"Adıyaman" viloyatiga oid baqlajonli, tovuqli kabob.  ( 3336 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  21 Dekabr 2011, 14:45:01

Masalliqlar:

6 dona o'rta bo'y baqlajon

500 gr tovuq go'shtining yumshoq qismi

1 dona suvda pishirilgan kartoshka

1 dona tuxum

ustiga- 1 stakan qirilgan pishloq (sır)

3-4 qoshiq quritilib, maydalangan non (yoki 2-3 bo'lak biroz suvi qochgan nonni ic qismi)

tuz va xohlagan ziravorlaringiz (men biroz zira, murch, kiyik o'ti soldim)

Tayyorlanishi:

Baqlajonlar butun butun yuvilib, quritilgandan keyin gazda yoki duxovkada kabob qilinadi.

Bu haqda video:

http://www.uzmantv.com/ocakta-patlican-nasil-kozlenir

Baqlajonlarni sopini chiqarman, chunki kotletni ustiga o'rashda sizga yordam beradi va ko'rinish uchun ham muhim.

Baqlajonlarni olov ustida kabob qilgandan keyin tuzli suvda 1-2 daqiqa kuttirsangiz, po'sti oson so'yiladi.

Tovuq go'shtini go'sh maydalagichda maydalang. Suvda pishib, sovugan kartoshkani sanchqida ezibv, ustiga soling. Tuxum, non maydalari, ziravorlarni solib yaxshilab yo'g'iring. Baqlajonlarni ustini bu qorishim bilan o'rab chiqing. Baqlajon biroz sirg'aluvchan bo'lganligi uchun biroz sizni urintirishi mumkin:)

200 darajada oldindan isitilgan duxovkada 30-35 daqiqa pishiring. Duxovkadan olmasdan 5 daqiqa oldin ustiga qirg'ichdan o'tkazilgan pishloqni seping.

Yoqimli ishtaha:)


Qayd etilgan


Ansora  21 Dekabr 2011, 14:46:52



Kesilgan holi. Yonida guruch yoki kartoshka pyure ham yaxshi ketadi:)

Qayd etilgan