AbdulAziz:
MUHABBAT NIMA?
"Hilol" taqvimida Muhabbatga shunday ta'rif berishibdi. Avvaliga o`qib men ham juda ta'sirlandi. Sizlarga ham havola qilaman:
Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning ozod qilgan qullari qullari Savbon roziyallohu anhu Rasuli akramni qattiq yaxshi ko‘rar, firoqlariga sabr qilolmas edi. Bir kuni Savbon Rasulullohning huzuriga yuzlari qizargan va titragan holda kirib keldi. U zot Savbonning bu holatini ko‘rib, sababini so‘radilar. Shunda Savbon: "œBetob emasman, ammo ozgina vaqt sizni ko‘rmay qolsam, dahshatga tushyapman. Mana hozirgina oxiratni esladim. Shubha yo‘q, siz jaggatda payg‘ambarlar bilan birga bo‘lasiz. Men, garchi Alloh rahmat qilib jannatga kirsam ham, siz bilan bo‘lolmayman. Chunki sizning manzilingiz baland. Agar jannatga kirolmaydigan bo‘lsam, keyin sizni hech qachon ko‘ra olmayman. Oxiratda holim ne kechishini o‘ylab titrab ketyapman", dedi. Shunda ushbu oyat nozil bo‘ldi: "œKimda kim Alloh va payg‘ambarga itoat etsa, ana o‘shalar Alloh in’omlariga sazovor bo‘lgan zotlar — payg‘ambarlar, siddiqlar (haq-rost iymon egalari), shahidlar va solihlar bilan birga bo‘lurlar. Ana o‘shalar eng yaxshi hamrohlardir." (Niso surasi, 69).
Darhaqiqat Rasululloh sallollohu alayhi vasallam darajalariga hech kim yetolmaydi. Lekin rahmati keng, avfi ulug‘ zot suyukli rasuliga ilhom berdi. Allohning habib rasuli esa bu xushxabarni ummatlariga yetkazdi.
Anas ibn Molikdan rivoyat qilinadi: "œBir a’robiy payg‘ambar huzuriga kelib so‘radi: "œQiyomat qachon bo‘ladi?" "œU kun uchun nima hozirlading", dedilar Rasuli akram. "œAlloh va rasuliga muhabbat!" deya javob berdi. Shunda Rasululloh: "œ(Jannatda ham) yaxshi ko‘rganlaring bilan birga bo‘lasan!", dedilar". (Muttafaqun alayh.)
Demak ayni muhabbat tufayli biz Alloh taoloning diydoriga, payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom bilan abadiy birga bo‘lish saodatiga erishamiz. Shunday ekan, savol tug‘iladi: "œBu muhabbat qanday hosil bo‘ladi, qanday kuchayadi?.."
Keling, mazkur hadisga yana murojaat qilaylik. A’robiy Alloh Rasulidan qiyomatning vaqtini so‘radi. Rasululloh ajib bir hikmat bilan bizga ibrat bo‘ladigan tarzda so‘rovchining e’tiborini so‘ralayotgan narsadan muhimroq ishga qaratdilar.
Darvoqe, ko‘p ma’lumotlar to‘plab, ko‘p bilgandan ko‘ra, oz bilib, ko‘p amal qilgan foydaliroq. Shuning uchun ham Allohning rasuli ummatga behuda so‘zni unuttirdilar, xayr amalga rag‘bat uyg‘otdilar. Zero, haqiqiy muhabbat amalda zohir bo‘ladi, amalda sinaladi, amal bilan kuchayadi.