Duxovkada kolbasali makaron  ( 2951 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  19 Dekabr 2011, 13:31:31

Duxovkada kolbasali makaron

İchi uchun Masalliqlar (5-6 kishi uchun)

1. 300 gr duxovka uchun mahsus makaron, bo'lmasa yirik uzun makaron.
2. 3 dona tuxum
3. 1 stakan qirg'ichdan o'tkazilgan pishloq.
4. 1 stakan (200gr) sut
5. 5-6 qoshiq salat yoki zaytun yog'i
6. biroz petrushka (xohlaganlar uchun)
7. 100 gr kolbasa
8. tuz
9. murch

Usti uchun:

1 stakan qirg'ichdan o'tkazilgan pishloq

Tayyorlanishi:

1. Makaronni 15-20 daqiqa suvda pishirgandan keyin suzing va 1 qoshiq salat yog'i kezdiring (yopishmasligi uchun)
2. Bir idishda sut, tuxum, petrushka, yog', to'g'ralgan kolbasa, pishloqni aralashtiring.
3. Qorishmani makaron bilan biroz aralashtiring.
4. Duxovka idishingizni yog'lab, qorishmani soling.
5. Ustiga pishloqni seping.
6. Oldindan isitilgan duxovkada makaronni usti qizarguncha pishiring. Men 200 darajada 45 daqiqa pishirdim.

Yoqimli ishtaha.







Qayd etilgan