Achık pog'acha- pishloqli shimoynon (videosi bilan)  ( 3271 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  18 Dekabr 2011, 14:12:04




Masalliqlar:

2 dona tuxum
1 stakan qatiq (200 gr)
0.5 stakan yog'
0.5 qoshiq tuz
1 paket razrıxlitel' -10 gr
olganichalik un

Ichi uchun

Yarim bog' petrushka
200 gr pishloq

Usti uchun

1 tuxumni sarigi
sedana yoki kunjut


Tayyorlanishi:

Tuxum, qatiq, yog'ni yaxshilab aralashtiring, tuzni soling, biroz un solib, ustiga xamir oshirgichni solib aralastiring. Tahminan 3 stakan un solib, yumshoq xamir qoring. Xamirni qorgandan keyin ustini yopib, 15-20 daqiqa kuting. Bir tarafdan petrushkani maydalb to'g'rab, pishloq bilan vilka yordamida aralashtiring. Xamirni ochib, yong'oqdan biroz kattaroq dumaloqlar oling. Ularni yo qo'lingiz, yoki jo'va yordamida yoying. Orasiga pishloqdan solib, har ikki tarafini biroz buking, o'rtasi ochiq qolsin. Butun xamirlarni shu shaklda qilgandan keyin, ustiga yaxshilab aralashtirilgan tuxum sarig'ini surting, sedana seping. Oldindan isitilgan 180 daraja duxovkada usti qizarguncha pishiring. Men 50 daqiqa pishirdim.

Mazasi judayam yaxshi edi, zotan avval o'zim pishirib, keyin sizlarga tavsiya etyabman hammasini. Xatto o'g'lim ham yedi:)

Osh bo'lsin...


<a href="http://www.youtube.com/watch?v=8leQfob33o4" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=8leQfob33o4</a>

Qayd etilgan