Assalomu alaykum, Kapalak xonim! Juda mazali salatga o'xshaydi, to'liq reseptini yozib yuboring
Valaykum assalom.
Kuskus makaronini men 800 gr yoki 1 kg pishirdim. Judayam barakali bo'ldi, bemalol 10 kishi to'yadi:) 5 kg suvni ichida qaynatib, 15 daqiqaga yaqin pishirib, suzasiz, ustidan bir sidra sovuq suv to'ksangiz kuskuslar yopishmaydi.
Sovugandan keyin ustiga 1 dona limonni siqib soldim.
0.5 qoshiq tuz.
mayda to'g'ralgan petrushka.
200 gr yasxhi no'xat, 2-3 dona sabzi, 1 dona kartoshkani suvda qaynatib pishirib, to'g'rab soldim (olivye salatiday) tuzlangan bodringniyam (2-3 dona) mayda to'g'rab soldim.
Agar mayonez yoqtirsangiz, 5-6 qoshiq mayonezga 5-6 qoshiq qatiqni aralashtirib solishingiz mumkin, lekin soddayam mazali bo'ladi.
Zaytun yog'i bo'lsa 0.5 stakan undan, yo'q bo'lsa salat yog'i soling.