Tovuq go'shtli kotlet  ( 4713 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  08 Yanvar 2012, 12:59:14

 :asl3:




Masalliqlar:

500 gr tovuq go'shti (fileto)

1 dona piyoz (qirg'ichdan o'tkazilgan)

0.5 qoshiq tuz, murch, garmdori, (achchiq yoqtirganlar uchun, men o'g'lim ham yegani uchun achchiq solmadim), zira, kiyik o'ti yoki jambil.

5-6 qoshhiq non maydasi (galete unu)

men biroz ukrop tograb soldim, xush ta'm beradi.

Qayd etilgan


Ansora  08 Yanvar 2012, 13:22:56

Tayyorlanishi:

Go'shtni avvalo go'sht qiymalagich, yoki oshxona robotida maydalab olamiz. Piyozni qirg'ichdan o'tkazamiz, non maydasi, to'g'ralgan ukrop va qolgan ziravorlarni solib yaxshilab qoramiz. Muzlatgichga kamida 30 daqiqa solib qo'ysangiz mazasi yana ham ortadi.

So'ngra tuxum kattaligida bo'laklar olib, avvalo dumaloq, keyin yassi shakl berib, qizigan yog'da qovuramiz. Yog'ni tovaga faqat bir tarafiga tegadigan shaklda oz soling, oz yog' yetadi, chunki yog' emmaydi bu kotletlar.

Osh bo'lsin.


Qayd etilgan