Ismaloqli bo'rek  ( 4776 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  13 Dekabr 2011, 20:37:59

 :asl3:


Xamir uchun masalliqlar:

1.   1 stakan sut (200ml)
2.   1 stakan qatiq
3.   2 dona tuxum
4.   1/3 stakan yog’
5.   1 paket xamir oshiruvchi (razrıxlitel’)
6.   0.5 qoshiq tuz
7.   1 qoshiq sirka
8.   Olganichalik un

Ichi uchun masalliq:

1.   750 gr ısmaloq
2.   250 gr qiyma
3.   1 dona piyoz
4.   Murch, garmdori (xohlaganlar uchun)
5.   Masalliqlarni qovurish uchun 4-5 qoshiq yog’



Tayyorlanishi:

Avvalo ichini tayyorlaymiz, chunki xamirni ichiga iliq solamiz. Yog’ni qizitib, mayda to’g’ralgan piyozni qizarguncha qovuring, ketidan qiymani qovuring. O’rta yiriklikda to’g’ralgan ismaloqlarni boshqa bir qozonda qaynatib, pishgandan keyin suvini suzib, ich masalliqqa qo’shamiz. Shunday qilsak ismaloq ezilmaydi. Tuz, murch, garmdorini solib 1-2daqiqa aralashtiring.

Xamir masalliqlaridan yumshoq xamir qoring. Xamirni 6 ga bo’ling. Bo’laklarni o’rta yufqalikda yoying. Ochgan xamiringizni ustiga biroz yog’ surib, ustidan un seping, shunda bo’regingiz yana ham mazali bo’ladi. Masalliqlardan solib, xohlagan shaklingizda o’rang. Butun xamirlarni tayyorlagandan keyin ustiga 1 tuxumni 2 qoshiq yog’da aralashtirib, bo’rekni ustiga suring. 200 darajada isigan duxovkada usti qizarguncha pishiring. Yoqimli ishtaha.




O'rash shaklini siz tanlang. Men mana bunday o'ragandim:



Qayd etilgan


Ansora  15 Dekabr 2011, 14:00:41







Qiymali, ismaloqli bo'rek

Qayd etilgan


Ansora  15 Dekabr 2011, 14:03:59







İsmaloqli, qiymali bo'rek. Abu Muso akamiz uchun O'zbekchasiga somsa  ;D

Qayd etilgan