Qiymali blinchik - Zamiraxondan:)  ( 7199 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  19 Dekabr 2011, 15:03:55

      Qiymali blinchik

To'rt kishilik masalliq: 250 gramm un, 3ta tuxum, 125 ml sut, tuz, bitta piyoz, bir bo'lak sarimsoq, uch osh qoshiq sariyog', 75 gramm pishloq, tuyulgan yong'oq, ko'kat, tuz, murch ta'bga ko'ra.

1. Un, tuxum, sut, tuz qo'shib yaxshilab uriladi.

2. Piyoz va sarimsoq mayda to'g'raladi. Qizib turgan sariyog'da pishiriladi. Ustidan ko'kat, tuz, murch va yong'oq solib dimlab qo'yiladi. Oxirida to'rtburchak shaklida to'g'ralgan pishloq solinadi. Pishloq biroz erigach, olovdan olinadi.

3. Blinchiklar qizigan tovada sariyog' solib pishirib olinadi.

4. Har bir blinchikka pishloqli qiyma solib rulet shaklida o'raladi va dasturxonga tortiladi.

Qayd etilgan