"Yumronqoziq" torti  ( 3595 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  17 Dekabr 2011, 13:41:00

Köstebek (Yumronqoziq) torti


Bu  tort yumronqoziqning yerni kavlab tuproqni tepaga chiqarib qo’yishiga o’hshatiligani uchun shunday nomlansa kerak. Kavlagan joyiga ham bir narsalar yashiradi :D
Qaynim Halil İbrhim bu tortni o’rganishimga sabab bo’ldi. Qo’sni ayol bu tortdan olib kelgan ekan, u  juda yoqtiribdi, qayinvolidam ham qo’lidan kelguncha kichik kekslarni ichiga toyyor kremni qo’yib tayyorlashga harakat qilibdi, lekin Halil İbrohim "œbaribir qo’shnimiznikidaka bo’lmabdi, degan ekan, tabiiy holda qaynonam bechora hafa bo’libdi. Men ham siz hafa bo’lmang, keyingi iftorda biznikiga kelinglar, Halil İbrohimga surpriz qilaman, dedim. Xudoga shukur, uyaltirmadi. Birinchi marta qilishimga qaramay hammaga yoqdi. Sizlarga ham o’rganishi oson va hazmi qulay bo’lgani uchun yozishga qaror berdim. Qani boshladik :)

Masalliqlar:

Keksi uchun:

1.   3 dona tuxum
2.   1.5 stakan shakar
3.   1 stakan sut
4.   Yarim stakan salat yog’i (semechka yog’i)
5.   1 paket vanilin 5gr
6.   1 paket karbonat (chaynaya soda deyilardi shekilli) 10 gr
7.   2.5 stakan un
8.   1 paket kakao, 25 gr, agar bo’lsa "œdr oetker" marka, juda sifatli

Kremi uchun:

1.   5 stakan sut
2.   4 ovqat qoshig’i un
3.   2 paket vanilin
4.   1 paket "œkrem shanti" Turk marketlarida, masalan eski "œSharq mir’da bo’lishi shart.
5.           5-6 qoshiq shakar
6.           2 qoshiq kraxmal

Orasiga agar hohlasangiz banan, kivi, pista qo’yishingiz mumkin. Men biznikilar tortda meyva yoqtirishmagani uchun qo’ymadim

Tayyorlanishi:
1.   Keks uchun tuxum va shakarni aralshtirib yaxshilib mikserda ko’pirtiring.  Ketma ket sut, vanilin, yog’ni solib qorishtirishga davom eting. Un va karbonatni soling yana qorishtiring. Eng ohirida kakaoni solib aralashtiring. Tayyor bo’lgan qorishmani dumaloq keks qolibiga solib, 180 C’ da isitilgan duxovkaga qo’yib pishiring.
2.   Kremi uchun sut, shakar, vanilin va un, kraxmalni qozonga soling va o’rta olovda davomli aralshtirib pishiring. Krem tayyor bo’lgandan 5 daqiqa so’ngra esa krem shantini aralashtiring.
3.   Keks pishib sovugandan keyin (30 daqiqa so’ngra) o’rtasidan 2 sm o’ying.
4.   O’ygan joyingizdan chiqqan keks parchalarini robotta yoki qo’lingizda yaxshilab maydalang. Keksning o’rtasiga banan yoki shunga o’hshash meva yoki pista qo’yishga qaror bergan bo’lsangiz yonma yon tizing. Ustiga kremni to’king. Egn ustiga krem uvog’ini seping. Ustiga hohlasangiz Hindiston yong’ogi seping.
5.   Muzlatgichda 3-4 soat sovuting. (Kremi qotishi kerak chunki)
Ha bu orada, muzlatgich ham zo’r O’zbekcha so’z :D
Ramazon Hayiti dasturxoningiz to’kin bo’lsin



Qayd etilgan


Ansora  07 Fevral 2012, 17:57:55

 :asl3:

Kecha 3 yildan keyin ilk marotaba pishirdim bu tortdan, ancha qolim chiqib, esimdan chiqib qolibdi, qolibni kattaroq tanlaganim uchun baland bolmadi:(



Lekin mazasi yaxshi edi shukr.

Qayd etilgan