Muallif Mavzu: Haqiqiy muhabbatning ta'rifi  ( 14281 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Shahina

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 19
  • Xabarlar: 1866
  • Jins: Ayol
  • Shaha
Haqiqiy muhabbatning ta'rifi
« : 04 Sentyabr 2006, 07:48:06 »
AbdulAziz:

MUHABBAT NIMA?

"Hilol" taqvimida Muhabbatga shunday ta'rif berishibdi. Avvaliga o`qib men ham juda ta'sirlandi. Sizlarga ham havola qilaman:

Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning ozod qilgan qullari qullari Savbon roziyallohu anhu Rasuli akramni qattiq yaxshi ko‘rar, firoqlariga sabr qilolmas edi. Bir kuni Savbon Rasulullohning huzuriga yuzlari qizargan va titragan holda kirib keldi. U zot Savbonning bu holatini ko‘rib, sababini so‘radilar. Shunda Savbon: “Betob emasman, ammo ozgina vaqt sizni ko‘rmay qolsam, dahshatga tushyapman. Mana hozirgina oxiratni esladim. Shubha yo‘q, siz jaggatda payg‘ambarlar bilan birga bo‘lasiz. Men, garchi Alloh rahmat qilib jannatga kirsam ham, siz bilan bo‘lolmayman. Chunki sizning manzilingiz baland. Agar jannatga kirolmaydigan bo‘lsam, keyin sizni hech qachon ko‘ra olmayman. Oxiratda holim ne kechishini o‘ylab titrab ketyapman”, dedi. Shunda ushbu oyat nozil bo‘ldi: “Kimda kim Alloh va payg‘ambarga itoat etsa, ana o‘shalar Alloh in’omlariga sazovor bo‘lgan zotlar – payg‘ambarlar, siddiqlar (haq-rost iymon egalari), shahidlar va solihlar bilan birga bo‘lurlar. Ana o‘shalar eng yaxshi hamrohlardir.” (Niso surasi, 69).

Darhaqiqat Rasululloh sallollohu alayhi vasallam darajalariga hech kim yetolmaydi. Lekin rahmati keng, avfi ulug‘ zot suyukli rasuliga ilhom berdi. Allohning habib rasuli esa bu xushxabarni ummatlariga yetkazdi.

Anas ibn Molikdan rivoyat qilinadi: “Bir a’robiy payg‘ambar huzuriga kelib so‘radi: “Qiyomat qachon bo‘ladi?” “U kun uchun nima hozirlading”, dedilar Rasuli akram. “Alloh va rasuliga muhabbat!” deya javob berdi. Shunda Rasululloh: “(Jannatda ham) yaxshi ko‘rganlaring bilan birga bo‘lasan!”, dedilar”. (Muttafaqun alayh.)

Demak ayni muhabbat tufayli biz Alloh taoloning diydoriga, payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom bilan abadiy birga bo‘lish saodatiga erishamiz. Shunday ekan, savol tug‘iladi: “Bu muhabbat qanday hosil bo‘ladi, qanday kuchayadi?..”

Keling, mazkur hadisga yana murojaat qilaylik. A’robiy Alloh Rasulidan qiyomatning vaqtini so‘radi. Rasululloh ajib bir hikmat bilan bizga ibrat bo‘ladigan tarzda so‘rovchining e’tiborini so‘ralayotgan narsadan muhimroq ishga qaratdilar.

Darvoqe, ko‘p ma’lumotlar to‘plab, ko‘p bilgandan ko‘ra, oz bilib, ko‘p amal qilgan foydaliroq. Shuning uchun ham Allohning rasuli ummatga behuda so‘zni unuttirdilar, xayr amalga rag‘bat uyg‘otdilar. Zero, haqiqiy muhabbat amalda zohir bo‘ladi, amalda sinaladi, amal bilan kuchayadi.
Hammelaga omad va baxt tilayman!

Shahina

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 19
  • Xabarlar: 1866
  • Jins: Ayol
  • Shaha
Re: Haqiqiy muhabbatning ta'rifi
« Javob #1 : 04 Sentyabr 2006, 07:48:18 »
Bugun biz payg‘ambarlar haqida o‘qiyapmiz. Tarixlarini o‘rganyapmiz. Siyratlari bilan tanishyapmiz. Har kuni bilganlarimizga nedir qo‘shiladi, bilimimiz oshadi. Da’volarimiz ham shunga yarasha. Faxr bor, ammo fahm yo‘q. Aql joyida afsuski, xush yo‘q. Dunyoning bebaqoligi-yu, chivinning qanoticha qadri yo‘qligi xususida soatlab majlis quramiz, sahobalar holatidan hayratlanib, tonglar orttiramiz. Afsus, ertalab umrimizning eng g‘ayratga to‘la damlarini oxirat uchun emas, dunyo uchun musobaqalashib o‘tkazamiz. Eng kerakli paytda qani u biz o‘rgangan taqvo? Qani u biz bilgan g‘am? Nahotki barchasi yolg‘on?!! Balki bugun qorin to‘qu, ko‘zlar och. Noz-ne’matlar bisyoru, baraka yo‘q. Jamoat jamu, fayz kam bo‘lishi shundanmikin?

Rasululloh sallollohu alayhi vasallam shunday dedilar: “Allohga qasamki, meni ota-onangiz, farzandlaringiz va molu dunyolaringizdan yaxshiroq ko‘rmaguncha haqiqiy mo‘min bo‘la olmaysizlar”.

Sahobalar haqiqiy mo‘min byolish ishtiyoqida muhabbatni namoyish qilish bilan emas, balki muhabbat bilan band edilar. Bunga misol ko‘p.

Uxud jangida “Muhammad o‘ldirildi” degan gap tarqaldi. Bazilar Madinaga qarab qochdi. Payg‘ambarini suygan ansoriya ayollar  “Rasululloh qaerda?” deya u zotni qidira boshlashdi. Ular hatto “o‘g‘ling shahid bo‘ldi”,  “otang o‘ldi”, “ering halok bo‘ldi” degan gaplarga e’tibor berishmadi. Payg‘ambarini izlashdi...

Payg‘ambar alayhissalom dunyodan o‘tganlaridan keyin bir ayol kelib Oyisha onamizdan Rasulullohning qabrlarini ko‘rsatishlarini iltimos qildi. Oyisha onamiz muborak qabrni ko‘rsatganlaridan keyin u ayol qabr yoniga borib, qabrni o‘pgan holida jon taslim qildi...

Bilol habashiy Rasululloh vafotlaridan keyin azon aytolmadilar. “Ashhadu anna Muhammadar Rasululloh” deyishlari bilan xushdan ketaverdilar...

Alloh va rasuliga bo‘lgan muhabbat qalb siridir. Bu sir qancha ichkarida bo‘lsa, muhabbat shuncha kuchli bo‘ladi. Amallar bu sirni yashmradi. So‘zlar oshkor qiladi. Alloh uchun qilayotgan amalimizni O‘zi bilsa bas. Chunki payg‘ambarimiz shunday edilar. U zotga muhabbatimiz chin bo‘lsa, sunnatlari bilan yashab, siyratlari bilan sifatlanaylik.
Hammelaga omad va baxt tilayman!

Shahina

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 19
  • Xabarlar: 1866
  • Jins: Ayol
  • Shaha
Re: Haqiqiy muhabbatning ta'rifi
« Javob #2 : 04 Sentyabr 2006, 07:48:30 »
Aziz:

Maqoladan sizlardan so'ramoqchi bo'lgan savollarimga javob topdim, endi albatta har bir maqolani o'qib boraman. Forumga ko'proq yoshlar a'zo bo'lishini xohlardim
Hammelaga omad va baxt tilayman!

Shahina

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 19
  • Xabarlar: 1866
  • Jins: Ayol
  • Shaha
Re: Haqiqiy muhabbatning ta'rifi
« Javob #3 : 04 Sentyabr 2006, 07:48:44 »
Maknuna:

Assalomu alaykum!
Muhabbatning haqiqiy ta'rifini mana endi bilib oldim. Judayam ta'sirli maqola ekan. Boshqa dugonlarimga ham o`qishni maslahat berardim.
Hammelaga omad va baxt tilayman!

Shahina

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 19
  • Xabarlar: 1866
  • Jins: Ayol
  • Shaha
Re: Haqiqiy muhabbatning ta'rifi
« Javob #4 : 04 Sentyabr 2006, 07:49:02 »
Shohista:

Assalomu alaykum, yuqoridagi fikrlar juda ta`sirli, uni oqib chiqib, yana mir bor haqiqiy muhabbat nima eknaligini anglab oldim va albatta buni boshqalarga ham chuntirishga harakat qilaman, nima bo`lganda ham haqiqy muhabbatga ta`rif juda tori berilgan Davron aka.
Hammelaga omad va baxt tilayman!

Shahina

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 19
  • Xabarlar: 1866
  • Jins: Ayol
  • Shaha
Re: Haqiqiy muhabbatning ta'rifi
« Javob #5 : 04 Sentyabr 2006, 07:49:23 »
Mohinur:

Assalomu alaykum!
Judayam zo`r ta'rif berilibdi Muhabbatga!
Qachonki biz Allohni sevsak, boshqa narsalarga ham muhabbat paydo bo`ladi.
Muhabbatning boshi Yaratgandandir.
rahmat!
Hammelaga omad va baxt tilayman!

Shahina

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 19
  • Xabarlar: 1866
  • Jins: Ayol
  • Shaha
Re: Haqiqiy muhabbatning ta'rifi
« Javob #6 : 04 Sentyabr 2006, 07:49:35 »
Muhabbat! Bu barcha ehtiroslarning cho'qqisi va eng g'olibidir. Ammo uning adadsiz zabtkorlik kuchi cheksiz-chegarasiz oliyjanoblik va deyarli tasavvurga sig'maydigan darajadagi beg'arazlikdan iboratdir.
H. Heine
Hammelaga omad va baxt tilayman!

Shahina

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 19
  • Xabarlar: 1866
  • Jins: Ayol
  • Shaha
Re: Haqiqiy muhabbatning ta'rifi
« Javob #7 : 04 Sentyabr 2006, 07:49:47 »
Assalomu alaykum!
Muhabbatning eng zo`r ta'rifi ekan.
Negadir, ... bu ta'rif ko`pchilikka yoqmadi shekilli, chunki boshqa mavzularga juda ko`p javob berilgan, lekin bu mavzuga qiziqish kamroq.
Bo`masa, etiylar bu gapla noto`gri deb... (aslida esa judayam to`gri)
Hammelaga omad va baxt tilayman!

Shahina

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 19
  • Xabarlar: 1866
  • Jins: Ayol
  • Shaha
Re: Haqiqiy muhabbatning ta'rifi
« Javob #8 : 04 Sentyabr 2006, 07:50:06 »
Margilanets:

Haqiqatda zo`r ta'rif bo`pti.
Bir kuni payg`ambarimizi oldilariga bir sahobiy kelib Qiyomat haqida sorabdi. Shundagi payg`ambarimiz javoblari judayam ta'sirli.
Dunyoda payg`ambarimizdek sevikli zor yo`q. Hatto ota-oandan-da, ularni ortioq yaxshi ko`rishimiz kere.
Hammelaga omad va baxt tilayman!

Shahina

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 19
  • Xabarlar: 1866
  • Jins: Ayol
  • Shaha
Re: Haqiqiy muhabbatning ta'rifi
« Javob #9 : 04 Sentyabr 2006, 07:50:51 »
farzonochka:

Aslidachi, haqiqiy muxabbatning ta`rifi hammaga sirligicha qolib kelmoqda.
Kimdir muxabbat baxt desa, kimdir baxtsizlik deydi.
Sevgan odamingni nima uchun sevishingni bilmaysan kishi.
Masalan, oraylada sevganla bosa etingchi, sevgilingizni nima sababdan sevasiz???
Hammelaga omad va baxt tilayman!

Shahina

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 19
  • Xabarlar: 1866
  • Jins: Ayol
  • Shaha
Re: Haqiqiy muhabbatning ta'rifi
« Javob #10 : 04 Sentyabr 2006, 07:51:05 »
maknuna:

Haqiqiy sevgi oldida kishi ko‘ziga hech narsa ko‘rinmaydi, na rashk, na ig‘vo, na raqiblar fitnasi. Ammo tashqaridan bo‘lgan kichik bir zarbaga bardosh bera olmagan sevgi – sevgi emas!
Hammelaga omad va baxt tilayman!

Shahina

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 19
  • Xabarlar: 1866
  • Jins: Ayol
  • Shaha
Re: Haqiqiy muhabbatning ta'rifi
« Javob #11 : 04 Sentyabr 2006, 07:51:12 »
Ishq dardini talab qildim darmoni yo'q,
Ishq yo'lida jon berganni armoni yo'q,
Bu yo'llarda jon bermasang imkoni yo'q,
Har ne qilsang oshiq qilg'il parvardigor!

Qaydin topay ishqing tushdi qarorim yo'q,
Ishq sadosin tunu kunu qo'yorim yo'q,
Dargohingdan o'zga yerga bororim yo'q,
Har ne qilsang oshiq qilg'il parvardigor!

Ishq bozori ulug' bozor, savdo harom,
Oshiqlarga sendin o'zga g'avg'o harom,
Ishq yo'lig'a kirganlarga dunyo harom,
Har ne qilsang oshiq qilg'il parvardigor!

Oshiqlikni davo qilib yurolmadim,
Nafsdin kechib Haq amrini bilolmadim,
Nodonlikda Haq amrini bilolmadim,
Har ne qilsang oshiq qilg'il parvardigor!

Ahmad Yassaviy
Hammelaga omad va baxt tilayman!

Shahina

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 19
  • Xabarlar: 1866
  • Jins: Ayol
  • Shaha
Re: Haqiqiy muhabbatning ta'rifi
« Javob #12 : 04 Sentyabr 2006, 07:51:24 »
AbdulAziz:

Bir kuni payg'ambarimiz Muhammad s.a.v. Ali r.a.dan so'radilar:
-Yo Ali, Allohni sevasanmi?
-Albatta, ey Allohning rasuli!
-Uning elchisi - payg'ambarini sevasanmi?
-Ha, albatta, sizni sevaman!
-Ahli ayolingni sevasanmi?
-Sevaman, yo Rasululloh!
-Bolalaringni sevasanmi?
-Bolalarimni ham sevaman.
Shunda payg'ambarimiz s.a.v. yana savol berdilar: "Yo, Ali, qanday qilib bir qalbga 4 ta sevgini sig'dira olasan?" Bu savolga Ali r.a. o'ylanib qoldilar va javob uchun muhlat so'radilar.
Uylariga borib ham o'ylanib o'tirdilar. Buni ko'rgan Fotima r.a.: "Agar dunyo yo'lida xomush bo'lsangiz, bu ishingiz yaxshi emas", deb hol so'radilar. Ali r.a. bo'lgan voqeani aytib berdilar va Fotima r.a.dan maslahat so'radilar. Fotima r.a. shunday dedilar: "har bir narsaning o'ngu so'li, orqa-oldi bo'lganidek, qalbning ham bo'laklari bo'ladi. Otamga quyidagicha javob bering:
Allohning aqlim va idrokim bilan sevaman!
Payg'ambar s.a.v.ni ruhim bilan sevaman!
Ahli ayolimni nafsim bilan sevaman!
Bolalarimni shafqatim bilan sevaman!
Ertasi kuni Ali r.a. payg'ambarimiz huzuriga bordilar. Payg'ambarimiz javobni so'radilar. Ali r.a. yuqoridagi javobni aytdilar. Shunda Rasululloh s.a.v.:
-Yo, Ali, javobingdan nubuvvat gulining hidi kelyapti. Buni senga qizim Fotima aytgan...
Hammelaga omad va baxt tilayman!

Shahina

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 19
  • Xabarlar: 1866
  • Jins: Ayol
  • Shaha
Re: Haqiqiy muhabbatning ta'rifi
« Javob #13 : 04 Sentyabr 2006, 07:51:41 »
Maknuna:

Assalomu alaykum!
Judayam ta'sirli hikoya ekan.
Qarang, hazrat Alidek buyuk sahoba topa olmagan javobni Fotima onamiz topgan ekanlar. Haqiqatda ularda payg'ambarimiz sav tarbiyalari bor edi.
Alloh va rasulini hammamizga sevdirsin!
   
Hammelaga omad va baxt tilayman!

Shahina

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 19
  • Xabarlar: 1866
  • Jins: Ayol
  • Shaha
Re: Haqiqiy muhabbatning ta'rifi
« Javob #14 : 04 Sentyabr 2006, 07:52:09 »
AbdulAziz:

Wa alaykum assalom!
Nubuvvat olamining guli, jahon xotinlarining oqilasi hazrat Fotima raziyallohu anhudan Alloh rozi bo'lsin!
Hammelaga omad va baxt tilayman!

 

Haqiqiy boylik nima???

Muallif maknunaBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 38
Ko'rilgan: 14690
So'nggi javob 04 Iyul 2011, 21:23:38
muallifi Mutaallim-2010
Mahmud As'ad Jo'shon. Haqiqiy sevgi

Muallif DoniyorBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 67
Ko'rilgan: 40729
So'nggi javob 02 Dekabr 2007, 02:02:40
muallifi AbdulAziz
haqiqiy muhabbat mana shu!

Muallif biarrBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 15
Ko'rilgan: 14655
So'nggi javob 30 Aprel 2015, 11:42:14
muallifi Zulfina
Shayx Ismoil Maxdum. Toshkentdagi Usmon mushafining ta'rifi

Muallif Musannif AdhamBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 72
Ko'rilgan: 34084
So'nggi javob 27 Iyul 2008, 06:38:22
muallifi AbdulAziz
Haqiqiy sevgi - Alloh va Uning rasuliga muhabbat haqida...

Muallif nasafiyBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 54
Ko'rilgan: 44517
So'nggi javob 13 Iyun 2013, 11:26:17
muallifi IRFON-2012