Misrcha makaron taomi  ( 5849 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  19 Dekabr 2011, 14:53:05



Misrcha makaron taomi ...


Nachinkasiga:
-0.5 kg qiyma
-1 ta piyoz
-2 dona chisnok
-3 ta pomidor qirgichdan o'tkazilhgani
-2 osh qoshiq tamat pastasi
-tuz,muruch

Makaron:
0.5 kg yani bir pochka makaron

Sous:
-50-60 gr saryoq
-3 qoshu un
-0.5 gr sut
-2 ta tuhum sarigi
-tuz,muruch
-100 gr pishloq
Tayyorlanishi:
Qozonga ozgina yog s/b piyozni qovuramiz keyin chisnoklarni mayda qilib to'grab solamiz keyin qiymani s/b yahshilab qovuramiz ,pomidor va tamat s/b qovuramiz tuz muruch s/b 15 daqiqaga dimlab qo'yamiz.


Endi makaronimizani qaynatib olamiz,pishib ketmasin!!
idishda saryogni eritib un solib ozgina qovurvoramiz ,yana alohida idishda sutka ikta tuhum sarigini s/b bir marta qaynatvolamiz .Sutni olib saryogni ustiga s/b qaynatamiz keyin tuz muruch somaiz quyuq bo'lguncha pishiramiz .
tayyor bo'lgan sousimizga pishloqni qirgichdan o'tkazib solamiz.
qaynatilgan makaronimizani yarmiga sousni uchdan bir qismini s/b aralashtiramiz va chuqur idishka tekiz qilib solamiz uni ustidan tayyor bo'lgan qiymamizni hammasini solamiz yana yarim makarinimizaga sousni 2 dan bir qismini solib aralashtirib qiymani ustidan tekkiz qilib solamiz qolgan sousimizni ustiga surib chiqamiz .

o'rta olovga 30 minutka qo'yamiz tegini o'chirib 10 minutka duhovkada qoldiramiz, shu bilan ovqatimiz tayyor  pishkandan keyin kesib tarelkalarga tortiladi
yoqimli ishtaha :)

Bu taom Misrda eng mashhurlardan brinchi marta eganimda judayam yoqgan arab qo'shnimiz mehmon qilgandi :)

Muslima bo'limidan olindi.

Qayd etilgan