Afg`on napaleoni
Xamiri:
Kerakli mahsulotlar:
1. 200 gr sariyog`
2. 4 stakan un
3. 1 stakan qaymoq(ozgina qatiq ham aralash qilamiz)
4. 5 ta tuxum sarig`i
5. 1 choy qoshiq soda
Tayyorlanishi:
Sariyog` qig`ichdan chiqarilib, un b-n uqalanadi.1 stakan qaymoqqa 1 choy qoshiq soda, 5 ta tuxum sarig`I qo`shib xamir qoriladi.30 minutcha tindirishga qo`yamiz.
Nachinkasi:
Kerakli mahsulotlar:
1. 5ta tuxum oqi
2. 1 stakan shaker
3. 1 kosacha yong`oq
Tayyorlanishi:
5 ta tuxum oqi obdon ko`pirtiriladi,idishni teskari qilganda to`kilmaydigan darajaga yetguncha.
Keyin 1 stakan shaker qo`shiladi, keyin yong`oq qo`shamiz.
Tayyor bo`lgan xamirni 3 qismga bo`lamiz,har birini list kattaligida yoyamiz, har birini alohida listga solib, ustiga nachinkani solamiz va duxovkaga o`rtacha olovda pishirishga qo`yamiz.30-45 minutda pishadi.
Kremi:
Kerakli mahsulotlar:
1. 1 banka (to`q rangli shokoladniymi nomini aniq bilmayman)sgushenka
2. 1 banka och rangli sgushenka
3. 250 gr sariyog`
Tayyorlanishi:
Sariyog` xona xaroratida erigan bo`lishi k-k, unga sgushenkalarni qo`shib mixerda qorishtiramiz,
Pishib chiqqan nachinkali xamir ustiga tayyor bo`lgan kremni suramiz, agar hohlasangiz bezak u-n kokosoviy strujka va glazur tayyorlab bezatishingiz mumkin!
Yoqimli ishtaha!