"Karnıyarık" yoki baqlajonli "qorniyoriq"  ( 3645 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  15 Dekabr 2011, 22:23:21

Masalliqlar:

6 dona o'rta kattalikda baqlajon. Shakli to'g'ri bo'lsa ichini yorishingiz ham oson bo'ladi.
2 dona o’rtacha piyoz
2 qoshiq tomat (yozda 2 dona pomidor ham bo’ladi)
250 gr qiyma
2-3 dona bolgarskiy, Bulgar qalampiri (uzunidan bormi, O’zbekistonda bilmadim)
1-2 tish (dona) sarimsoq
1/3 stakan yog’ (stakan 250 ml)
2 qoshiq margarin yoki saryog’
2 stakan issiq suv
Ozgina petrushka (istakka ko’ra)
Tuz, murch, achchiq qalampir (istakka ko’ra)

Tayyorlanishi:

1.   Baqlajonlarni ola-bula qilib, yani boshdan boshlab ohirigacha ingichka qilib po’stini kesing. Keyin ichiga tuz solingan idishga yarim soat solib qo’ying. Baqlajonlarni suvdan chiqarib yaxshilab mo’l suvda yuving. Keyin sochiq bilan suvini quriting. Bo’lmasa yog’da qovurayotganingizda yog’ sachratadi.
2.   Tovada qizdirilgan yog’da baqlajonlarni kuydirmasdan qovuring. Rangi hafif pushti bo’lishi bilan boshqa taraflarini ham bir tekisda qovuring. Hamma tarafini yaxshilab yog’da qovursangiz ham yumshoq bo’ladi, ham achchiq joyi qolmaydi.
3.   Pomidorlarning po’stini arching. 6 dona dumaloq shakl parrak qilib kesgandan keyin qolganlarini maydalab to’g’rang.
4.   Piyoz va bolgarskiylarni ovqatga to’g’raganday to’g’rang.
5.   Boshqa bir tovada margarin yoki saryog’ni eriting. Qiymani yog’da 3-4 daqiqa qovuring.
6.   Piyoz va bolgarskiylarni ham qiymaga qo’shib  1-2 daqida qovuring.
7.   Pomidorlarni (mayda to’g’ralganlarini) yoki tomatning 1 qoshig’ini qovuring.
8.   Bor bo’lsa petrushkani solib qovuring.
9.   Qorishma qizara boshlaganda olovdan oling, ustiga tuz, murch va achchiq qalampirni va mayda to’g’ralgan sarimsoqni aralshtiring.
10.   Baqlajonlarimiz yog’da qovurilgandan keyin sovugani qoldirgan edik. Ularni o’rtasidan qoshiqni orqasi yoki vilka bilan sekin sekin bostirib yoring. Yorishda diqqat eting, tagi teshilib qolmasin.
11.   Yuqorida qovurib tayyorlagan qiymali masalliqni baqlajonlarni ichiga soling. Ustiga oldindan parrak holida kesib tayyorlangan pomidorlardan qo’ying. Agar bor bo’lsa, bolgarskiy aralsh ham qo’yishingiz mumkin.
12.   Baqlajonlarni duhovkaning listiga yonma yon qilib tizing. Agar qiymali qorishmadan ortgan bo’lsa atrofiga yoyishingiz mumkin.
13.   2 stakan qaynoq suvni 1 qoshiq tomat, yarim qoshiq choy qoshig’i tuz bilan yaxshilab aralashtiring. Baqlajonlarning ustiga to’kib, 20 daqiqa duxovkada pishiring.
14.   Meni teflon qozonim bor, keng bo’lgani uchun duxovkada emas shu qozonimda pishiraman. Siz ham o’zingizga qarab pishirishingiz mumkin.


Qayd etilgan