Radio DJlar o'zbek tilini buzishyapti...  ( 18844 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 08:03:03

Shoir:

Ba'zi bir DJlar efirda tinglovchi ustidan ochiq-oydin kulgan, haqoratlagan paytlari ham bo'lgan.
DJlar uchun ham alohida etika normalarini ishlab chiqish kerak.

Qayd etilgan


Margilanets  05 Sentyabr 2006, 08:03:39

Noza:

O'ZBEGIM TARONASI radiosining "SEVIMLI" boshlovchilaridan biri Dilmurod G'ulomovni efirini eshitsam mazam qochadi. Shunchun shu bola efir boshlasa boshqa radioga olaman.
Umuman Rj lik dan 1 gramm ham yoq bu bolada.
Umuman o'zbek tilida Rj sifatida juda yomon gapiradi.
Har 1 gapda kamida 3 tadan ESA deb qaytaraveradi.
Bu albatta Rjning so'z boyligi kamligidan dalolat bo'ladi.
Hazillari ham g'alatiroq.
O'zi gapiradiyu radioda kulgan ovozdagi fonogrammani qo'yib qo'yadi.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  05 Sentyabr 2006, 12:27:37

Jonkuyar:

Assalomu alaykum!
Hozir qaysi FM radiosiga kirmang bulbuligo'yodek og'zi-og'ziga tegmay sayrayotgan radio DJlar tilimizni qo'pol ravishda buzishmoqda... Nahotki, o'shalarga "hay" deydigan odam topilmasa? Tag'in hamma o'shalarni eshitishadi.
"O'zbegim taronasi"da Rustambek, Saida'lo degan "janoblar" bor. O'zlari gapirishib, o'zlari hiringlashadi. Gaplarida na ma'no bor, na tilimizga bo'lgan hurmat...
Shunga nima deysizlar, azizlar? :-[

Hozir  ancha joyiga tushib qoldi, shekilli... To'g'risini aytsam, xususiy radioalarni unchalik tinglamayman.

Qayd etilgan


ikbaljohn  03 Aprel 2007, 19:59:38

mis_shoira!Adashmasam sizam shu radioga aloqali soxada ishlaysiz-a?sb.uz da nima gapla? *_*

Qayd etilgan


BelleQizcha  29 Aprel 2010, 05:17:54

Sezam radiosi bolardii.. Bir kuni eshitib ottirsam.... tolqinga bitta qiz tushib qoldi..
-assalom alaykum rustambek man sizii rossa yaxshi koraman, shunaqa kulgilsizz, oilaviy kulamiza dib qoldi..
Rustambekam, vay rahmat asal qiz .. kordilami muhtaram tinglovchila, Asal qizga oxshab bizaniyam maqtab turila,, Arganizim talab qivottdi dib qogandi....
Ozichaa hursand..


Qayd etilgan


Muxsiya  21 May 2013, 16:56:56

hozirgi kunda tilimizni buzayotgan eng  katta sabab bu radio DJlari emas balki hozirgi kunda suratga olinayotgan filmlardir. Har xil jargonlar, shevalar, tushunarsiz va bema'ni so'zlar, xorijiy so'zlardan ishlatilishi va ushbu filmlarga yoshlarning taqlidi tufayli tilimiz buzilmoqda. Eng achinarlisi ushbu tilimizni buzayotgan Aktyorar Aktyorlikdan zarracha xabari yo'q bo'lgan "san'atkorlar"dir. Avvalgi kinolarni har safar ko'rganimizda ulardan yangicha ma'no uqib, manaviy ozuqa olar edik, hozirgilari esa nafaqat tilimizni yoshlarning ongini ham buzmoqda. Masalan, "Kelgindi kelin" filmidan so'ng ba'zi bir qizlar film qahramoniga taqlid qilishganini eshitim hayratdan yoqa ushladim

Qayd etilgan