"Muslima" bo'limiga a'zo
bo'lish shartlari:
1. "Muslima" bo'limi faqatgina
ayollar uchun maxsus bo'lib,
unga o'zga jins vakillarining
kirishi, qiziqishi mumkin emas.
Yolg'on, turli yo'llar bilan
kirishga harakat bandalarning haqiga xiyonat bo'lib,
munofiqlikning belgisidir.
2. "Muslima" bo'limiga
balog'atga yetgan, aqlini
tanigan muslima ayollar qabul
qilinadi.
3. "Muslima" bo'limiga qabul
qilinish uchun bo'lim mas'uli Zulfinaga PM yo'llash lozim.
4. "Muslima" bo'limi mas'uli
ushbu bo'limga qabul qilish
oldidan savol berib, sinashi
mumkin.
5. "Muslima" bo'limiga a'zo
foydalanuvchilar o'z parollarini sir saqlashlari, loginlaridan
foydalangan tarzda ayollar
jamoasiga boshqa
jinsdagilarning aralashishlariga
yo'l qo'ymasliklari shart.
6. "Muslima" bo'limiga a'zo foydalanuvchilar ushbu bo'limda
ayollarga xos bo'lgan
muhokamalarni tashqariga olib
chiqmasliklari talab qilinadi.
Chunki bu yerdagi mulohazalar
omonatdir. Uni tashqariga olib chiqish, omonatga xiyonatdir.