Yaxshi do'st  ( 27413 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Rabella  15 Iyun 2011, 10:55:20

Ey do'st!..

Kamalak misol tabassum qil. Ishqning bir ismi qayg'u bo'lsa, bilginki, yana bir oti baxt. Yarmi mashaqqat bo'lsa, yarmi saodat...

Iztirob chekkaningda, sen uchun kimdir yig'lasa, U chin do'sting...

Do'stlaring bilan shunday yashaki, bir kun dushmanga aylanganlarida, senga qarshi ayta oladigan
so'zlari bo'lmasin. Dushmaning bilan shunday munosabatda bo'lki, bir kun senga do'st bo'lganida, yuzing
qizarmasin...

Tanasiga quloch yetmaydigan azim daraxtlar mitti urug'dan bunyod bo'ladi. Eng uzun safarlar birgina
odimdan, haqiqiy sevgilar esa kichikkina tabassumdan boshlanadi...

Sen qadrlagan inson qadringni bilmayotgan bo'lsa, qo'y, o'z qimmatida qolsin...

Zaruratsiz narsalar ortidan quvgan zaruratlarni qo'ldan chiqaradi.

Gulni shunday sevish kerakki, so'raganlarga «tikani yo'q» deya oladigan darajada...

Navda shamolni kechirdi, garchi u tufayli singan bo'lsa ham...

Insonlarni tushkunlikka tushirgan narsa bugunning sinovlari emas, kechagi ishlardan pushaymonlik
va ertaning keltiradiganlaridan qo'rquv tuymoqdir...

Kelganingda bo'shliqlarni to'ldirma, ammo ketganingda o'rningni to'ldira olmasinlar...

Do'stlar irmoq kabidir — ba'zisida qo'llaring faqatgina namlansa, ba'zisida ruhing poklanadi
boshdan-oyoq...

Hayotning eng go'zal lahzasi hamma narsadan voz kechishga tayyor turganingda seni hayotga bog'lab
turgan kimdir, nimadir borligini his qilgan oning...

Tushkunlikka tushish oson, qiyini — tushkunlikdan chiqish, ya'ni qattiq, shiddatli shamolu yomg'irlardan
keyin kamalak misol tabassum qila bilmoqdir...                                                       

Qayd etilgan


Abdumuhaymin  24 Dekabr 2011, 21:08:08

Imom Abu Dovud va imom Termiziy rivoyat qilgan hadisda Hasan ibn Ali roziyallohu anhumo shunday deydi: Menga Rasululloh sollallohu alayhi va sallam vitrda o'qiydigan ushbu duoni o'rgatdilar:
"Allohummahdiniy fiyman hadayt, va a'finiy fiyman a'fayt, va tavallaniy fiyman tavallayt, va ba'rik liy fiyma' a'toyt, va qiniy sharro ma' qozoyt, innaka taqziy va la' yuqzo alayk, innahu la yazillu man va'layt va la' yaizzu man aadayt, tabarokta Robbana' vata'alayt" (Ya'ni, Ey Alloh! Meni hidoyat etgan kishilaring qatori hidoyat etgin. Ofiyat (badanimdayu, aqidamda salomatlik, to'g'rilik) ato etganlaring qatorida ofiyat bergin. Yaqin tutganlaring qatorida meni ham O'zinga yaqin etgin. Ato qilgan narsalaringni men uchun barakotli etgin. Qazo-hukm qilgan narsalaring yomonligidan meni asragin. Albatta, Sen hukm qilasan. Senga (qarshi) hukm qilinmas. Sen do'st tutgan kishi xor bo'lmas va Sen dushman tutgan kishi aziz bo'lmas. Parvardigoro! Sen barakotli-buyuk va oliy Zotdirsan.)
 

Qayd etilgan