Ko'ngil dardig'a darmon ayla, yo rab,
Iloji za'if hijron ayla, yo rab.
Quruq jismim balo dashtida qoldi,
Dilo abrini boron ayla, yo rab.
O'zidan o'zgani begona ayla,
O'zunga zoru hayron ayla, yo rab.
Berib tahqiq man bir qatra jong'a,
G'ariqi bahri erfon ayla, yo rab.
Inoyat xonidan toshlab navola,
Karim bazmida mehmon ayla, yo rab.
Ta'iliq xor zoridan yar etib,
Farog'at birla bo'ston ayla, yo rab.
Buzulgan Xotiramni ayla ma'imur,
Bahoriston ehson ayla, yo rab.
Gadoiy kuyung ayla hayratiyni,
Fano milkig'a sulton ayla, yo rab.