2-sinfda o'qigan paytlarim edi. Maktabga opketaman deb ishtaha bilan buterbrod tayyorlab qo'yganman. Katta tanaffusda sumkamdan hech topilaqolmayapti. Alam bilan ustozimga yig'lab "kimdir ovqatimni yeb qo'yibdi" dedim... Ustozim ham butun sinfni urushib bergandilar o'shanda Oyshani buterbrodini kim yedi deb.. Ancha muncha alamim tarqadi. Eng kulgilisi esa... Akam darsdan opketishga kelganlarida qo'llarida uyda tayyorlab qo'ygan buterbrodimni ko'rdim... O'sha daqiqa...