Tovuqli, qo'ziqorinli bo'rek  ( 7391 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  13 Dekabr 2011, 20:40:55

 :asl3:

Masalliqlar

30 dona uchun
1.   5 dona yufqa
2.   1 kg tovuq file (ko’krak qismi)
3.   0.5 kg qo’ziqorin (konservalangan qo’ziqorin soladigan bo’lsangiz, mayda to’g’rab, ich masallig’i pishgandan keyin qozonga solib, 1-2 aralashtirsangiz yetarli bo’ladi)
4.   1 dona piyoz
5.   3 dona bulg’or qalampiri
6.   0.5 bog’ petrushka
7.   Masalliqlarni qovurish uchun 5-6 qoshiq yog’
8.   Tuz, murch, zira, garmdori

Orasiga surish uchun:

1 stakan (200ml) yog’
1 stakan (200ml) sutni bir chuqurroq idishda aralashtirib, yufqalarni ustiga surishga tayyor qilib qo’ying.


Ustiga
1.   Galeta uni yoki maydalangan non tolqoni
2.   0.5 stakan sut
3.   1/3 stakan yog’
4.   1 dona tuxum

Tayyorlanishi:

Piyozlarni to’g’rab, yog’da qovuramiz. Biroz qizargandan keyin mayda to’g’ralgan tovuq go’shtlarni solib, ularni ham yaxshilab pishguncha qovuramiz. Navbati bilan bulg’orlani mayda to’g’rab solamiz. Qo’ziqorinni ham mayda to’g’rab qozonga solamiz, suvi chiqib pishguncha qozonni qopqog’ini yopib qovuramiz. Bu masalliqlar pishgandan keyin ziravorlarni va mayda to’g’ralgan petrushkani solib, 1-2 aralashtiramiz. Biroz ilishini kutamiz. Bazan qo’ziqorin judayam ko’p suv chiqaradi, yufqani ichiga solmasdan oldin, suvini biroz suzing.
Yufqani stolni ustiga yoyib yog va sutdan iborat aralashmadan suramiz. Yufqani 6 ga bo’ling. Bo’laklar uchburchak shaklida bo’ladi. Tayyorlagan ich masallig’imizdan yufqa bo’laklarining keng tarafiga 1 qoshiqdan solib (men 1 qoshiq solaman) bukamiz. Qolgan butun yufqalarni ham shu tahlit kesib, hammasini o’rab chiqing.
Tuxum, yog’, sutni yana alohida idishda qaralashtiramiz. Agar yufqalarni orasiga surgan sutingizdan ortgan bo’lsa, usti uchun berilgan o’lchovda bu yerda ishlatishingiz mumkin. Bo’reklarimizni avval sutli qorishimga botiramiz, so’ngra esa hamma tarafini non uvoqlariga (galeta unu) botiramiz. Sutli qorishimda namlangani uchun osongina non uvoqlari yopishadi. Duxovka listini yog’lab bo’reklarni teramiz. Usti qizarguncha pishiramiz. Men tahminan 50 daqiqa pishiraman. Yoqimli ishtaha.

Bo'rekni o'rash usuli (albatta bilmaganlar uchun:)








Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  13 Dekabr 2011, 21:58:26

Yufqa bu hamirmi?

Qayd etilgan


ibnUyayna  13 Dekabr 2011, 22:40:29

Yufqa bu hamirmi?

 ha hamir.
 o`zi o`zbecha yupqa degan so`zdan olingan bu so`z. turkla ozlaricha yufqa dvolishgan..ozlariga moslap  :)

Qayd etilgan


Ansora  15 Dekabr 2011, 12:57:08

Yufqa bu hamirmi?

 ha hamir.
 o`zi o`zbecha yupqa degan so`zdan olingan bu so`z. turkla ozlaricha yufqa dvolishgan..ozlariga moslap  :)


Yufqa bu hamirmi?

 
ıbnUyayna, rosayam qiziqsizda, kimdan olgan degan narsa yo'q. Har ikki tilda o'ziga xos talaffuz bor.

Birovni ustidan kulishdan oldin o'ylang, agar Turk saytlaridan birida: He shu O'zbeklar o'zlariga mos shunday qilib olishgan, falon, degan gapni o'qisangiz jig'ingizga tegmaydimi...

Oldin ham Turkiyadagi O'zbeklar, mavzusida shunga o'hshash gaplar o'qigandim, iltimos bunday gaplarni o'ylab yozaylik.

Mo'min Mirzo, ha bu xamir. Turkiyada tayyor yufqalar bo'ladi, 3 kun ichida ishlatish kerak, qurimasligi uchun. Shoshib turganda yaxshi bo'ladi. Keyin hammayam xamir ocha olmaydi.

Buni ham xamirini, o'zingiz "Ismaloqli bo'rek" mavzusidagiday tayyorlashingiz mumkin...

Qayd etilgan


Ansora  15 Dekabr 2011, 14:11:42









Qo'ziqorinli-tovuqli bo'rek

Qayd etilgan