Sovg'alar, hadyalar mavzusi...  ( 69830 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


muxlisa  16 Yanvar 2012, 22:57:57

Ha, ko'zni zeriktirgan do'kondagi buyumlarni sov'ga qilish bilan odamda taassurot qoldirish qiyin...
Unda esda qolarlik nima sov'ga qilsa bo'ladi?

Ayollarga qilinadigan narsani erkaklarga, erkaklarga sovg'a qilinadigan narsani ayollarga berib bo'lmaydi...
 O'ylab qarasam, ayollarni xursand qilish juda oson ekan. Deylik, gul sovg'a qilsangiz, Lobar Aziz aytganlaridek, bir nechta iliq so'zlar bitilgan maktubcha bilan. Taassurot ancha vaqtgacha yetadi... yoki chiroyli otkritkani olib ichiga 1-2ta qiziqarli gaplarizdan yozib, kulgili smaylilkarni chizib qo'yishiz mumkin. Yomon sovg'a emas:).
 Huddi shuni asosiy sovg'aga ham qo'shib berishiz mumkin.

O'zga jins vakillariga esa sovg'a topish ancha mushkul. Otangiz, akangiz, ukangiz, o'glingiz, jiyaningiz va hkz. yaqin insonlaringizga nima yoqadi, ularga nima hadya qilsa bo'ladi?
Bu haqda forum userlari yozsalar yaxhi bo'lardi. Bizlar shu maslahatlardan foydalanardik yaqinlarimizga sovg'a tanlashda...

O'zim quyidagilarni tavsiya qilgan bo'lardim:

Futbol o'ynash u-ch koptok. Hech kim yo'q demasa kerak bunaqa sovg'aga.
Binokl. Sayohatlada asqotadi.
Qalam yoki ruchka, brendovisidan iloji bo'lsa. Doim kerakli... Ishlatgan paytda ham e'tiborni jalb qiladi.
Qimmatroq kitob. Beriladigan odamning qiziqishlariga qarab, albatta...

Qayd etilgan


muslima_sodiq  17 Yanvar 2012, 04:04:56

 :asl3:

O'zingiz yaxshi ko'rgan narsabi birodaringizga ravo ko'rmaguningizcha hech biringiz chinakam mo'min bo'lolmaysiz (Buxoriy rivoyati)

Rasululloh s.a.v.ga hadya berishsa, u kishi ham qilingan hadyani javobsiz qoldirmas ekanlar.  men ham hadya olishni yoqtirmayman, ammo negadir ko'p hadyalar qilishadi.  o'zim ham qo'limga pul tushsa, kimgadir nimadir hadya bergim keladi...  insonning muhtoj bo'lib turgan paytida qilingan hadya ham qadrli ham kerakli va ham qimmatli  bo'lsa kerak

Menga  talabaligimda Qur'on sovg'a qilishgan.  Eng qadrlisiyam shu.
judayam kerakli sovga! menga esa ilk qur'onimmi oyim hadya qilgandilar o'sha juda kichkina edim... qachon buni xatm qilarkinman derdim, yaqinda yoshlari kotta inson qur'on hadya qildilar "o'zim o'qiy olmayman, mengayam savobi tegar" deb. eski qur'onimni esa bir yaqinimning do'stiga hadya qilgandim... ancha qadrli bo'lib qolgani uchun ba'zida sog'inib sog'inib qolardim...







Qayd etilgan


_IYMONA_  17 Yanvar 2012, 22:44:16

Man uchun eng yaxshi sovg'a - yaqinlarimning sog'ligi, shirin so'zlari  :7
 O'zim esa doim yaqinlarimga, o'ziga yoqadigan, zarur narsani sovg'a qilishni yaxshi ko'raman. Sovg'a ulashib, yaqinlarim bilan o'rtamizda mehr-muhabbat kuchayishiga harakat qilaman  :13

Qayd etilgan


Ansora  18 Yanvar 2012, 12:36:08

 :asl3:

Turmushga chiqqanimdan beri butun sovg'a salomlar uyni kamchliliklarini to'ldirish bilan bog'liq bo'libdi o'ylasam:)

Qaynotam bu senga hadiya, deb yo'laklar uchun gilam (dorojka) olib kelgandilar:)

Ho'jayinim esa ohirgi marta bu eng katta sovg'a, deb chang yutgich surpriz qildilar:)

ol senga:) mayli-da shunisigayam shukr:)

Qayd etilgan


muxlisa  18 Yanvar 2012, 18:57:46

Sovg`alar hoh kichik hoh katta, hoh qimmat hoh arzon bo`lsin, uni qabul qilib olayotgan insoningizga bir dunyo quvonch va mehr, kun bo`yi yaxshi kayfiyat va tabassum baxsh etishini unutmang!
Manga eng yaxwi sovg'a bu kutgan insonlarimdan sovg'a olish qanaqa bo'sayam kottami kichikmi,asosiysi ulani e'tibori man uchun muxim ))
орзуга айб йсқ, совғани катта кичиги бслмайди. самимист снг мухими...
demak, sovg'aning katta-kichigi bölmaydi... Yaxshi kayfiyat ulashaveradi, shundaymi? Juda soz, tashakkur


Sovg'a berish uchun muhim sanalarni kutib o'tirmag!:)

Qayd etilgan


muxlisa  18 Yanvar 2012, 19:03:41

 :vsl3:
:asl3:
Ho'jayinim esa ohirgi marta bu eng katta sovg'a, deb chang yutgich surpriz qildilar:)

ol senga:) mayli-da shunisigayam shukr:)

Umar og'aning topgan-tutganlariga Xudo baraka bersin! : )

Changyutgich... yomon sovg'amas. :)






Qayd etilgan


AL_laziz87  18 Yanvar 2012, 19:42:30

Qalam, ruchka (menda yo'qlari bo'lsa agar) va qilich-xanjarlar ko'proq quvontiradi meni... :)

Qayd etilgan


Shokir  19 Yanvar 2012, 03:39:39

 :asl3: Sovg'a olishni biroz hushlamayman lekin eng so'ngisi judda yoqdi Qur'oni Karim kitobi

Qayd etilgan


Yaratganga shukr  19 Yanvar 2012, 03:54:17

sovg'a olishni yoqtiraman lekin ko'proq sovg'a berishni xush kuraman.. mana yaqinda sevimli kishilarimdan bittasiga shayx muhammad sodiq muhammad yusufning baxtli oila degan kitoblarini hadiya qildim hali o'zim uqib kurganim yoq....

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  19 Yanvar 2012, 03:57:15


Topgan bir dasta gul, topmagan bir bog' piyoz. - deb hadya ko'tarib boraveramiz  ;D, hadya berilishi kerak bo'lgan joy bo'lsa albatta.  :D

Qayd etilgan