallifi BelleQizcha
Ibratli, qiziqarli islomiy rasmlar

Muallif AbdulAzizBo'lim Islomiy media

Javoblar: 238
Ko'rilgan: 153820
So'nggi javob 16 Dekabr 2018, 08:33:08
muallifi gulnoza:-)
Qiziqarli va ibratli voqealar

Muallif KosoniyBo'lim Intellekt

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 15941
So'nggi javob 20 Mart 2013, 17:30:00
muallifi Muxsiya