Radio DJlar o'zbek tilini buzishyapti...  ( 11551 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:59:03

Jonkuyar:

Assalomu alaykum!
Hozir qaysi FM radiosiga kirmang bulbuligo'yodek og'zi-og'ziga tegmay sayrayotgan radio DJlar tilimizni qo'pol ravishda buzishmoqda... Nahotki, o'shalarga "hay" deydigan odam topilmasa? Tag'in hamma o'shalarni eshitishadi.
"O'zbegim taronasi"da Rustambek, Saida'lo degan "janoblar" bor. O'zlari gapirishib, o'zlari hiringlashadi. Gaplarida na ma'no bor, na tilimizga bo'lgan hurmat...
Shunga nima deysizlar, azizlar? :-[

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:59:17

farzonochka:

Ha, bu ham muxim masala, ayniqa osha "DJ" lar klipada ozligini qanaqa ekanliklarini ham korsatishvotti.... Bu yaxshi emas.

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:59:27

Assalom:

Assalomu alaykum!
Judayam aktual mavzu!
hamma DJlarning kirdikorlaridan bezor bo'lgan.
Ular Radiopulti ustida o'zlarini shohlarday his qiladilar. Hohlagan gapni gapiradilar, hohlagan kishilarini masxara qiladilar, ayniqsa Sezamdagi shovvozlar. Bir kuni eshitib qoldim. Bir tanish jurnalist do'stim etib berdi:
Anu Rustambekni ko'chada rosa kaltaklashibdi. O'zi kaltaklashga loyiq edi. Pryamoy efirda bir bolaning singlisini rosa masxara qilib yuborgan ekan. Bola do'konida ushbu suhbatni eshitib Sezamga kelib studiyadan Rustamni olib chiqib rosa do'pposlabdi.
Lekin shundan keyinam esi kirmadiyov bu bolani.

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:59:42

farzonochka;

Ha, bunaqa voqealar ham bolib turishi mumkin.
Haqiqatdan xam, ular xolagan kishisini ustidan kuloliman deb oylashadi/
Lekin bilishmaydiki, ozligi xalqni yonida masxara bolib bolganliklarini....

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 07:59:58

maknuna:

Juda zo'r ish qilishibdi-de!
Battarroq urishligi keregiydi.
Ulani bema'ni suhbatlaridan hamma bezor bo'lgan.

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 08:00:28

«СЕЗАМ» ЁПИЛДИ! «УЗБЕГИМ ТАРОНАСИ» ЭШИКЛАРИ ОЧИЛДИ"¦

-Кимга дейсизми?! «Сезам»дан кетган бошловчиларга! Агар тинглаётган булсангиз тунги соатларда Квартет тайм дастури билан икки эзма радиобошловчилар Рустамбек ва Саидаъло «Сезам»нинг саркит услубини такрорлашяпти. Яна уша бачканаликлар"¦Кеча бир эфирида кандайдир балик ови билан боглаб «тилла баликчадан тилак сураш» суровномасини уткашди. Бу дастур шахсиймикан?! Икки бошловчили бир-бирини мактагани мактаган, бир-бирини куз-куз килишдан бошка иши йукмикан?! «Узбегим таронаси»нинг уз формати бор! Чегарадан чикиш яхши эмас! «Узбегим»чилар айнан мана шуни эътиборга олишса яхши буларди.

http://shov-shuv.uz/?p=news&i=6&s=40

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 08:00:50

FM даги «КЕЛДИ-КЕТДИ»лар

Радиолар- келди-кетди манзилларига айланиб колди. Бугун кулогинг бир радиобошловчи овозига FM 101 да урганиб улгурмай уни бир он йукотиб куйиб кейин FM 102,7 тинглаб коласан ё яна бошка"¦ Айланма даврада бир бошловчи у шохга, кейин бошкасига, яна бошкасига сакрайди. Аслида бундай ишлар «мода» га 3-4 йил олдин кирганди"¦Болаликда «Гулливернинг саёхатлари» асарини укиган булсангиз керак. Бугун эътиборингизга «Rjлар саёхатлари ва саргузаштлари» ёхуд FM даги «КЕЛДИ-КЕТДИ»лар руйхатини хавола этамиз:
1. Назира Иноятова. «Гранд»да фаолиятини бошлаб, «Сезам»да давом эттириб, «Орият Доно»ни яшнатиб, «Пойтахт»га тамал тошини куйишга хам улгурди"¦ Хуллас, FM диапозонини кезиш борасида рекорд урнатди десак муболага булмас! Христофор Колумб охири Американи кашф этгани каби, Назирахон хам ТВ-МАРКАЗда куним топди.
2. Лазиза Азиззода «Сезам»да сим-сим булиб очилиб, эндиликда «Орият Доно»да сочиляпти. FM диапозонини кезиш борасида энг киска йулни шу бошловчи босди.
3.Жахонгир Махсумов ва Нодир Ибрагимовлар «Сезам»да гуллаган пайтлари тингловчиларни шокка туширишганди. Улар энди «Навруз»да.
4. Музаффар Мирзабеков- «Сезам»да «Ха-йук» дея тингловчиларни бошини айлантириб , «Водий садоси»га утиб кетди. Сунгра бу манзилда унинг садосини бугиб куйишгач, «Навруз»га кочиб колди. Эндиликда эмин-эркин сузлаяпти.
5.Ферузабону «Ёшлар»да «Аср» ахборот янгиликларини укиб, сунгра «Сезам»да Жахонгир Махсумов билан биргаликда антика тунги сухбатлар олиб борган бошловчи, не сабадир «Водий садо»сига утиб олди"¦ Бошловчиликдан мухаррирликкача кутарилиб, хозир урнини Нурмухаммад Исроиловга бушатиб берганмиш"¦
6. Нурмахумад Исроилов «Узбекистон» каналида ишлади, сунгра «Сезам»да портлаб чикди, овози билан купчиликниузига «бемор» килиб куйди, сунгра бу мафтункор возни «Узбегим таронаси» да тинглай бошлагандик, анча ойлар олдин у водийларни яёв кезганда дея, «Водий»га учиб кетди!
7.Энг махмадона, энг ёмон курган бошловчиларимиз Рустамбек ва Саидаъло эса «Сезам»да жаги очилиб-ёпилиб охийри яна очилди. Каерда дейсизми? «Узбегимда»-да!

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 08:01:27

Noza:

Assalomu alaykum hammaga!
Hozir Sarahlik vaqtida "œNavro’z" radiosida juda qiziqarli dastur berilmoqda.
Hayrulla Hamidov olib borayotgan bu dasturda Sahobalarimiz hayotidagi voqealar, Hadisu sharif, Qur’on haqida juda yahshi ma’lumotlar berilmoqda.
Sahifa ohirida juda ma’noli va chiroyli she’rlar bilan tugatiladi.
Manga bu dastur juda yoqdi.

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 08:01:47

Maknuna:

Sizga ham salom!
Mangayam ushbu "Xolislik sari" dasturi juda yoqadi.
har xil bemaza ashulaladan ming marta shundey dasturla yaxshiro.
   

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 08:02:24

— ...Demak, navbatdagi muxlisimiz bilan bog‘lanamiz. Allo. Marhamat, o‘zingizni tanishtiring.
— Asalxon.
— O-o-o! Qanday chiroyli ism!.. O‘zingiz ham asalmisiz?
— Bilmasam.
— Buni sizga hech kim aytishmaganmi?
— Yo‘q.
— Hech ham xafa bo‘lmang. Balki endi aytishar. O‘yinimiz shartlari sizga ma’lum-a?
— Ha.
— Ma’lum bo‘lsa ham eslatib qo‘yaman. Demak, birinchi shartda siz biror jonivorga taqlid qilishingiz kerak. Xo‘sh, nimaga taqlid qilamiz?
— Echkiga.
— O, judayam yaxshi. Qani, boshladik.
— Be-e-e... Be-e-e...
— O‘xshamayapti. Jonliroq.
— Be-e-e-e-e-e...
— To‘xtang, Asalxon. Siz yaxshisi, sigirga taqlid qila qoling. Menimcha, osonroq bo‘ladi sizga.
— Mu-u. Mu-u-u.
— Jonliroq, dadilroq, Asalxon.
— Mu-u-u-u-u...
— Yaxshi. Bu qanday sigir?
— Bilmasam.
— Bu och qolgan sigir bo‘lsa kerak-a? Ovozidan shunaqaga o‘xshaydi. Yaxshi. Asalxon siz bu shartda g‘olib bo‘ldingiz. Keyingi shartimiz...
F-sh-sh... Tut-tut... Sh-sh-sh...
— ...Eng zo‘r to‘lqinda eng zo‘r qo‘shiq. Siz uchun estradamizning yosh va umidli yulduzlaridan biri ...o‘zining "œKuydirding" kompozitsiyasi bilan.
— Kunduzlarim kechadan farq qilmaydi,
Quvonchlarim tashvishlarga aylanadi.
Yuragimda yongan umid o‘chib qoladi.
Sen meni kuydirding, o, kuydir...

F-sh-sh... Tut-tut... Sh-sh-sh-sh...

— ... bu — eng yaxshi radio. Savolni takrorlayman. Qaysi jonivor sichqondan qo‘rqadi?
— Variantlar yo‘qmi?
— Yo‘q.
— Yordam bervoraqoling.
— Mayli. Faqat bir martagina yordam beraman. U jonivor juda bahaybat. Quloqlari shalpaygan. Xartumi bor. Xartumi juda ko‘p ish bajaradi.
— Begemotmasmi?
— Yo‘q.
— Krokadilmi?
— Yo‘q. Nachora, siz bilan xayrlashishga majburman. Navbatdagi mux...
— F-sh-sh... Tut-tut... Sh-sh-sh...
— ...Demak, savol quyidagicha: Samarqanddagi Ulug‘bek haykalining muallifi kim?
— O‘ylashga vaqt bering.
— Sizga bir daqiqa fursat beraman... Vaqt bo‘ldi. Marhamat, javobni eshitamiz.
— Said Ahmadmi?
— Yo‘g‘-e?! Afsus, siz bilan xayrlashaman. Keyingi muxlis. Allo.
— Assalomaleykum.
— Valaykum assalom. Ismingiz?
— Toshpo‘lat.
— Juda yaxshi. Toshpo‘lat, o‘qiysizmi, ishlaysizmi?
— O‘qiyman.
— Qaerda?
— Sir bo‘la qolsin.
— Mayli, Toshpo‘lat, sizga atalgan savol shunday: Sharq Rafaeli, deb nom olgan taniqli miniatyurachi, Sharq miniatyurasining otasi bo‘lgan ijodkor nomini ayting. Eshitganmisiz?
— Eshitganman.
— Demak, javobni eshitamiz.
— Ergash Karimov...
— F-sh-sh... Tut-tut-tut-t... Shsh-sh-sh...
— ...Shunday qilib sizning sevimli boshlovchingiz, "œ..." radiosining eng zo‘r boshlovchisi, ya’ni kaminai kamtarin sizlar bilan xayrlashaman. Albatta, bu sizlar uchun qanchalar og‘ir bo‘lmasin, baribir boshlovchilik o‘rnimni yana bir sevimli boshlovchingiz ...bonuga bo‘shatib beraman. U-x-x-xayr.

Nozim MAHMUD

Qayd etilgan