Sabzavotli bo'rek (Mo'min Mirzoni istaklariga ko'ra, qidirib topildi:) )  ( 4494 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  15 Dekabr 2011, 14:23:32

  :asl3:

Mo'min Mirzo, topdim nihoyat:) bahonada ancha muncha taomlarni ham yozdim alohida, alohida, Turk oshxonasi, bo'limi ochilsa, yaxshi bo'lardi, hammasi bir joyda bo'lardi.









Sabzavotli bo'rek


Tayyorlanishi:

Sabzavotli bo’rek

Masalliqlar:

1.   3 dona tayyor yufqa
2.   2 dona kartoshka
3.   2 dona sabzi
4.   1 stakan yashil no’xot (zelyonıy goroshek)
5.   5-6 qoshiq salat yog’i
6.   1 chimdim tuz
7.   Bo’rekni ustiga surtish uchun 1 tuxumni sarig’i va 1 qoshiq qatiq
8.   Sedana

Tayyorlanishi:

Avvalo sabzini qirg’ichdan o’tkazib qizigan yog’da qovura boshlaymiz, bu orada kartoshkalarimizni qirib tayyorlaymiz. Sabzi 5 daqiqacha qovurilgandan keyin kartoshkalarni ham tovaga solib qovuramiz, tuzni sepamiz. 5 daqiqadan keyin esa no’xotlarni aralshmaga solamiz va 2 daqiqacha qovuramiz. Qorishmani olovdan olib ilitamiz.
Yufqalarni 8 ga bo’lamiz. Kosachani ichida masalliqni solib, somsaga o’hshab yopamiz. Qattiq bosmang, o’zi yopiladi Ustiga tuxumni surtamiz, sedanani sepamiz.
180 darajda isitilgan duxovkaga bo’reklarni joylashtiramiz. 40 daqiqadan keyin sabzavotli bo’reklar tayyor"¦


Qayd etilgan