Kartoshkali, sosiskali bo'rek (Turkcha videosi bilan)  ( 4911 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  13 Dekabr 2011, 20:44:51

  :asl3:



Masalliqlar:

4 dona kartoshka
3 dona tuxum
0.5 stakan yog'
1 stakan qatiq
1 stakan un
1 paket razrıxlitel' (10gr)
0.5 qoshiq tuz

Ichi uchun

2 dona sosiska
1 stakan qirg'ichdan o'tkazilgan pishloq

Tayyorlanishi:

Kartoshkalarni archib, kubik to'g'rang. Tuxum, qatiq, yog'ni yaxshilab aralashtiramiz. Tuz, un, razrıxlitelni solib yana aralashtiring. Ichiga to'g'ralgan kartoshkalarni solib aralashtiring.
Sosiskalarni maydalab to'g'rang.
Yaxshilab yog'langan listga kartoshkali qorishimni yarmini soling. Yoying. Ustiga sosiskalarni seping. Uni ustidan esa pishloqni yoying. Kartoshkali qorishimni eng ustga yoying. Bo'rekni oldindan isitilgan 180 darajali duxovkada pishiring. Biroz iligandan keyin ro'rtburchak shaklida kesib, ikrom eting.
Osh bo'lsin.

<a href="http://www.youtube.com/watch?v=lGKLCuSiNBo" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=lGKLCuSiNBo</a>

Eslatma: masalliqni iloji bo'lsa 20X30 yoki 25X35 kattaligidagi idishga solinglar, shunda qalinroq bo'ladi.


Qayd etilgan