Muallif Mavzu: "Patir" non  ( 6092 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Ansora

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19276
  • Jins: Ayol
"Patir" non
« : 19 Dekabr 2011, 17:58:21 »
"PATIR NON"




Masalliq:

1 kg oq un, 1 stakan iliq sut, 40 gr xamirturush, 150 gr eritilgan qo'y yog'i yoki sariyog', 2 choy qoshig'ida tuz, yuziga sepish uchun   1 choy qoshigida sedana kerak.

Iliq sutda xamirturush va tuzni eritib, dog'lab sovutilgan qo'y yog'i yoki sariyog' qo'shib yaxshilab aralashtirasiz. So'ngra oz – ozdan un solib qattiq xamir qorasiz, uzoq muddat mushtlab pishitganingizdan so'ng o'rab issiqroq joyda oshguncha qoldirasiz. Ko'pincha xamirdan 500 grammli bo'laklar uzib olib, zuvalalar yasaladi. Har bir zuvalani taxta ustiga qo'yib bir yonidan chap qo'l bilan o'zingizga qaratib burab aylantirib, o'ng qo'lda qirg'og'ini pichoq bilan tilib kungura solasiz, tepasini ham kesishma chiziqli qilib tilib chiqasiz. Ana shunday tayorlangan zuvalalarning tepasidan musht bilan ezib, so'ng barmoqlarni chaqqon ishlatib lagan kattaligida non yasaysiz. Nonning chetlari 3 – 4 sm qalinlikda, o'rtasi esa 1 sm keladigan bo'lsin. O'rtasiga juda zich qilib chikich urasiz va yuziga sedana sepasiz. Hamma zuvalalardan patir yasab bo'lgach, yuziga dasturxon yopib 15 – 20 minut tindirib qo'yasiz. Shu muddat ichida tandirga o't qo'yib qizigach, cho'g'ni o'rtaga to'plab, ustiga kul tortasiz, tandir devorlariga va patirning teskari tomoniga xiyol namakob surtib, chaqqonlik bilan yopishtirasiz. Patir tandirda obi nonga qaraganda uzoqroq ushlanadi.
Yopilgan nonning sirti bir oz qotganda bug' hosil bo'lishi uchun suv sevalaysiz va cho'g'ning yuzini ochasiz, ba'zan tandirning qopqog'ini bir oz muddat berkitib dimlanadi. Pishganligi sirti qizarganidan aniqlanadi. Tandirdan uzib olgach, issig'ida yuziga bir bo'lak eritilmagan dumba yog'i surtsangiz chiroyli chiqadi.

 

KOREYA: FUTBOL BO'YICHA "TINCHLIK KUBOGI"

Muallif muxbirBo'lim Futbol

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 6071
So'nggi javob 31 Yanvar 2007, 12:20:27
muallifi Shoxjahon12
Toshkent haqida "Wikipedia Encyclopedia"da

Muallif AbdusalomBo'lim Toshkent shahri

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 12716
So'nggi javob 20 Iyun 2006, 01:51:11
muallifi Abdusalom
Toshkent haqida "Encarta Encyclopedia"da

Muallif AbdusalomBo'lim Toshkent shahri

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 6702
So'nggi javob 20 Iyun 2006, 01:52:39
muallifi Abdusalom
Toshkent haqida "Columbia Encyclopedia"da

Muallif AbdusalomBo'lim Toshkent shahri

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 6765
So'nggi javob 20 Iyun 2006, 01:53:48
muallifi Abdusalom
Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" romani haqida mulohazalar

Muallif shoirBo'lim O'zbek adabiyoti

Javoblar: 70
Ko'rilgan: 87360
So'nggi javob 06 Avgust 2014, 05:11:23
muallifi munlu