Sovg'alar, hadyalar mavzusi...  ( 69833 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Ansora  19 Yanvar 2012, 15:12:43

Turkiyada erkaklar kamdan kam gul sovg'a qilishadi, sababi tezda quriydi, nima qilasan:)

xatto bir Turk o'qituvchimiz aytgandi, bizni u yerlarda gulni puliga 2 kg olma ol, bola chaqa mazza qilib yesin, deyishadi, deb :D

Qayd etilgan


muxlisa  19 Yanvar 2012, 16:14:00

Turkiyada erkaklar kamdan kam gul sovg'a qilishadi, sababi tezda quriydi, nima qilasan:)

xatto bir Turk o'qituvchimiz aytgandi, bizni u yerlarda gulni puliga 2 kg olma ol, bola chaqa mazza qilib yesin, deyishadi, deb :D

Xavotir omen Kapalak opa, bizani tarapladayam gulli kamdan-kam sovg'a qilishadi, faqat majburiy paytlardagina: to'ydan oldin uchrashuvga chiqqanda i farzand tug'ilganda.. :7 shu bilan gul berish shu yerda to'xtaydi:)

Shunga ochdim-da mavzuni katta qilib, ko'proq sovg'a berib turila deb:)

Qayd etilgan


Donishmand  25 Yanvar 2012, 17:59:08

Bugun organayzer sovg'a qilishdi. 14 yanvar kuni topisholmagan ekan meni. Sovg'a juda yoqdi. Endi o'tiribman, yana topa olmaganlar kelib qolisharmikin deb...

Qayd etilgan


Ziyovuddin  26 Yanvar 2012, 10:13:51

Umuman olganda qanday sovg'a ekanligi ahamiyatsiz, lekin sovg'ani ko'rishim bilanoq "axir bu INFINITI-ku" deb yuborishni xohlardim  ;D  ;D

Qayd etilgan


Ansora  02 Fevral 2012, 15:45:48

Sovg’a ulashishni qizlardan boshlang.

Ayol zoti gohida xanjar o’tmas tilsim, gohida kapalak qanotidek nozikkina bir vujud. Goho suv betida charsillab yonayotgan olovdek... Havo birda ochilib, birda bulutlanib turganidek, ayol tabiati ham dilgir, goh muztar bo’lib turlanadi.

Tabiatan nozik ayol zoti, o’ylab qarasangiz, turmushda har xil mashaqqatni ko’taradi: birovining eri erta qazo qilgan, jo’jabirday sag’irlari bilan tul qolgan, birovining oilada baxti ochilmagan, boshqa turmush haqida dadil bir qarorga kelish uchun ko’ylagining etagi og’irlik qiladi, sag’irlar chappa yopishgan.Shuning uchun dinimiz ayollar sha’nini ulug’lagan, maqomini yuqori ko’targan, martabasini oshirgan.

Payg’ambarimizdan (s.a.v.) vorid bo’lgan mashhur hadislarni eslang: "Men dunyolaringizdagi uch narsani — soliha ayol, xushbo’y hidlar va namozni yaxshi ko’raman"; "Jannat onalar oyog’i ostidadir"; "O’z ahli ayoliga mehr-shafqatli bo’lganlaringiz eng yaxshilaringizdir"; "Eridan beva qolib, bolalarni tarbiya qilishda sabr etgan va turli mashaqqatlarga uchraganidan rangi sarg’ayib ketgan xotin bilan jannatda yonma-yon bo’lamiz" (Buxoriy); "Sovg’a ulashishni qizlaringizdan boshlang"...

Qur’oni karim suralaridan biri "Niso" (Ayollar) deb ataladi. Islomiyat johiliyat davrida xo’rlangan, kamsitilgan, haqoratlangan, izzat-nafsi yerga urilgan ayolning martaba-mavqeini yuksaltirdi, haq-huquqlari va erkinliklarini ta’minladi.

Islomiy adolatni qarang: eri o’lib, sag’ir bolalari bilan tul qolgan ayol xohlasa, er qilishi mumkin. Buning uchun ajr-mukofot oladi. Agar turmushga chiqadigan bo’lsa, bolalarni deb yangi erning haq-huquqini ado etolmaslikdan qo’rqsa, oila qurmay ham yuraverishi mumkin. Hech kim uni bunga majburlamaydi, ayblamaydi. Aksincha, qaysi bir ayol eridan keyin qolib, yosh bolalari tarbiyasiga o’zini bag’ishlasa, nafsidan kechib, bolalarini solih insonlar qilib ulg’aytirsa, ulkan savob va ajrlar olishi ta’kidlangan.

Islomiy oilada qiz farzand tug’ilsa, o’g’il tug’ilganidan ham ko’proq xursandchilik qilish buyurilgan. Kattalar ko’chadan sovg’a-salom olib kelishsa, bolalar yugurib chiqqanida hadya ulashishni qizlardan boshlash tavsiya etiladi. Qiz bolalarni to’g’ri tarbiya qilish mukofoti jannatdir. Rasululloh (s.a.v.): "Kimning uchta qizi bo’lib, ularga mehr-shafqat nazari bilan qarasa, jannatga kirishi muqarrardir", dedilar. Shunda bir kishi: "Ey Allohning Rasuli, qizi ikkita bo’lsa-chi", deb so’raganida, Rasuli akram: "Ikkita bo’lsa ham", deb javob qildilar (Buxoriy).

Xullas, dinimiz ayolni e’zozlash, iffati va sha’nini himoya qilishni, uning huquq va manfaatlarini kafolatladi. Turmush mashaqqatlarini, ro’zg’or kam-ko’stini butlashni erkaklar zimmasiga yukladi. Ayollardan esa Alloh taoloning amr-farmonlarini bajarish, erlariga itoat etishgina talab qilindi. Buning evaziga oliy mukofot — jannat va’da etildi. Payg’ambarimiz (s.a.v) aytganlar: "Bir ayol eriga itoat etsa, Allohning oldidagi burchini ado qilsa va vazifalarini bajarsa, unga shahidning savobi qadar savob yoziladi".

To’xtaxon DAVRONOVA,
Buloqboshi tumani   

Manba’a : http://www.muslimaat.uz

Qayd etilgan


muxlisa  03 Fevral 2012, 09:25:40

Chiroyli maqola topib joylabsiz, raxmat:)


Kim qanday sovg'a olishni xoxlaydi?

Bu savolga bir necha forumdoshlarimiz javob yozishdi. Bu borada janoblar ancha sodda...  birlariga Kaptiva, birlariga Infiniti bo'lsa bo'ldi. Hali Bentli istaydiganlar ham chiqishi mumkin. To'g'ri-da, xoxlagandan keyin yaxshilab xoxlash kerak. Kim bilsin, yaxshi niyat, yarim mol deyilgan. Ko'pincha ozrular  o'ylamagan paytda, o'ylamagan joyda ro'yobga chiqadi...

Opa-singillarimiz-chi? O'zbek ayoli sovg'aga nima xoxlaydi? Bu savolga ham ular har doimgidek tortinchoq:)
Ayollar har vaqt "bizga ko'p narsa kerakmas, sovg'ani katta-kichik demaymiz. Biz uchun muhimi e'tibor" deyishadi. Aslida ham shunday-kuya, lekin ularga masalan: olmos ko'zli uzukmi sovg'a qilsangizmi...:)


Bolajonlar nima xoxlashadi? Bolalarning istaklari har-xil. So'rasangiz xecham kutilmagan gapni eshitishingiz mumkin:) Lekin taxmin qilib aytadigan bo'lsam, bolalarga KATTA UY to'la o'yinchoq bo'lsa!:))

O'zim-chi? Man nima xoxlardim sovg'aga? Aytsam, sov'ga ro'yhatim juda uzun:))) km bo'lishi mumkin. Shulardan bittasi: Dunyoni aylanib-kezib-ko'rib chiqish uchun chipta.

Siz sovg'aga nima olishni xoxlardiz? Yozaverin, tortinmang!

Keyingi postlarimda nima sovg'a qilish mumkinligi haqida yozaman, nasib bo'lsa...



Qayd etilgan


MUSLIM_uz  03 Fevral 2012, 09:39:53

Manga hazratni ''Tafsiru Hilol'' ktoblarini 6 jildini sovg'a qlishsa juda xursand bulardim
manam kimgadur shu ktoblarni sovg'a qlishni hohlardim.

Qayd etilgan


azizbek_mx  03 Fevral 2012, 09:46:57

meni moshin poshin unchalik qiziqtirmaydi. Mayli, studiya ham og'irlik qilishi mumkin sovg'aga. Menga bitta professional fotoapparat yoki professional videokamera sovg'a qilishsa...
Yöq bu hammasi emas ekan. Agar shuni sovg'a qilib qolishsa yana yangi tashvishlar tug'ilaveradi: videoblaster, kompyuterni yangilash, kran, mayda chuydalar bilan aylanib yana studiya tashvishi...
Nimagadur ba'zi yangi kino yoki kliplarni körsam siqilib ketyapman. Vasvasaga tushib qolganman shekilli...

Qayd etilgan


muxlisa  04 Fevral 2012, 16:15:15

Kapalak opa, anavi gul uchun raxmat! : ) Anchadan beri sizga nimadur sovg'a qilmoqchi bo'lib yurudim,gul sabab bo'ldi. virtual bo'lsa ham...:)


Qayd etilgan


Ansora  07 Fevral 2012, 14:32:25

:) rahmat hadya uchun, yozda kelsak haqiqiysizni berarsiz ;D

Ha ko'rganingizday bazi hadyalar so'rab olinadi, men kuni kecha buni so'rab oldim, chunki eng yaxshi ko'rgan shirinligim, pista ezmasi:)


Qayd etilgan