Yashil merjimekli, bulgurli palov.  ( 3273 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  28 Yanvar 2012, 11:30:50

 :asl3:

Masalliqlar:

4-5 kishilik
2 stakan (400 gr) bulgur
1 stakan yashil merjimek
3-4 qoshiq saryog’
1 qoshiq tuz
1 qoshiq tomat
4 stakan suv

Tayyorlanishi:


Yashil merjimek qaynab pishayotganda o’zidan qoramtir suv chiqaradi va bulgurdan kech pishgani uchun oldin 1 stakan merjimekni 2-3 stakan suvda qaynatib, pishirib olamiz. Pishgandan keyin suzamiz.
Qozonga 3-4 qoshiq sarygo’ni solib, qizgandan keyin tomatni solib qovuramiz, qaynagan 4 stakan suvni solib 1-2 daqiqa qaynatib olamiz, 2 stakan bulgurni solamiz, ketidan pishib, suzilgan merjimekni solib aralashtiramiz, tuzini qo’shamiz. Qozonni qopqog’ini yopib, o’rta olovda pishishini kutamiz. Orada bir qarab, aralashtirishingiz mumkin, agar suvi tez kamayganini his qilsangiz, qaynagan 0.5 stakan suv soling. Suvini tortib bo’lgandan keyin bulgurlar tagiga yopishmasdan olovni so’ndiring. Qopqog’ini yoping, bulgur o’zini issig’i bilan damlansin.

Eslatma:
bulgur palovini eng ko’p tayyorlanadigan usuli soddasi, ya’ni tomat solinadi faqat. Lekin siz xohlasangiz kartoshka, piyoz, bulg’orlarni qovurib qilsangiz ham bo’ladi.
Bulgur palovi saryog’da boshqacha mazali bo’ladi.
Bulgur pishishining eng oson yo’li o’zidan 2 barobar ko’p suv solasiz. Masalan 1 stakanga 2 stakan suv, 2 stakanga 4 stakan vhk. Bu usul bulgurni dona dona pishishini ta’minlaydi, lekin biroz yumshoq, biroz suvli pishishiniz xohlasangiz yuqorida berilgan o’lchovdan 1 stakan ko’p suv soling.




Qayd etilgan


Yaratganga shukr  28 Yanvar 2012, 18:13:16

bizani sho'laga uxshab ketarkanmi? bulgurli palov.... :)

Qayd etilgan


Ansora  29 Yanvar 2012, 12:12:46

bizani sho'laga uxshab ketarkanmi? bulgurli palov.... :)

Umuman aloqasi yo'q- eng boshda- na sabzi bor, na go'sht, na guruch bor- chunki bulgur-bug'doyni maydalanganinda qilingan:)

Qayd etilgan