O'rama ko'k somsa  ( 8113 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  19 Dekabr 2011, 16:45:51

                                                                    O'rama ko'k somsa


                                         



Hamiriga:
  • 1st iliq suv
  • 1st iliq sut
  • 1 choy qq uksus
  • 5-6 qoshiq o'simlik yog'i
  • 1 choy qq tuz
  • un.


qiymasiga:
  • shpinat
  • ta'bga ko'ra dumba yog'i
  • tuz,zira,kashnich maydalangani,murch
  • 2ta o'rta kattalikda piyoz

    Ichiga
    75-100 gr eritilgan margarin yoki saryog'.

    Ustiga:
    • 1ta tuhum sarig'i va ozgina sedona



    O'rtacha hamir qoriladi.Hamir yumshoq bo'lib ketmasligi kk. Yaxshilab hamir silliq bo'lguncha qadar mushtlanadi.10-15 daqiqa tindiriladi.Bu orada ichiga nachinkasini tayyorlab olinadi.Shpinat va dumba yog' mayda qilib to'g'raladi.Piyoz ham mayda ko'bik-ko'bik qb to'g'raladi.Tuz,zira,murch,kashnich maydalangani qo'shib aralashtiriladi. Tingan hamirni 2-3 bo'lakga bo'lib,juda ham yupqa qilib yoyiladi. Yoyilgan hamirga eritilgan saryog' surtiladi.Hamirni bir chitiga qiymani bir tekisda solib, 2 barmog' qalinligida rulet shaklida o'raladi. O'zingizga maqul kattalikda bo'laklarga bo'lib chiqing! Ustiga tuhum sarig'i surib,sedona sepiladi.
    200-220 gradusda avvaldan qizitilgan duxovkada qizarguchga qadar pishiriladi.

    Yoqimli ishtaha!

    Qayd etilgan