Assalomu alaykum!
Avvalo, barchangizga rahmat!
"Eng yaxshi yangi ishtirokchi"... Men ko'rsatgan nomzod qolib ketibdi-yu, ehh... Mayli, Muzaffar, bir kelganingizda o'sha kubokni sizga o'z qo'llarim bilan topshiraman.
Rabella kam ko'rindilar bu yerlarda, ko'proq "Sahro"da bo'ldilar shekilli
Eng ibratli mulohaza. Negadir avval o'qimagan ekanman shu postingizni, ammo mendan ham tuppa-tuzuk shoir chiqar ekan-a, deb o'ylab qo'ldim
O'chirg'ich bilan yozib, keyin qayerga yozganini topolmay lab chetiga qo'lini qo'yib, o'ylaniiib turgan...
Ha endi, yozib qo'yib bir soatdan keyin habar olsag-u... o'chirvorgan bo'lsangiz, topolmaymizda.
Hayolga bir fikr keldi, sizni boshqa forumlarga komandirovkaga jo'natsak, bir ularni ham o'chirg'ich bilan tahrirlab chiqsangiz qalay bo'larkin-a? Manimcha dami chiqqan pufakka o'xshab puch bo'p qolishsa kerak.
Azizbek_MX dan "rahmat" olish ham havotirli bo'lib qoldi, o'ylanib qoladi odam, "yoqqanidan rahmat aytayaptimikan, yoqmaganidanmi?" - deb. Shu bolani qiynamasdan uning nikiga alohida funksiya ochib qo'yilsa bo'larakan, har yangi postga o'z-o'zidan rahmat beradigan. Ana shunda professional rahmat aytuvchi sifatida keyingi yilgi tanlovga qo'shmaymiz.
Hazil. Azizbekka rahmat, har bir postni o'qib chiqib "imzo" qo'yayotgani uchun.
"Eng yaxshi so'z
ustasi". Usta, kerak bo'lib qolsangiz to'ylarga hizmatga chaqiramiz, asboblaringizni hozirlab qo'ying.
Qani endi "Yilning eng yaxshi tashkilotchisi" bir osh tashkillasalar-u, "Eng yaxshi oshpaz"ning qo'llaridan bitta osh yesak, "Eng yaxshi mavzu"lardan suhbatlashsak, "Eng yaxshi suratchi"miz shu jarayonni "chirq" etkazib rasmga olib qo'ysalar, esdalik uchun.
Eng yaxshi blog egalari... Bu bloglar oldida gap so'z yo'q, LOL!
G'oliblani esa hamma qatori biz ham muborakbod etamiz g'oliblani har biridan bittadan osh!
Bosh ustiga deymizda endi!
Hammangizga yana bir bor rahmat!