Tvorogli bulochka  ( 7264 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  15 Dekabr 2011, 14:06:58







Tvorogli bulochka

Masalliqlar:

1.   2 stakan iliq sut
2.   1 stakan iliq suv
3.   1 stakan salat yog’i
4.   5 qoshiq shakar
5.   0.5 qoshiq tuz
6.   40 gr hamirturush
7.   1 kg un
8.   Bulochkani ichi uchun tvorog va xohlaganlar uchun petrushkani mayda to’g’rab aralashtiring. 

Hamirni butun masalliqlarni aralashtirib qoring. Qo’lingizga yopishmaydigan yumshoq hamir hosil bo’lishi kerak. Hamir 10 daqiqa iliq joyda tursin. Siz bu orada hamirni yoyadigan stolingizni yaxshilab artib, salat yog’i bilan yog’lang. Hamirni 5 teng parchaga bo’ling, dumaloq zuvala holiga keltiring. Hamirlardan birini olib 30 sm kattalikda yoying va 8 uchburchak ka bo’ling. Hamirlarni keng tarafiga tvorog qo’yib tor tarafiga qarab o’rang. Qolgan 4 parcha hamirni ham huddi shu shaklda o’rang. Pishirmasdan oldin 45 daqiqa hamir yaxshilab oshguncha kuting. Bu vaqt o’tgandan keyin bulochkalarni ustiga tuxum sarig’i surtib oldindan 180 daraja isitilgan duxovkada 45 daqiqa pishiring.
Yuqorida masalliqlardan 2 list bulochka bo’ladi.

Yoqimli ishtaha  : )

Qayd etilgan