Ankara, Shereflikochhisar nohiyasiga oid tovuqli sho'rva  ( 3667 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  15 Dekabr 2011, 22:35:06

Tovuq sho’rva (Ankara, Sherefli Kochhisar nohiyasiga oid)

5-6 kishilik
Bu sho’rva 3 etapda pishiriladi, boshda qiyin tuyulgandi menga ham lekin 1-2 marta qilib, mazasini olgandan keyin oson kela boshladi :)
Masalliqlar:
1.   Tovuqning ko’krak qismidagi yumshoq joyidan 200-300 gr orasida go’hst
2.   3-4 qoshiq saryog’
3.   5-6 qoshiq un
4.   2-3 qoshiq salat yog’i
5.   2-3 tish sarimsoq
6.   1 qoshiq tomat
7.   Qaynoq suv
Tayyorlanishi:

1.   Tovuqning ko’krak qismidagi yumshoq go’shtlar olinib mo’l suvni ichida 1 soatga yaqin o’rta olovda qaynatiladi. Go’shtning mazali bo’lishi uchun suv qaynagandan keyin qozonga tuz soling. Go’shtlar yumshoq bo’lib pishgandan keyin qozondan suzib oling va sovuting. Sovugandan keyin go’shtni mayda mayda qilib qo’lingiz bilan titing. Qozondagi go’shtning qaynagan suvi sho’rvaning asl suvi hisoblanadi, shuning uchun suvni mo’l qo’ysangiz yaxshi bo’ladi.
2.   Bir tarafda 5-6 qoshiq unni 3-4 qoshiq saryog’ da(agar kam bo’lsa salatga solinadiga yog’dan ham qo’shishingiz mumkin) agar bor bo’lsa teflon tovada qovuring. Huddi o’zimizni holvaytar yoki, ataladay faqat unchalik qizarishi shart emas, pushti rangga kirishi bilan olovdan oling. Darrov keng tarelkaga solib yoyib qo’ying, yaxshilab sovusin. Chunki issig’ida sho’rva suviga solsangiz dumaloq dumaloq bo’lib, sho’rvani shakli buzilishi mumkin.
3.   Boshqa bor tovada 1 qoshiq tomatni 2 qoshiq pista yog’ida yaxshilab qovuring.
4.   Talabga qarab 2-3 tish sarimsoqni ezing.
5.   Yuqorida tovuq go’shtimizni maydalab titgan edik, uni qaynagan suviga qaytarib soling, orqasidan qovurilgan unni soling. Qaynab chiqishi 10-15 daqiqani olishi kerak. Siz sho’rvani qo’yiqligiga qarab qaynagan suv quyishingiz mumkin. Bular qaynab chiqqandan keyin ustiga qovurilgan tomatni solib qoshiq bilan yaxshilab aralashtiring. (Ovqat pishirayotganimda asosan taxta qoshiq ishlataman, sog’liq uchun foydali!)
6.   Eng ohirida agar sarimsoq hohlaganlar bo’lsa sarimsoq ezmasi solinadi. 2-3 daqida qaynagandan keyin sho’rvamiz tayyor. Bu sho’rvaga lazzat bergan modalardan biri sarimsoq, unutmang! Ham sarimsoq juda foydali, bilasiz.
7.   Achchiq hohlaganlar quruq qalampir sho’rva pishgandan keyin ustiga solishlari mumkin.




Qayd etilgan


Ansora  20 Fevral 2012, 16:01:41


Qayd etilgan