"Asal" torti" - Yuristdan:)  ( 10028 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  19 Dekabr 2011, 15:05:52

"Asal Tort" pishirish retsepti


Tayyorlanishi: Avval asal qozonga solinib olovga qo’yiladi. Asal qaynaydi va qizg’ish rangga kiradi.1 choy qoshiq so’da limon kislotasida o’ldirilib asalga qo’shiladi. Asal ko’tarila boshlashi bilan bo’laklarga bo’lingan margarin solinadi. Margarin butunlay eriguncha qozoncha olovda turishi kerak.

Alohida idishga tuxum chaqilib, ustidan oz-ozdan shakar solinib, mikserda ko’pirtiriladi(2-3 min). 0,5 choy qoshiq limon kislotasida o’ldirilgan so’da ko’pirgan massaga qoshiladi.So’ng 2 massani 1 massaga (qozonchadagiga) qo’shib,un solib yumshoq hamir qoriladi. Hamir 3 ga bo’linadi va listga yoyib pishiriladi.
Qizdirilga isitkichda 180-200 gradusda 15-20 min.da pishadi. Uni orasiga krem surtilib, yopishtiriladi.Ustiga urvog’i sepiladi.

                                              Kerakli masalliqlar:
                                      4 osh qoshiq asal(suyug’i)
                                      3 ta tuxum
                                      200 gr. margarin
                                      1,5 choy qoshiq soda
                                      1 st. shakar
                                      2,5 st. un

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  19 Dekabr 2011, 16:23:26

Opa shuni rasmi yo'qmi?
Medovikni yoqtiramanda, parhezda bo'lsam ham indamay do'konga chiqib kelib bir bo'lak sotib olib yeb kelaman ; )
Men yoqtirgan medoviy tortni ko'chalarda, bozordagi tayyor butkali kafelarda ko'p sotishadi. Ko'rinishi, qavat-qavat hamiri jigarrang (menimcha kakao qo'shilgan), oralarida oq krem, tepasiga esa o'sha tortning uvoqlari chiroyli qilib sepilgan. Juda yumshoq mazali tort bo'ladi.

Qayd etilgan



azizbek_mx  21 Dekabr 2011, 21:34:50

Menimcha kakao qöshilmaydi. Avvallari oyim köp pishirardila, hozi ikkita kelinlari bölsayam vaqtlari yöq :D
bölmasa qancha retsept töpladim shu forumdan, tatib körardim :)

Qayd etilgan