Muallif Mavzu: Haqiqiy muhabbatning ta'rifi  ( 14280 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Shahina

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 19
  • Xabarlar: 1866
  • Jins: Ayol
  • Shaha
Re: Haqiqiy muhabbatning ta'rifi
« Javob #15 : 04 Sentyabr 2006, 07:52:37 »
MUSULMON SEVGISI

Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomning qilgan g’azotlaridan biri tugagach, bir musulmon xotin tushib qolgan yaradorlarni izlab topmoqchi bo’ldi: o’liklar orasiga kirdi. U yon-bu yonni izlar chog’da “Oh… suv!..” degan bir tovush eshitdi. Bir yarador musulmonning suvdonini ko’rdi. Ozroq suv topib shu yaradorning oldiga keldi. Boshini astagina ko’tarib, suvni ichtirmoqchi bo’ldi. Yarador musulmon dudog’ini suvga yetkuzar chog’da boshqa yoqdan “Oh… suv!..” degan o’zga bir tovush keldi. Yarador suv keltirgan xotinga dediki:
- Bu suvni mendan burun shu tovush egasiga eltib ber. Bir yo’ldoshim yaralanib suvsab yotar ekan, men icholmayman.
Xotin suvni ikkinchi yaradorga olib bordi. U ham suvni ichayin deb turgan chog’ida “Oh… suv!..” degan yana bir tovush eshitdi, xotinga dediki:
- Shu yo’ldoshim suvsiz ekan, men icholmayman, ber suvingni shunga.
Xotin suvni uchinchi yaradorga yetkazdi. U suvni ichayotganda birinchi yaradorning “Oh… o’oldim… suvsizlikdan” degan tovushi keldi. Bu ham xotinga:
- Suvingni mendan burun shu tovush egasiga ber! – dedi va o’zi ichmadi.
Xotin yana qaytib birinchi yaradorning oldiga kelsa, bechoraning o’lib yotganini ko’rdi. Ikkinchi yaradorning oldiga bordi, u ham o’lib yotgan ekan. Uchinchi yarador ham suvsizlikdan o’lib qolmasin deya yugurib ketdi:
- Ey, voh!.. Bu ham o’lib qolibdi! – deb suvni to’kdi.
Musulmonlarning o’lim chog’ida ham bir-birlarini qanchalik sevishlarini o’ylab ko’z yosh qildi.

Abdurauf Fitrat
“O’qi” kitobi, Boku, 1917-yil
Hammelaga omad va baxt tilayman!

Shahina

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 19
  • Xabarlar: 1866
  • Jins: Ayol
  • Shaha
Re: Haqiqiy muhabbatning ta'rifi
« Javob #16 : 04 Sentyabr 2006, 07:52:48 »
maknuna:

Assalomu alaykum.
Mana qanday bo'ladi - haqiqiy muhabbat! Musulmon musulmon birodarini uni o'z akasidek, ukaside, singlisidek sevadi. O'zi o'lim chog'ida bo'lib, suvga judayam zor bo'lsa ham birodarini o'ylavotti. U suvc=sizlikdan chaqab turganda man ichomiman devotti. Bundan ham ortiq mehr, muhabbatni dunyo ko'rganmi?
mana Islom! Mana muhabbat!
Bunday muhabbatni boshqa hech qayerdan topolmaysiz.!!!
Hammelaga omad va baxt tilayman!

Shahina

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 19
  • Xabarlar: 1866
  • Jins: Ayol
  • Shaha
Re: Haqiqiy muhabbatning ta'rifi
« Javob #17 : 04 Sentyabr 2006, 07:52:58 »
Shamshir:

Assalomu alaykum.
shunaqa ibratli ogitlarni o`qiganimdan keyin bazan o`zimdan o`zim hafa bo`lib ketaman .Qanday ulug`lar otgan , qanday insonlar o`tgan biz kimmiz hamma narsa haqida jar solamiz, hamma narsadan xabardor bolamizu, IBRAT ololmaymiz.......
Hammelaga omad va baxt tilayman!

Shahina

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 19
  • Xabarlar: 1866
  • Jins: Ayol
  • Shaha
Re: Haqiqiy muhabbatning ta'rifi
« Javob #18 : 04 Sentyabr 2006, 07:53:10 »
maknuna:

Va alaykum assalom!
Shamshir, nima deb o'ylaysiz? Bizning zamonimizda ham bir-birini mana shunday yaxshi ko'radigan musulmonlar bormikin?
Hammelaga omad va baxt tilayman!

Shahina

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 19
  • Xabarlar: 1866
  • Jins: Ayol
  • Shaha
Re: Haqiqiy muhabbatning ta'rifi
« Javob #19 : 04 Sentyabr 2006, 07:53:24 »
Behzodbek:

Assalomu alaykum,
shunday muhabbatga ega musulmonlar, albatta, bugun ham bor. Alloh ulardan rozi bo'lsin.
Hammelaga omad va baxt tilayman!

Shahina

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 19
  • Xabarlar: 1866
  • Jins: Ayol
  • Shaha
Re: Haqiqiy muhabbatning ta'rifi
« Javob #20 : 04 Sentyabr 2006, 07:53:45 »
Shamshir:

man har doim kimgadir kerak bolib yashagan inson har holda shu tuyguni his etsa baxtliman desa boladi derdim...ayam mani jonidan ortiq korishini bilardim, u ONAda.Yaqinda bitta ortogim manga agar kimdir sani masalan otaman desa yoq unimas mani otinglar derdim koksimni tutib berardim dedi.Man uni yaxshi koraman, lekin u mani shunchalik yaxshi koradi deb oylamagandim....buyam musulmonlarning sevgisidan namuna emasmi?
Hammelaga omad va baxt tilayman!

Shahina

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 19
  • Xabarlar: 1866
  • Jins: Ayol
  • Shaha
Re: Haqiqiy muhabbatning ta'rifi
« Javob #21 : 04 Sentyabr 2006, 07:53:57 »
AbdulAziz:

Abu Bakr Qurayshdan ko‘p aziyat chekdilar. Islomning ilk davrida musulmonlar Arqam ibn Arqamning uyida maxfiy ibodat qilishar edi. Shunda Abu Bakr: «Ibodatni oshkora qilaylik», dedilar. Keyin hammalari birga chiqishdi. Abu Bakr odamlarga xitob qila boshladilar. Nabiy alayhissalom o‘tirgan ko‘yi Allohga duo qilar edilar. Shunda mushriklar ularga tashlanib qolishdi. Abu Bakr Siddiq oyoq ostida qolib ketdilar. Utba ibn Robi’a u zotning yuzlariga bigizli kovushi bilan shu darajada urdiki, burunlari bilinmay ketdi. Taym qabilasidagilar oraga tushib, zo‘rg‘a Abu Bakrni ajratib olishdi. U zot chalajon edilar. Kechga borib u zot o‘zlariga keldilar. Hushlariga keldilaru birinchi lafzlari Rasulullohning ahvollarini so‘rash bo‘ldi. Onalari:
«Do‘sting haqida hech narsa bilmaymiz», dedi.
So‘ng atrofdagilardan surishtirishni aytdilar. «Rasululloh Arqamning uyidalar, sog‘-salomatlar», degan xabarga ham qanoat qilmay, «Allohga qasamki, Rasulullohning huzurlariga bormagunimcha, suv ham, ovqat ham totmayman», dedilar va ahvolari og‘irligiga qaramasdan, yo‘lga tushdilar. Borib, Rasulullohning salomatliklarini ko‘zlari bilan ko‘rganlaridan keyingina ko‘ngillari tinchlandi va u zotga qarata: «Ota-onam sizga fido bo‘lsin, ey Allohning rasuli, menta hech narsa bo‘lgani yo‘q. Faqat ozgina ozor yetkazishdi, xolos», dedilar.

Mana sizga muhabbatning oily ko’rinishi! Abu Bakr siddiq o’zlari chalajon bo’lgan holatda ham, ko’zlarini ochib aytgan birinchi so’zlari - “Rasululloh omonmilar?” O’zi og’ir jarohatdan chalajon bo’lib turibdi-yu, do’stini o’ylayapti. Mana bizga muhabbatning oily namunasi, mana bizga sevishni o’rgatadigan zotlarning ibratli hayoti!..
Hammelaga omad va baxt tilayman!

Hadija

  • La Ilaha illa-Allah
  • muslima
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 1322
  • -oldi: 1947
  • Xabarlar: 2301
  • Jins: Ayol
  • La Ilaha illa-Allah
Re: Haqiqiy muhabbatning ta'rifi
« Javob #22 : 07 Aprel 2009, 15:36:04 »
Alloh uchun sevmoq

Payg‘ambar janobimiz (s.a.v.) besh jumla bilan ifoda qilgan xususlar bor: «Haqqot muhabbatiy lil-mutazovirina fiyya», ya’ni, «Mening muhabbatim, sevgim, sevmog‘im, rozi bo‘lmog‘im vojib bo‘lgay, kerak bo‘lgay, tahaqquq etgay – muhaqqaq bo‘lgay... Kimlarga?.. Bir-birlarini Alloh uchun ziyorat etganlarga... «Va haqqot muhabbatiy lil-mutahabbina fiyya», ya’ni «Bir-birlarini Alloh uchun sevganlar, yaxshi ko‘rganlarga...» Keyin «Bir-birlariga Alloh uchun yordam berganlarga, bir-birlariga Alloh rizosi uchun haqni so‘ylaganlarga, «mutanasixiyna fiyya...» kabi tomonlari ham bor hadisi sharifning...

Anglashiladiki, musulmonning musulmonni sevmog‘i, yaxshi ko‘rmog‘i ibodatlarning eng savoblilaridandir; ammo biz odatlangan tarzdagi ibodatlar emas. Imomi G’azzoliy, roziyallohu anhu, ifodasi bilan aytganda «odat tarzidagi ibodatlarning» eng savoblilaridandir. Chunki bir musulmonning butun hayoti ibodatdir... Niyati xolis bo‘lsa, bir musulmonning butun hayoti ibodatdir, hatto uyqusi ham ibodatdir!.. Uyqusi sunnati saniyyaga uyg‘un bo‘lsa, uyqusi rizoi Boriy taologa muvofiq bo‘lsa, uyqusi yaxshi bir niyatga tayansa, uyqusi ham ibodatdir... Yemog‘i, ichmog‘i ham ibodatdir, ziyorati ham ibodatdir, birodarligi ham ibodatdir. O’sha mumtoz ibodatlar bilan birga bulardan ham ulkan savoblar olgay. Har on savob olgay... Niyati bilan bir musulmon har on savob olgay. Bu Islomning go‘zalliklaridan biridir...

Darvishlik, tasavvuf deb atagan narsamizning eng muhim tayanchlaridan biri, mo‘‘minlarning qardosh-birodar bo‘lmog‘i, og‘a-ini bo‘lmog‘i, do‘st bo‘lmog‘i, yor bo‘lmog‘idir; odat tarzidagi bir ishdan ham davomli savob olmog‘idir. Chunki bir-birlarini Alloh uchun sevganlar, mahshar kunida insonlar dahshatli qiyinchiliklar ichra qolganida, og‘irlik, qiyinchilik tuymagaylar; Arshi a’loning soyasida ardoqda bo‘lgaylar... Nurdan bo‘lgan minbarlarda o‘ltirgaylar, xaloyiq ularga havas etgay... Mahshar xalqi, mahshar joyidan ularni, xuddi biz dunyodan osmon yuzidagi yulduzlarni tomosha qilganimizdek, tomosha qilgaylar; «Bular payg‘ambar emas, shahid emas, ammo kim bular?» degaylar.
Payg‘ambar (s.a.v.) janobimiz marhamat etadilarki: «Ular bir-birlarini Alloh uchun yaxshi qo‘rganlardir!..» Shuning uchun Alloh bir-birimizga nisbatan muhabbat va hurmat, birodarlik va do‘stligimizni xolis aylasin... Ibodat sifatlig‘ aylasin!..


Mahmud As’ad Jo’shon, “Haqiqiy sevgi”
Hayo va sabr qilishdek iymon bo'lmas. Ali ibn Abu Tolib

Vasila

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 0
  • Xabarlar: 2
Re: Haqiqiy muhabbatning ta'rifi
« Javob #23 : 07 Aprel 2009, 17:19:50 »
Men "Haqiqiqy muhabbatning ta'rifi" nomli maqolani o'qib chiqdim . Chindan ham bugungi kunda  insonlar orasidagi  insoniy muhabat, musulmonlarning  bir-biriga bo'lgan mehru-oqibati nazarimda, ancha yo'qolganday. Hammamiz mehr va sadoqat haqida to'lib-toshib gapiramizu, ammo, yonimizda turgan kishilardan bir og'iz  shirin   so'zimizni qizg'anamiz. Meni fikrimicha, birgina  samimiy jilmayish ham muhabbatning bir ko'rinishidir.

Muxsiya

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 18
  • -oldi: 484
  • Xabarlar: 999
Javob: Haqiqiy muhabbatning ta'rifi
« Javob #24 : 24 Mart 2014, 13:26:04 »
Haqiqiy muhabbat insonni barcha fazilatu nuqsonlari bn birga seva olishda.

MirzoMuhammad

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 3
  • -oldi: 28
  • Xabarlar: 284
  • Jins: Erkak
  • رب زدني علماً
Javob: Haqiqiy muhabbatning ta'rifi
« Javob #25 : 30 Aprel 2015, 08:01:30 »
СЕВГИ ВА МУҲАББАТ
   Севги ва муҳаббат тушунчаси инсоният ҳаётидаги энг қадимги олийжаноб ҳиссиётлардан саналади. Зеро бизларнинг аввалги отамиз ва онамиз Одам ато ва момо Ҳаволар ҳам бир-бирларига муҳаббат қўйганлар. Муҳаббат тушунчаси ҳеч қачон эскирмайди ва уни янгилашга ҳам эҳтиёж йўқ.
Муҳаббат аввало бизларни йўқдан бор қилган Холиқ таолога бўлганда ҳақиқий маънога эга бўлади. Бироқ инсонлар ҳам ўзаро муҳаббатда бўлишга чорланади. Ўша инсоний муҳаббатлар ичида дўстлик муҳаббати ҳамда эркак ва аёлнинг ўзаро табиатларидан келиб чиқувчи севги муҳаббатидан иборат. Ана шу муҳаббат ҳам ҳозирги кунгача ўз қадрини йўқотмасдан давом этиб келмоқда.
   Икки ёш оила қурар экан оила муҳаббат устига барпо бўлса янада гўзал бўлур. Лекин ёшлигидан севишиб, ота-оналарининг қаршилигига ҳам қарамасдан турмуш қураётган оилалар агарчи муҳаббат устига қурилса-да, негадир ҳаётда доим ҳам бахтли бўлавермайди.
   Савол пайдо бўлади – нега энди оила муҳаббат устига барпо бўлса ҳам, неча йиллар бирга мактабда ўқиб, бир-бирларини билиб, синаб оила қурган бўлсалар ҳам уларнинг аксарияти узоққа бормаяпти? Нега энди шунча йилар бир-бирларини севган ёшлар орадан ҳеч қанча ўтмай кўнгиллари совимоқда? Нега энди ўзи яхши билган севгилиси ўйлаганидек чиқмаяпти?
   Бунга бирдан-бир тўғри жавоб шуки – уларнинг муҳаббати фақат Аллоҳ учун эмас, балки ташқи гўзаллик ва ўткинчи ҳавасга йўғрилганлигидур. Чунки Аллоҳ учун қўйилган муҳаббат охиратга ҳам бирга боргусидур.
   Айтибдиларки, бир йигит ва қиз бир-бирларига Аллоҳ учун муҳаббат қўйдилар. Йиллар давомида бир-бирларининг тақволарига ишонч ҳосил қилишди. Ниҳоят тўй яқинлашди. Йигит қизга совчи жўнатди.
   Тақдирнинг тақозосини кўрингки, ўша кунлари кутилмаганда қизнинг юзларига яра тошиб, юзлари ниҳоятда хунук ҳолатга келиб қолган эди. Табибларнинг хулосаларига кўра қиз энди аввалги гўзаллигига қайтиши умуман мумкин эмас эди. Қиз совчиларни рад этди. Қанчалик оғир бўлмасин, шунча йиллик севгисидан воз кечди. “Мен энди йигит кўрган гўзалликда эмасман. Унинг интилган тимсолидан мосуво бўлдим. Шунинг учун у бошқа чиройли қизга уйлансин, чунки йигит шунга муносиб” деди.
   Ноилож қолган совчилар ортларига қайтиб йигитга бўлган гапни айтишди. Йигит бу сўзларни эшитиб бетоқат бўлди ва:
-   Мен унинг чиройи учун эмас, тақвоси учун севганман. Мен унинг жамолини эмас, қалбини севганман. Мен ўша севгимда собит қоламан, – деб совчиларни яни қайта юборди.
Аммо совчилар қанча уринмасин қиз таклифни сира қабул қилмади. Ожиз қолганлигидан ортларига қайтишди. Уларнинг ноумид қайтганини кўрган йигит кечаси билан нолаю фиғон қилиб, тонгга яқин кўриш неъматидан маҳрум бўлди.
Орадан бир неча кун ўтгач қиздан хабар келди. У энди йигитга турмушга чиқишга розилигини билдирган эди.
Шундай қилиб улар бирга бахтли ҳаёт кечира бошлашди. Лекин орадан бир неча йил ўтгач қиз оламдан ўтди. Йигит унинг фироғида кўзларидан қонли ёшларини тўкди. Бироқ Аллоҳ таолонинг тақдири олдида ожиз эканмиз, тақдирга тан беришдан бошқа чора топа олмади.
Аёлни дафн қилишди. Унинг ҳақига Қурон тиловатларининг савоблари бағишланиб, дуолар қилинди. Одамлар энди тарқамоқчи бўлиб турганларида йигит уларни тўхтатди. Улардан узр сўради ва шундай деди:
-   Халойиқ! Мен сизлардан минг бор узр сўрайман. неча йиллардан бери кўзим кўрмай қолди деб сизларни алдаган эдим. Аслида менинг кўзларим ҳамон равшан. Фақатгина мен ёримни ҳижолатчиликдан чиқариш учун шундай қилган эдим.

Нуриддин ҳожи Холиқназаров
Андижон вилояти бош имом хатиби
Нима камиб қоларди бу дунёга келмасам.
Келдиму, не фойда бор дунё сирин билмасам.
Илмлар уммонида бир умр чўмилмасам
Нега келдим дунёга илм талаб қилмасам.

 

Haqiqiy boylik nima???

Muallif maknunaBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 38
Ko'rilgan: 14690
So'nggi javob 04 Iyul 2011, 21:23:38
muallifi Mutaallim-2010
Mahmud As'ad Jo'shon. Haqiqiy sevgi

Muallif DoniyorBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 67
Ko'rilgan: 40729
So'nggi javob 02 Dekabr 2007, 02:02:40
muallifi AbdulAziz
haqiqiy muhabbat mana shu!

Muallif biarrBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 15
Ko'rilgan: 14654
So'nggi javob 30 Aprel 2015, 11:42:14
muallifi Zulfina
Shayx Ismoil Maxdum. Toshkentdagi Usmon mushafining ta'rifi

Muallif Musannif AdhamBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 72
Ko'rilgan: 34084
So'nggi javob 27 Iyul 2008, 06:38:22
muallifi AbdulAziz
Haqiqiy sevgi - Alloh va Uning rasuliga muhabbat haqida...

Muallif nasafiyBo'lim Oila va jamiyat

Javoblar: 54
Ko'rilgan: 44517
So'nggi javob 13 Iyun 2013, 11:26:17
muallifi IRFON-2012