Bu taomni tayyorlanishi judayam oson. Baqlajon, qoboq (kabachok), kartoshka, bulg'orilardan tayyorlashingiz mumkin. Kishi soniga qarab har bir sabzavotdan 1 yoki bir nechtadan soling. Men 200 gr qadar go'sht soldim. 1 dona piyozni qovurdim. Tomat yoki pomidor solishingiz mumkin. Butun masalliqlarni navbatiga qarab qovurib bo'lgandan keyin qaynagan suv quyamiz. O'rta olovda 20-25 daqiqa pishiramiz. Xohishga qarab murch, garmdori solishingiz mumkin.