Duxovkada baqlajon kabobi  ( 3350 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  19 Dekabr 2011, 13:32:46







"Fırında patlıjan kebap" yoki Duxovkada baqlajon kabobi:)

Masalliqlar:

500 gr o’rtacha yog’li qiyma
1 kg o’rta bo’y baqlajon
4-5 dona pomidor (agar pomidor kam bo’lsa ustiga tomatni suvda eritib to’ksangiz ham bo’ladi)
2 qoshiq tomat
2 dona piyoz
4-5 dona bulg’or qalampiri-uzunidan
tuz, murch, garmdori
5-6 qoshiq pista yog’i
2-3 tish sarimsoq

Tayyorlanishi:

1 dona piyoz va sarimsoqlarni qirg’ichdan o’tkazing. Bularga qiyma, tuz, murch va garmdorilarni qo’shing. Butun masalliqni yaxshilab qoring. Hosil bo’lgan kotlet "œhamirini" 1 soat muzlatgichda kuttiring. Baqlajonlarni qalin 2 sm qadar halqalar shaklida to’g’rang. Achchig’i ketishi uchun tuz solingan idishda 15 daqiqa tuting. Qiyma hamiridan yong’oq kattaligida parchalar olib yassi kotlet shakli bering va 2 baqlajon halqasi orasiga joylang. Butun masalliqni shu shaklda duxovka idishingizga terib chiqing. Pomidorlarni po’stini archib mayda qilib to’g’rang. Mayda to’g’ralgan piyoz bilan aralashtiring va baqlajonlarni ustiga seping. Men 2 dona pomidorni parrak qilib kesib, joyladim. Bulg’or qalampirini ham baqlajonlarni yoniga tering. Ohirida pista yog’ini baqlajonlarni ustidan sepib, 280 darajada 1 soatga yaqin pishiring. Men kabobni guruch bilan dasturxonga tortdim.


Qayd etilgan