"Muqobil energiya sistemalari"  ( 59462 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Ansora  08 Yanvar 2012, 13:46:57


Qayd etilgan


Sofdil  09 Yanvar 2012, 22:06:33

Sal nastreniyenilani tushirishga majburman.
Uzbek energo monopoliyasini saqlap turish uchun Muqobil energiya manbaalarini UZB hududiga kiritishga Bojhona hizmati yordamida cheklov quygan bilishimcha.

Opkirilganlari kupi noqonuniy yulla bn kirgan moslamala. atak mumkinmas.

Qayd etilgan


Shuhrat_  09 Yanvar 2012, 22:50:56

mayli mayli
yana ozgina svet kamchiligi davom etsa, odamla qo'l bola dvejokla yasavoradi.ishoning bu aniq Uje yasadiyam kam rashod tovushsiz. .

Qayd etilgan


Donishmand  10 Yanvar 2012, 17:38:24

Yuqorida ko'rsatigan qurilma - quyoshli isitgichni bir yil oldin o'zimizda yasab ko'rmoqchi bo'lgan edik. Organik shisha va toza mis sterjenlar muammo bo'lgani uchun qolib ketgan edi bu ish. Hozirda Rossiyada bunday qurilmaning narhi, ikkita o'rtacha kattalikdagi xonani isitish uchun 80000 rubl atrofida bo'layapti. Lekin juda yaxshi isitish vositasi, 25 yilgacha kafolat beriladi ishlab chiqaruvchilar tomonidan odatda.
Iqtibos
Uzbek energo monopoliyasini saqlap turish uchun Muqobil energiya manbaalarini UZB hududiga kiritishga Bojhona hizmati yordamida cheklov quygan bilishimcha
Aynan muqobil energiya manbalari sifatida cheklov qo'yilganidan habarimiz yo'q. Balki boshqa mahsulotlar qatorida bo'lishi mumkin.
Mamlakatimizda keng tarqalmagani uning narhida bo'lsa kerak.

Qayd etilgan


Ansora  10 Yanvar 2012, 17:43:46

 :asl3:

Lekin zo'r narsa, men ilk Adana viloyatida ko'rgandim, u yerni iqlimi O'zbekistonga o'hshaydi, issiq:)

Butun uylarni tomida shundan bor edi, faqat shu sistema uyda 24 soat issiq suvni taminlar ekan.

Qayd etilgan


Donishmand  10 Yanvar 2012, 17:54:52

Quyosh batareykalari
Hozirda 320 Wt lik panellar 2000 evro atrofida. Lekin bu panelning o'zi. Yana 320 Wt bitta ho'jalikning ehtiyojini qondirolmaydi.
Mamlakatimizda 2015 yildan Hindistoning «Topsun Energy Ltd» kompaniyasi bilan hamkorlikda Quyosh batareykalari ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish ko'zda tutilgan. Ajabmaski, shundan so'ngra bizda bu mahsulotning narhi arzonlashsa.

Qayd etilgan


Donishmand  10 Yanvar 2012, 18:01:38

Shamol generatorlari.
Parraklar qulochining diametri 3,2 m bo’lgan sh.g. 1,5 kWt gacha elektroenergiya berishi mumkin. Bu bitta ho’jalikning iste’mol talabini qondiradi - shamolning tezligi 10 m/s bo’lganida! Bizda doimiy ravishda kuzatiladigan 5-6 m/s shamol tezligida 400Wt energiya ishlab bera oladi, ya’ni 4ta 100Wtli chiroqni yoqish uchun yetarli quvvat.
Kamchiliklari — shovqini va kattaligi, 8-10 metr balandlikka machta bilan o’rnatasiz.
Narhi Rossiyada barcha qo’shimcha qurilmalari bilan 60000 rubl  ekan.  
3 kWt ligining diameetri  4,6 m, narhi  — 170000 rubl.
Buni shu yerda o’zimiz tayyorlasak ham bo’ladi, lekin narhi o’sha Rossiyanikiga borib qoladi. Sababi, ehtiyot qismlar baribir Xitoy, Rossiyadan keltiriladi.

Talabalik paytimizda bir domla bilan shamol generatorlarining vertikal o'q bo'yicha aylanuvchi turi ustida ishlagandik. Bu yangilik edi. Lekin ishqalanuvchi sirtlarinig ko'pligi, shovqinining balandligi sababli men ko'p ham bu tipga qiziqmas edim. Domlam esa shu ishi bilan fan nomzodi bo'ldilar :)

Qayd etilgan


Donishmand  10 Yanvar 2012, 18:41:33

Biogaz
Qishloq ho'jaligida ko'p uchraydigan mol go'ngi hamda o'simliklar chirindisi bu usulda hom-ashyo bo'lib hizmat qiladi. Bunda aralashmaga 60-70% miqdorda suv qo'shilib berk holda 30-350C gacha isitiladi. Shundan so'ng aralashmada bijg'ish jarayoni boshlanadi. Bu jarayon ta'sirida harorat 700C gacha ko'tariladi. Endi bu joyda yonuvchan gazlar CH4- metan va NH4 - ammiak ajrab chiqa boshlaydi. Bu gazlardan be'malol honadoningizni isitgani hamda ovqat tayyorlash uchun foydalana olasiz.
Bunday qurilmani uy sharoitida qurmoqchi bo'lganlarga quyidagi sxemani tavsiya qilaman:


1-reaktor-aralashtirgich; 2 - yuklovchi tuynuk; 3 - germetik berkitiladigan qopqoq; 4 - gidrozatvorli ressiver; 5 - quyqani chiqarib tashlash kanali; 6 - gaz (iste'mol uchun)

Bu yerda bakni yer ostiga ko'miladi. Qopqoq zich qilib berkitiladi. Aralashmani solishda boshlang'ich harorat uchun suvni isitib qo'shilsa jarayon tezroq amalga oshadi.
Bunday qurilmada 20-15 kundan so'ng gaz ajrab chiqishi boshlanadi.
Agar 5 tonna go'ngdan foydalanmoqchi bo'lsangiz, 5 oy mobaynida kuniga 35-40 m3 gaz ajrata olasiz bunda. Ya'ni, 5 tonna go'ng bilan butun qish davomida sizda hech qanday gaz muammosi bo'lmaydi.
Gaz ajralish quvvatini oshirmoqchi bo'lib, biz quyidagicha sxemani ishlab chiqqan edik:



Marhamat, kim hohlasa qurilishni boshlayversin. Maslahat yoki yordam uchun har doim hozirmiz.

Qayd etilgan


Музаффар  10 Yanvar 2012, 20:01:48

Бу масала билан қизиқиб ксрдим: хеч қандай монополис йсқ скан. Агар фаолистингизни қонуний йслга қсйиб,  Ўзбекистон А еспубликаси давлат қонунлари ва техника хавфсизлиги талабларига зид бслмаган муқобил снергис манбалари билан фаолист юритсангиз хеч ким мушугингизни пишт демайди. Қолавера инноваяион лойихалар доимо давлат томонидан қсллаб қувватланади. Давлатнинг снергетик мустақиллиги ва барқарорлиги биринчи навбатда фуқаролар учун фойда. Шу нуқтаи назардан монополис хақидаги фикрларга срин йсқ деб сйлайман. Қолаверса, Қсқон ва Қувасой ва Қашқадарёда бу борада фаолист юритаётган фирма ва тадбиркорлар аллақачон қандини уришмоқда. Фақат хозирча нарх наво хсжаликбоп смас, балки ташкилот ва катта бюджетга сга хсжалик юритувчи субьектлар учун тсғри келади холос. Вақти келиб, мобил алоқа сингари, снергетик хизмат хам арзон ва рақобатбоп бслиб қолади. Институтда сяиётганимизда бу борада илмий иш юритаётган курсдошларимиз бор сди. Лекин уларнинг ишлари қоғозда қолиб кетган. Хуллас инсонистнинг бошқа йсли хам йсқ, ахир углеводород захиралари хам битмас тугнмас смас. Ишонаверинг, сқин йилларда хитой биродарларимиз (Япон, корейс ва А усларни йиғлатиб) қуёш генераторларини килограмига сотишни бошлашади. Бизни Холмирза телемастерларимиз сса узоқ овулларда хам снергонезависимий чодирлар лойихалашади...

Qayd etilgan


Rabella  11 Yanvar 2012, 00:44:18

Mana bu manzilda ham ajoyib ma`lumotlarni o`qigan edim..

Qayd etilgan