Sovg'alar, hadyalar mavzusi...  ( 69831 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


muxlisa  05 Yanvar 2012, 13:09:23

Uni  olishni yoqtirmaydigan odam bo'lmasa kerak.  
U - bir dona gulmi, dastxat yozilgan kitobmi, bir quti shokoladmi, atir yoki shiringina yumshoq o'yinchoqmi hammasi birdek yoqimli.
Uning xillari ko'p, lekin har biri uni olgan odamga bir olam quvonch bag'ishlaydi.

Demak, sovg'a haqida gaplashamiz. Hayotimgizda esda qolgan eng yaxshi olgan sovg'angiz... yoki sizga nimani sovg'a qilshlarini istagan bo'lardingiz... asosan sizga nimani sov'ga qilishadi... yoki siz o'zingiz boshqalarga nimani sov'ga qilshni afzal ko'rasiz?
shular h-da yozamiz.

Kimdir sovg'aga bir uyning kaliti yoki shedsariya bankidan chiroyli raqamlar yozilgan bir chekchani olishni xoxlaydiganlar bo'lsa ham yozaveringlar... axir orzuga ayb yoq...


Mavzuning nomini o'zgartirdim..

Qayd etilgan


Lobar AZIZ  05 Yanvar 2012, 13:50:43

:asl3: Zeynabxonim:)  Ajoyib mavzu uchun rahmat!
Sovg`a ulashishni yaxshi ko`raman ayniqsa bolajonlarga. Bozorda, do`konlarda shiringina kiyimchalar, o`yinchoqlar oldida beetibor o`tib keta olmayman, albatta nimadir olib ketishim shart :)
Dugonalarimga taqinchoqlar, suvenirlar, oila a'zolarimga kiyimlar sovg`a qilishni yoqtiraman.
O`zimga ko`proq yumshoq o`yinchoqlar sovg`a qilishadi, chunki rosa yaxshi ko`rishimni bilishadida.
Har qanday sovg`a(qiz bolaga berilayotgan bo`lsa) yonida bir dasta dunyodagi eng go`zal gullar(u uchun!) va dunyodagi eng shirin so`zlar(U Uchun!) bitilgan maktubcha bilan yanada qadrli va chiroyli!
Qadrli insonimdan olgan har bir sovg`am mani eng qadrli narsalarim.
Sovg`a berish uchun biror sabab kutish shart emas, sovg`a - yaqinlaringizga(yaqiningizga) bo`lgan e'tiboringizning, mehr-muhabbatingizning kichik bir belgisi.
Sovg`alar hoh kichik hoh katta, hoh qimmat hoh arzon bo`lsin, uni qabul qilib olayotgan insoningizga bir dunyo quvonch va mehr, kun bo`yi yaxshi kayfiyat va tabassum baxsh etishini unutmang!

Qayd etilgan


Aqoid  05 Yanvar 2012, 16:26:50

Shu Hazratning barcha kitob, disklarini sovg'a qilishsa, ko'zlarimda yosh, qo'llarimni qaltirab duo qilardim.
Menga  talabaligimda Qur'on sovg'a qilishgan. Eng qadrlisiyam shu.  Hadyalashamiz mavzusida 2ta sovg'a oldim, bittayam berganim yo'q.
Endi u-bu kim menga sovg'a bermoqchi bo'lsa, netbook bo'lsa yomon bo'lmas edi.

Qayd etilgan


Aqoid  05 Yanvar 2012, 16:27:19

Shu, Hazratning barcha kitob, disklarini sovg'a qilishsa, ko'zlarimda yosh, qo'llarimni qaltirab duo qilardim.
Menga  talabaligimda Qur'on sovg'a qilishgan. Eng qadrlisiyam shu.  Hadyalashamiz mavzusida 2ta sovg'a oldim, bittayam berganim yo'q.
Endi u-bu kim menga sovg'a bermoqchi bo'lsa, netbook bo'lsa yomon bo'lmas edi.

Qayd etilgan


Donishmand  05 Yanvar 2012, 16:50:29

Bergan Hudoga yoqibdi,- deyishadi-yu! Shu, biz ham faqat MTS ishlatamiz-u, Beeline ikki safardan beri 3000 Mb dan sovg'a berayotgani uchun beelineni maqtab yotibmiz. :)
Agar MTS 4000Mb traffik sovg'a qilsa beeline modemmi umuman ishlatmayman! (Uzdunrobitadan vakillar bormi?...)

Qayd etilgan


Donishmand  05 Yanvar 2012, 17:28:09

Ha aytgancha, yana bir gap! Agar kimda-kim birorta Captiva-maptiva sovg'a qilvorsa men ham qo'llarim titrab, ko'zimda yosh bilan duo qilaman. Epica sovg'a qilsa ham duo qilaman-u, ammo qaltiramasdan, ko'zimda yoshlarsiz (fonogramma bo'lishi mumkin)...


Shoshilinglar, oltin olma - duo ol! - deyishadi-yu...

Qayd etilgan


Gulicha*  05 Yanvar 2012, 17:52:21

Odatda sovg'a berishi yaxshi ko'raman. Qanidi imkonim bundanam ko'pro bo'sa,hamma yaqin insonlarimga sovg'a berursam...
Lekin iloji boricha sovg'a ko'p beraman. Litseyda o'qiydigan "stipendiyasiz" talabada ko'p pulam bo'midi,lekin harkungi pulimi yig'ib sovg'a olaman,oganga yarasha yaxshiro sovg'a olishi xohliman,shuni doimo uchun pul yig'ib yuraman )))
sovg'a olishga kese... Manga eng yaxwi sovg'a bu kutgan insonlarimdan sovg'a olish qanaqa bo'sayam kottami kichikmi,asosiysi ulani e'tibori man uchun muxim ))

Qayd etilgan


muxlisa  05 Yanvar 2012, 18:00:53

Ha aytgancha, yana bir gap! Agar kimda-kim birorta Captiva-maptiva sovg'a qilvorsa men ham qo'llarim titrab, ko'zimda yosh bilan duo qilaman. Epica sovg'a qilsa ham duo qilaman-u, ammo qaltiramasdan, ko'zimda yosh bo'lmaydi.
Shoshilinglar, oltin olma, duo ol, - deyishadi-yu!
Nega endi? masalan menga tanla! nimani sovg'a qilay? epicami yo kaptivami deyishsa, man epicani tanlagan bo'lardim.

Buyog'i endi orzular olami bo'lishni boshladi... bir qo'shiq bor edi: orzularim bittasi, bittasimas o'ntasi, o'ntasimas hammasi, ber Allohim ber-ber! degan....

Internet sahifalarini varroqlab o'tirib, bir yozuvga ko'zim tushdi: "Har bir inson uchun sov'ga o'ziga yarasha ahamiyat kasb etadi, kimlar uchundir  u qimmatli mashinalar, pullar, kiyimlar... kimlargadir qiziqarli sayohatlar... ammo men uchun eng yaxshi sovg'a bu - suyukli onajonimning tabassumlari!!!"
ana shunaqa gaplar.

Sovg'alar haqida gaplashar ekanmiz, yana bir sovg'a haqida eslab o'tishni joiz ko'rdim.
Dunyodagi eng qimmatbaho sovg'a Shox Jahonning rafiqasi Muztoz Mahal Begimga qilgan sovg'asi hisoblanarkan. Toji Mahal saroyi.
Mana buni sovg'amisan sovg'a desa bo'ladi...

Qayd etilgan


Музаффар  05 Yanvar 2012, 19:17:46

...Agar kimda-kim birorta Captiva-maptiva sovg'a ....

Shoshilinglar, oltin olma - duo ol! - deyishadi-yu...

маптиваси нима у Мастава ми? ундай бслса маставани ман совғақиламан сизга :)
 
сзи совға олишни ёқтирмайдиган одамни сзи бслмас керак. Манга хам курсдошларим Қуръон совға қилишган. А­нг қадрлиси шу.
Лекин безлимит суперскорост инернетми, шайхни китобларими, манга совға қилсангиз бславеради :).

орзуга айб йсқ, совғани катта кичиги бслмайди. самимист снг мухими...

Qayd etilgan


Aqoid  05 Yanvar 2012, 19:22:12

Unda sizga Hazratning iymon  kitobi(eski nashri)ni sovg'a qilaman. Agar boshqa birovga sovg'a qilaman demagan bo'lsam albatta.

Qayd etilgan