Turk usuli yaproq sarma  ( 3890 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  18 Dekabr 2011, 13:54:39

Yaproq sarma, degani hayit degani, nikoh degani, to'y degani, hech bo'lmasa orziqib kutilgan mehmon keladi, degani Turkiyada.

Sizlarga uzum yaprog'i sarmasi tayyorlanishini havola qilaman, marhamat:




Rasmdagisini bu hayitda 5 kishi o'ragandik:)

Masalliqlar (sarmani ichi uchun)


. Yarim kilo uzum yaprog’i
. 2 stakan guruch
. 3-4 dona yirik piyoz
. 3 tish sarimsoq
. 1 choy qoshig’i quruq garmdori (istakka qarab)
. 1 choy qoshig’i murch
. 1 choy qoshig’i qurutilgan yalpiz
. 3 dona o’rtacha pomidor (randalaysiz)
. yarim stakan salat yog’i yoki zaytun yog’i.
. tuz.

Ustiga solish uchun:
. ½ stakan salat yog’i yoki zaytun yog’i. Zaytun yog’i uzum bargini yashillashtiradi. Qanchalik yashil bo’lsa, shunchalik chiroyli ko’rinadi:)
. 1 dona limon
. 3 stakan qaynagan suv

Tayyorlanishi:

Biz uyda uzum bargini  tuzlab qo’yardik. Yaproqlarni chiqarib yaxshilab yuving, tuzli suvda turgani uchun tuzlari ketishi kerak. Agar yozda qiladigan bo’lsangiz, barglarni past olovda qaynatib ezmasdan yumshatishingiz kerak.
1.   Chuqurroq qozonga mayda to’g’ralgan piyozlarni soling. Pushti rang olguncha qovuring.
2.   Keyin yuvilgan guruchlarni solib, qovuring.
3.   10 daqiqalardan keyin randalangan pomidorlarni solib 2-3 daqiqa qovuring. Keyin istakka qarab tuz, sarimsoq va ziravorlarni soling.
4.   Ustiga oz miqdorda suv quyib, guruchlar yumshaguncha (pishay deguncha) qovuring.
5.   Olovdan olib, sovuting.
6.   Tayyorlangan qorishmani uzum barglarini toshirib yubormasdan soling.
7.   Qozonga bir tekis qilib joylang. Orasida joy qolmasligi kerak. Ustiga 0.5 stakan salat yog’ini aylantirib seping. 1 dona limonni kesib ustiga joylashtiring. Limon nordonlik beradi, sarmalar lazzatli bo’ladi.
8.   3 stakan qaynoq suvni sarmalarni ustidan aylantirib to’king. Qozon qopqog’ini zichlab yoping.
9.   O’rta olovda 30 daqiqa pishiring.
10.   Sarma muzlatgichda 1 haftagacha aynimaydi. Zaytunyog’li bo’lgani uchun İsitishni ham hojati yo’q.


Qayd etilgan


Ansora  18 Dekabr 2011, 13:55:55

Sarmadan olinglar:




Ha keyin, e'tibor bergan bo'lsangiz, yuqoridagi ta'rifda va umuman Turk usuli sarmada guruchlar qovurib olinadi, bizdagiday xomligicha solinmaydi, shuning uchun qanchalik zich joylasangiz ham pishadi...

Yana bir maslahat: agar yaproqlar tuzli bo'lsa, 1 kun oldindan suvga soling, orada suvini almashtirib tursangiz tuzi ketadi.

Qayd etilgan