Duxovkada kartoshkali kotlet taomi  ( 4232 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  18 Dekabr 2011, 13:52:44







Masalliqlar:

Kotleti uchun:

- 500 gr. qiyma
- 2 bo’lak qurigan nonni ich qismi(tolqon holiga keltiring)
- yarim bog’ petrushka (mayda to’g’rang)
- 2 dona o’rta kattalikda piyoz (qirg’ichdan o’tkazing)
- 2 bo’lak sarimsoq
- 1 choy qoshig’i murch
- 1 choy qoshig’i garmdori
-kotlet yaxshilab aralashishi uchun 3/1 suv
- tuz.

Undan tashqari:

1.   5 dona kartoshka
2.   1 qoshiq tomat
3.   2 qoshiq yog’
4.   3-4 stakan qaynagan suv
5.   Bir tutam petrushka

Tayyorlanishi:

Kotlet masalliqlarini arashtirib yaxshilab yo’g’iring. Qanchalik yaxshi yo’g’risangiz shunchalik mazali bo’ladi. Agar vaqtingiz bo’lsa yarim soat muzlatgichga solib qo’ying. Bu vaqt oralig’ida siz kartoshkalarni 4 donasini 1sm qalinlikda, parrak parrak qilib to’g’rang. Duxovka listiga terib chiqing. Ustiga rasmdagiday kotletlarni yong’oq kattaligida bo’laklardan biroz yassi holga keltirib, kartoshkalarni ustiga terib chiqing. 1 dona qolgan kartoshkani esa qirg’ichdan o’tkazib, kotletni ustiga seping. Tomat va yog’ni biroz qovurib, ustiga 3-4 stakan qaynagan suvni soling. 1-2 qaynab chiqqandan keyin listni chetidan quying, shakl buzilmasligi kerak. Men biroz pomidorli sousdan kotletlarni ustiga soldim, chiroyli ko’rinsin deb. Petrushkani seping. 200 darajali duxovkada 1 soatga yaqin pishiring. Osh bo’lsin. Ha xohlasangiz oq palov bilan ikrom eting:


http://pazanda.uz/forum/index.php?topic=948.0

Qayd etilgan