Quritilgan baqlajon va bulg'or do'lmasi  ( 4017 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  18 Dekabr 2011, 13:57:35



Assalomu alaykum. Barchangizni yangi kun xayrli kelsin iloyim.

Kamalak mendan quritilgan baqlajon yoki bulg'ori do'lmasini so'ragandilar. Nasib bugunga ekan, alhamdulillah, biri bir narsa so'raganda javob bera olmasam, o'zimni yeb tugataman :( qarzday gap bu.

Turkiyaning Gaziantep viloyati o'zining taomlari, baklavalari bilam mashhur. Quritilgan sabzavotlardan tayyorlagan do'lmalar esa eng lazzatlilaridan hisoblanadi. Men unchalik ko'p pishirmadim, lekin qaynonam har safar pishirganlarida o'zimni to'htata olmay birdan 5-6 dona yeganimni bilaman.

Balki bu sabzavotlarni quritish haqida ham mavzu ocharmiz. Chunki qish kuni yozning ıssıg'ida organik pishgan sabzavotlardagi vitamin qo'l keladi-da:)





Qayd etilgan


Ansora  18 Dekabr 2011, 14:02:51

Masalliqlar:

1.   12 dona baqlajon yoki bulg'or qalampiri
2.   200 gr o’rta yog’li qiyma (qiyma yog’siz bo’lsa 3/1 stakan zaytun yog’i qo’shing)
3.   1 dona o’rtacha piyoz
4.   5 bo’lak sarimsoq
5.   1 stakan guruch
6.   2 qoshiq tomat
7.   0.5 qoshiq limon suvi
8.   1 choy qoshig’i murch va garmdori
9.   0.5 qoshiq tuz

Do'lmaning sousi uchun:

1.   1 qoshiq tomat
2.   1 choy qoshig’i limon tuzi yoki sumax
3.   1 choy qoshig’i tuz
4.   4 qoshiq zaytun yog’i yoki saryog'
5.   1 litr qaynagan suv


Baqlajonlarni tayyorlash:

*Quritilgan baqlajonlarni ipdan chiqarib, qaynagan suv quygan qozoningizda 15-20 daqiqa qaynating.
*Baqlajonlar na qattiq, na yumshoq bo’lishi kerak (tirnog’ingizni baqlajonga botirganingizda botishi kerak) Yetarlicha qaynagandan keyin baqlajonlarni sovuq suvda tutib, yonga oling.

Ich masallig’ining tayyorlanishi:

*Guruchlarni yaxshilab yuving, yarim yoki bir soatcha iliq suvda kuttiring.
*Piyoz va sarimsoqlarni maydalab to’g’rang. (Aslo qirg’ichdan o’tkazmazmang, chunki mazasi buziladi)
*Guruch, qiyma, piyoz, sarimsoq, tomat va butun ziravorlarni keng bir idishda yaxshilab aralashtiring.
Qaynatgan baqlajon va bulg’orlarga ich masallig’ini qo’ying (baqlajonlarni yarmidan oz qo’ying, bo’lmasa do’lmalar "œportlashi mumkin" Og’izlarini siqib, og’iz tarafi ich tarafga keladigan shaklda qozonga tizing.

Sousning tayyorlanishi:

*Bir tovada saryog’ni eriting. Ichiga yarim qoshiq tomat solib, 3-4 daqiqa qaynating. Masallig’ingizga qarab qaynagan suv quying.

Do’lmaning pishirilishi:

Tergan do’lmalaringizni ustiga do’lmalarni ustini qoplaydigan qilib sousli suvni to’king.
Qaynaguncha baland olovda, qaynagandan keyin past olovda pishiring. Guruchlar yaxshilab pishguncha (40-60 daqiqa atrofida) pishirib, dasturxonga tortishingiz mumkin.


Qayd etilgan


Ansora  18 Dekabr 2011, 14:04:09



O'zim quritgan bulg'orlarim:






Sog'ingan ekanmiz...

Qayd etilgan