Duxovkada tovuq shashlikka marhamat...  ( 5251 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  18 Dekabr 2011, 14:15:02

Uy sharoitida tovuq shashlik qilish uchun kerakli masalliqlar:

1.   1 kg tovuq fileto (yumshoq qismi) bundan rasmda ko’rganingizday kattalikda 9-10 don shashlik chiqadi. (men 750 gr-dan pishirdim)
2.   2 qoshiq qatiq
3.   1 qoshiq tomat
4.   Tuz, murch, kiyik o’ti, zira, garmdori (siz ziravorlani xohlagan miqdorda solishingiz mumkin)
5.   2 qoshiq yog’ (agar zaytun yog’i bo’lsa yana ham yaxshi)
6.   Pomidor, uzun qalampir (rasmdagiday), agar bo’lmasa bulg’or
7.   Shashlik cho’plari

Tayyorlanishi:

Tovuq go’shtini mo’l suvda yaxshilab yuvib, suvini suzing. Rasmda ko’rganingizday kattalikda, mumkun bo’lsa to’rtburchak shaklda to’grang. Ziravorlar va qatiq, yog’, tomatni bir idishda aralashtirib, ustiga to’g’ralgan go’shtni soling, aralashtiring. Bu qorishimni 2 soat muzlatgichga qo’ying. Agar vaqtingiz kam bo’lsa 1 soat ham yetadi.
1-2 soat o’tgandan keyin go’shtni cho’plarga tering. Cho’plarni go’sht bo’laklarini o’rtasidan o’tkazing, bir tekisda pishishi va sirg’alib tushmasligi uchun. Shashliklarni duxovka listiga tering. Atrofiga xohishga qarab pomidor, bulg’orlarni terib chiqing. Men 1 soatga to’g’riladim duxovkani, 240 darajada. 30 daqiqa o’tgandan keyin shashliklarni narigi yuzini almashtirdim. Siz ham duxovkangizni pishirishiga qarab pishirishingiz mumkin. Yonida men bulgur palovi qo’ydim, siz ham buni tayyorlashingiz mumkin:

http://pazanda.uz/forum/index.php?topic=480.0

Yoqimli ishtaha.





Qayd etilgan


Ansora  09 Yanvar 2012, 15:33:55



Xuddi shu ta'rif bilan, faqat yumshoq joyidan emas, put (oyoq) qismidan pishirdim. Mazaliydi:)

Qayd etilgan