Armonli yillar hotirasi.  ( 31434 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


Munira xonim  07 Noyabr 2006, 08:25:19

Bizning oilamiz uncha katta emas. Ota-onam, opam, men va  bir ukam. Oilada ikki qiz voyaga yetdik.Opam mendan uch yosh katta. Ukam esa uch yosh kichik. Biz opam bilan bir-birimizga juda ham mehribon bo'lib o'sdik. Onamiz ishlagani uchun uyda doimo ikkimiz qolardik. Doimo bir-birmizga yordamlashar va mehr ko'rsatar edik. To'g'risi mahallamizda hamma bizga havas qilar edi. Yoshi katta ayollar hozirgach qizlariga va nabiralariga bizni o'rnak qilib ko'rsatishadi. Bunda opamning hisslari ko'p edi. Chunki ular juda ko'ngli bo'sh hech kimga qattiq gapirmaydigan, hamma narsaga sabr qiladigan edilar. Hatto men biror ayb ish qilib qo'ysam uni men qilganman deya bo'ynilariga olardilar. Yosh bo'lsam hambundan qiynalardim. Ota-onam opamni urushganlarida men birinchi yig'lardim. Bu Alloh taolo tomonida bizga berilgan inoyat deb bilaman.
Shunday qilib oradan yillar o'tdi. Opam balog'atga yetdi. Uni 18 yoshda turmushga berdik. Unda men 15 yoshda edim. Uni kelin bo'lib tushgan honadoi o'rtahca yashar edi. Yigit yetim bo'lgani uchun ota-onam uni ko'nglini yarim qilmaylik deb to'yga rozi bo'lishga. Kichik bir hovlida 10-12 kishi yashashardi. Opam juda sabrli va juda mehnatkash edi. Kelin bo'lib borgach hammani mehrini qozondi. Hatto o'zi borganidan keyin tug'ilganni ham "siz" deb gapirardi. Turmush o'rtog'i ham iymonli, yahshi kishi edi. Lekin ularning bir armoni farzandlari bo'lmayotgandi. Oradan yillar o'tdi. Ikkalsi ham juda ko'p marta davolanishdi. opam sog', faqat turmush o'rtog'ida bir oz shamollash borligi uchun u ham ko'p davolandi. Lekin ancha samarasi bo'lmadi.Turmush o'rtog'ini otasi erta o'lib ketgan, u yetimlikda o'sgan edi. Uni buvisi, onasini onasi boqqan edi. Shuning uhcun opamni ham u kelin qilib olgan edi. U opamga qaynona o'rnida edi. U kishi juda injiq, qarib qolgani uchun juda ham asabiy edi. Lekin opam bunga ham sabr qilar hech kimga ulardan shikoyat qilmas edi.Hullas, bir ayolning boshiga tushadigan hamma narsa opamning boshiga tushdi. Oilada juda ko'p qiynaldi. Erining ishi ko'p vaqt o'nglanmadi.to'g'risi eri sal dangasaroq edi.Shuning uchun ro'zg'orda ancha qiynaldi.Qo'lidan kelgan hamma ishni qildi. Non topolmagan, qozoniga solgani narsa topolmagan vaqtlari ham bo'lgan. Men unga qaraganda sal shaddodroq bo'lganim uhcun bu narsalar meni jahlimni chiqarardi.Opamni qiynalayotganini ko'rib chidab turolmasdim. U hech narsani uyimizga kelib aytmasdi,lekin men unikiga ko'p borgamnim uchun unga qilinayotgan muomalani va sharoitni ko'rib bilib turardim. Shuning uchun onamga bildirib- bildirmay uyga kelganida uning sumkasiga nima topsam solib qo'yar edim.Buni keyinchalikonam ham bilib qodi va oialada bo'lib turadi, erini ishi onglansa hammasi yahshi bo'lib ketar dedilar. unga ochiqchasiga yordam beradigan bo'ldik. Shunday qilib oradan yillar o'tdi. Bu orada biror marta ham, na eridan, ne uyidagilaridan shikoyat qildi. Bir kuni uyiga borsam, uydagi ovsinini bir o'g'li, menga ovqat tayorlab bering, dedi. Opam u aytgan ovqatni tayyorladi. Oradan sal vaqt o'tib ikkinchi o'g'li keldi-da, menga bu ovqat yoqmaydi, menga boshqa narsa tayyorlab bering, deb ovozini ko'tarib baqira ketdi.(Ovsini ishlagani uchun uning bolalariga qarash, ularning injiqliklariga chidash ham opamning zimmasida edi.) Opam shunda ham bu kichik bolaga "Szi,siz" deya aytgan narsasini bir amallab pishirib berdi. Rosa jahlim chiqdi. Qiynalib topsa, uydan ko'traib klesa, yana ularga har hil pishirib bersa-yu, yana baqirishini eshitsa. Vijdonim qaynab ketdi. Agar o'shanda opam ushlab qolmaganida bilmadim nima bo'lardi....

Qayd etilgan


Munira xonim  07 Noyabr 2006, 08:57:32

Turmushini beshinchi yili shuncha ko'rguliklari yetmagnidek, qaynonasi, ya'ni erini buvisi kasal bo'lib yotib qoldi. Oyoqlari ishlamay yurolmay qoldi. Buning ustiga sal aqlidan adashganmi, emaklab bo'lsa ham ko'chaga chiqib ketadigan bo'lib qoldi. Unga qarash uni toza tutish, ko'chaga chiqarmaslik, ovqatini berish opamni zimmasiga yuklandi. Opam zora shu bilan Allohni roziligni topsam, kasal boqqan savobliku deya sabr bilan chidadi. Buvisi bo'lsa uni haqorat qilar, qo'liga uchragan narsani otib qolardi. Opam bechora uni uyga oilb kirish,uydan olib chiqish uchun ko'tarib yurardi.Lekin opam kasal odamdan ham hafa bo'ladimi, deya bunga jahli ham chiqmasdi. Men ham buni tushunardim, faqat hafa bo'lgan joyim uni boshqa kelinlari, o'zini kelinlar va qizlari ham bor edi. Men ular ham qarashi kerakku, deya jahlim chiqardi holos. Huddi shu yili Alloh taolo opamni shuncha sabri tufayli  mukofatladi. U homilador bo'ldi. Hammamizni quvonchimiz cheksiz edi. Hamma qiynalganlarini unutdik. Homilasi uch oylik bo'lib bo'lmay buvisi vafot topdi. Hammadan ko'p kuygan opam bo'ldi. Shunchalik yig'ladiki, huddi o'zini onasi vafot etgandek edi. Shunady qilib oradan oylar o'ta boshladi. Lekin kuyivda o'zgarish bo'lmasdi. Ayolim besh yilda homilador bo'ldi, endi farzandlik bo'lamiz, deb sal mas'ulaytni his qilish qayoqda deysiz. Bu orada menga ham sovchilar kelishar edi. Meni turmush o'rtog'imga unashtirib qo'yishdi.Opam homiladorlikgida ham juda ko'p qiynaldi. Men bo'lsam uyga ko'p kelishini, shu yerda turishini istar edim. Uni qiynalishini hohlamasdim. Hohlagan narsasini yeyishini hohlar edim. Ahir u homilador edi.Homilasi yetti oylik bo'lganida eri menga unashtirilgan yigit(hozirgi turmush o'rtog'im) bilan birga ish qilish uchun u kishidan 2,500$ miqdorida pul olib Qarshi shahriga ketdi. Keyin ancha vaqt yo'qolib ketdi.

Qayd etilgan


Munira xonim  08 Noyabr 2006, 08:34:10

Opamning eri ketganidan bir-ikki hafta o'tganidan keyin ularning uyiga bordim. Opam uyda yolg'iz ekan,u bilan biroz gaplashib o'tirgandan keyin uni kayfiyati yo'qligini sezib qoldim. "Nima bo'ldi?" deya so'radim. Opam menga:"hech narsa bo'lmadi biroz charchabman shekilli",dedi. Lekin men uni aytishga mejbur qildim."Menga aytmasangiz kimga aytasiz,nima bo'ldi o'zi?"deya yana so'radim. U menga qarab:"Uyimizda hech narsa qolmadi, ovsinimni topgani o'z uyidan chiqmaydi.Men bilan hech kimni ishi yo'q, oldingi ishimni qilib pul topay desam, qiynalyapman o'tirib ish qilishga", dedi. Men esa:"Eringiz hech narsa qoldirmadimi, ahir homiladorsiz, bu nima yeb, nima ichadi ham demadimi?" deya so'radim. Shunda opam ko'ziga yosh keldi.Uni ko'rib men ham yig'lab yubordim.Lekin opam juda bardoshli ayol, uning ko'z yoshlari yuzlarini yuvmadi, balki ichiga oqdi.
"Seni unashtirilgan yigit ho'jayinimga,hotiningiz homilador ekan, siz uzoqqa ketsangiz u yoqda qachon ish bitib qachon kelishingiz noma'lum, shuning uchun mana bu pulni olib kelguningizgacha uning hamma narsasini qilib berib keting, qo'liga ham  pul bering", deb 10.000 so'm beribdi. (U paytlarda bu pulni qdri yahshi edi)Men opamga hayron bo'lib qaradim:"Qani o'sha pul, nima qildingiz", dedim. Opam bo'lsa:"Men hech narsa qilmadim", deya o'rnidan turib karobkaga solingan yangi tuflini oldi. "O'sha pulga mana bu tuflini olib qo'yib, kelsan kiyaman deb ketdilar",dedi. Men o'zimni qo'yishga joy topa olmadim."Eringiz qanaqa odam, nima uchun bunchalik befarq, siz indamadingizmi", dedim. "Men nima ham derdim",dedi bechora opaginam. Meni battar jahlim chiqdi"Olib chiqib tuflini sotib yuboring, pulini ishlatasiz", dedim. Balki men o'shanda bu gaplarni yoshlik qilib, shoshqoloqlik qilib aytgandirman,lekin nima bo'lganda ham opamga achinganimdan aytganman. "Opam bo'lsa shunda ahm erini hafa qilib qo'yishni o'ylab:"Qo'y unaqa dema, meni och qolmayman. Tuflini sotib yuborsam, kelib hafa bo'ladilar", dedi.Men hech narsa deyolmadim. Jahlim chiqqanidan ham opamni hafa qilib qo'ymay, dedimda tilimni tishladim. O'sha kuni opam bilan yotib qoldim. Ertasiga uyga keldimda, opamni ahvolini ota-onamga tushuntirdim. Otam bilan borib opamni uyga olib keldik. Endi ko'nglim ancha hotirjam bo'lib qolgandi. Chunki opam ko'zimizni oldida, biz bilan birga edi....

Qayd etilgan


Munira xonim  09 Noyabr 2006, 11:08:16

Opam bizni uyimizda, turmush o'rtog'idan esa darakyo'q. Meni to'y kunim esa yaqinlashib kelayorgan edi. Keyinchalik surishtirib bilsak qarzga olib ketgan pulni firibgarlarga aldanib berib qo'ygan va shuning uchun kela olamayotgan ekan. Buni eshitib opam bechora yana qiynaldi. Mart oyini ohirida ko'zi yorishi kutilayotgani uchun meni to'yimni mart oyini boshida o'tkazishga kelishilgan edi. Lekin hamma narsani Alloh bilguvchiroq. Meni to'yimga uch kun qolganida opamni ahvoli yomonlashib kasalhonaga yotqizdik. Onam bechoraga roza qiyin bo'ldi. Bir yoqda to'y, bir yoqda opamni ahvolidan havotirda. Doktorlar hammasi yahshi, tug'ruq sal oldinroq boshlanibdi deyishsada, biz hotirjam o'tira olmasdik. Shunday qilib meni to'yimda meni dunyodagi eng sevimli insonim opam qatnasholmadi. Uni holidan habar olish uchun to'y kuni ertalab kasalhonaga bordim. Uni yuzidan charchagani shunday bilinib turardi. Uning o'sha paytdagi ko'zlarini haligacha unutolmayman. U bilan yolg'iz o'tirib biroz gaplashdik.U menga qanaqadir boshqacha tuyuldi.
- Opa sizga nima bo'ldi?
- Hech narsa, faqat yuragim nimadandir bezovta...
- .....
- Meni eng katta niyatim bolamni bag;rimga bosish,uni oppoq kiyintirib ko'chada yetaklab yurish. Uni menga o'hshashini istamayman. Uni senga o'hshashini istayman.Senga o'hshab o'zini sal himoya qila oladigan bo'lishini hohlayman. Shunda hayotda menchalik qynalmasmidi.
- Yo'q, u sizga o'hshasa yahshi men sizchalik yahshi emasman. Sizni hamma yahhsi ko'radi.Meni ham eng yahshi ko'rgan kishim sizsiz.

Qayd etilgan


Munira xonim  09 Noyabr 2006, 11:33:55

- Nargiz, sen bahtli bo'lishing kerak.Men ko'rmagan bahtni sen ko'rishing kerak. Alloh senga meni bahtimni ham qo'shib bersin. Meni esa bu dunyoda ko'rmagan narsalarimni u dunyoda berishini hohlayman.
Yuragim muzlab ketdi.
- Opa unday gaplarni gapirmang.Hali Inshaalloh hammasi yahshi bo'ladi. Eringizni ishlari ham yahshi bo'ladi.Farzandigizni bag'ringizga bosib tushib ketasiz bu yerdan. Hali bunchalik yahsiligingiz uchun Alloh taolo sizga ikki dunyo bahtini ato qiladi, Inshaalloh.
Opam jilmayib qo'ydi,lekin bu jilmayishida esa faqat mung bor edi. Uni ko'zlarini o'sh kuni ohirgi marta ko'rayotganimni, so'zlarini ohirgi marta eshitayotganimni bilsam edi.Endi uni boshqa hech qachon ko'rolmasligimni bilganimda edi. Uning bu so'zlaridan biror narsani anglaganimda edi. Anglaganimda nima bo'alrdi? Allohning hukmini menqaytara olarmidim. Biz g'ofil bandamiz, bunday narsalarni bilishga aqlimiz yetmaydi.
O'sha kuni uyga opamni oldidan juda hafa holda keldim. To'y ham +tatimadi. Hayolimda faqat opam va uning aytgan so'zlari edi. Allohdan yahshilikni berishni duo qilardim. Lekin bu duolarim ijobat bo'lmadi.  Meni turmush o'rtog'imni otalari yoshliklarida vafot etgan, onalari esa boshqa turmushga chiqqan edilar. Shuning uchun meni alohida hovliga kelin qilib tushirishdi. Uyda ikkimiz yolg'iz qoldik. To'yimizni ikkinchi kuyoq hammalari ketishdi. Kelinligimni uchunchi kuni kechqurun ho'jayinim ishdan keldida ovqatlanib bo'lgach, opangizni ko'zi yoribdi, qiz ko'ribdi, jiyan muborak bo'lsin, dedi. Hursand bo'lib ketdim. Yig'ladim, Allohga shukr qildim.
Ho'jayinimdan:"Siz qachon bildingiz?"dedim.
- To'y kuni kechqurun opangizni eri kelibdi, og'aynilari hotining kasalhonada deb chaqirishibdi. Mendan so'rab kelishdi, men pul nima bo'lgan bo'lsa ham mayli, kelsin hotinini oldida turishi kerakku, degandim. Shuni aytishibdi, keyin kelibdi, ko'zi yoriganini kunduzi eshitdim.
Men o'zimda yo'q hursand edim. Shu orada hufton namozini vaqti kirdi. Vitr namozini o'qiyotganimda, ohirgi qa'dada alovatni o'qib turib, birdan yuragim tez-tez ura boshladi. Ko'zimga hamma joy qorong'u bo'lib ko'rindi. Yuragimni vahima bosdi. Shunda hayolimga o'lim keldi. Birdan hayolimga opamni tuqqan bolasi quynalgan bo'lsachi, o'lib qolgan bo'lsachi, degan fikr keldi. O'z hayolimdan o'zim qo'rqib ketdim. "Astag'firullloh" dedimda, Allohga duo qildim.

Qayd etilgan


Munira xonim  09 Noyabr 2006, 11:54:18

Shunday qilib o'sha tun ham hursandchilikdan ham havotirdan uyqusiz o'tdi. Tong otdi. Nonushtadan keyin ho'jayinim:"Siz tayyorgarlik ko'rib turing, men mashinaga bezin quyib kelama. Keyin kasalhonaga borib, opangizni ko'rib kelamiz",-dedilar. Men ho'p dedimda uyda qoldim. Ho'jayinim chiqqib ketganiga uncha ko'p bo'lmasidan eshik taqqiladi. Hayron bo'ldim, bunchalik tez qaytmasdilarku, deya o'yladim. Borib eshikni ochdim. Qarshimda tug'ilib katta bo'lgan mahallamizdagi qo'shnimiz turardi. Uni ko'rib hayron qoldim. Nima uchun keldi,degan fikr o'tdi. Borib salomlashdim. Hayron bo'lib turganimni ko'rib:
- kecha opangni ko'zi yoridi ,dedi.
- Ha, bildim, kechqurun ho'jayinim aytdilar.
- Ha, tug'ishda qiynalmadi,lekin keyin ahvoli og'irlashib qolibdi. Doktorlar saqlab qolisholmadi, umri shu ekan,- desa bo'ladimi. Meni esa boshimga tog'qulagandek bo'ldi. Shunda ham kechasi huftonda hayolimga kelgan fikrni o'yladimda:
- Bolasimi?O'zi yahshimi?
- Yo'q bolasi yahshi...o'zi... opang...
Ko'zim hech narsani ko'rmadi. Hech narsani idrok qila olmadim. Qanday qilib uydan chiqqanman, qanday qilib uyga yetib kelganman bilmayman. Ho'jayinimni kutish hayolimga ham kelmagan, uyni berkitish ham hayolimga kelmagan ekan.
Uyga bordim. Opamni o'zimizni uyimizga olib kelishganini aytishdi. Mahallamiz ko'chlarida yurib borar ekanman ko'zim hech narsani ko'rmasdi.Oldimdan kimlar chiqdi bilmayman. Hovlimizga kirar ekanman,birinchi ko'zim tushgan kishim onam bo'ldi. Onamni ko'rdimu bag'riga otildim. Uni bag'riga boshimni qo'yar ekanman o'zimni yo'qotdim. Onamni ovozini sal eslayman. Ko'zimni ochsam boshimda onam va ho'jayinim turardi. Onam yig'lar, ho'jayinim bo'lsa og'zimga suv tutardi. Ko'zimni ochganim ko'rib onam:
- Bolam, meni qo'rqitma, bittangniki yetadi,-deya yig'ladi.
Ho'jayinim onamga qaradi. Onam honadan chiqib ketdi. Ho'jayinim bo'lsa meni ko'zimga tik qarab:
- Bu Allohni ishi, Alloh shuni hohlagan. Umri shu qadar ekan. Biz hech narsa qilolmaymiz.Qo'limizda duodan boshqa hech narsa kelmaydi. Siz onangizga mador bo'lishingiz lozim. Siz bunday qilsangiz onangiz battar qiynaladi.O'zingiz qo'ga oling, o'zingiz tushungan ayolsizku, Allohga shukr qiling,-dedilar.
Shu gaplarni aytib chiqib ketdilar. Men honada yolgi'z qoldim Ko'z oldiimda opam, tilimda "Alhamdulillah", ko'zlarimda esa yosh. Yoshlarim yuzimni yuvdi. Agar ovoz chiqarib gunoh bo'lmaganida edi, butun olamni buzib dod solgim kelardi.Lekin buni iloji yo'q....

Qayd etilgan


Munira xonim  09 Noyabr 2006, 12:19:45

Opamni ko'rdim.U o'lganga ham o'hshamsdi. Jilmayib uhlab yotganga o'hshardi. Uni oldidan hech chiqib keta olmadim. Vaqt o'tib ketayapti, uni joyiga qo'yib kelish kerak, deyishdi. Chiqib ketdm. Ro'paramda esa eri turardi. Uni yuziga tupurgim keldi. Opamni shunchalik qiynagani, havotirga qo'ygani uchun undan shunday nafratlanardimki, buni cheki yo'q edi. Alloh meni kechirsin.
Shunday qilib meni jndan aziz opajonimni, bu hayotda hech narsa ko'rmagan, niyatlariga yeta olmagan, olti yil kutgan farzandini faqatgina bir martagina bag'riga bosgan opajonimni qaro yer bag'riga qo'yishdi.Alloh taolo qabrlarini nurga to'ldirsin. Bu hayotdagi ko'rgan qiyinchiliklarini evaziga u dunyo rohatlarini nasib qilsin.
Opamni o'limiga chora yo'q. Allohning qadari. Bunga qarshilik qilish esa gunohi azim.
Opamni yerga qo'yilganini uchinchi kuni ertalab eri keldi. U uyga kirar ekan, ko'zim uni oyog'idagi tufliga tuhsdi. Ko'zimdan o't chiqb ketdi. Bu o'sha, opamni hech narsasiz qoldirib, uni o'rniga kiyish uchun olingan tufli edi. Uni ostonaga yechib kirib ketdi. u otam va ho'jayinim bilan birg o'tirishar edi. Men esa onam bilan birga edim. O'sha tuflini qo'limga olib oldiga olib kirib otib yuborgim kelardi. Agar o'shanda onam ushlab qolmaganida shu ishni qilarmidim, bilmayman.

Qayd etilgan


Munira xonim  09 Noyabr 2006, 12:46:17

Opamni qizi hozir sakkiz yoshda,bizga opamdan yodgor. Opam hohlagandek menga juda o'hshaydi. Uni tili chiqib birinchi marta "Ona" degan s'o'zni aytganini hali hali unutolamyman. Qizini onam boqdilar ko'z qorachig'idek avaylab o'stirdilar.Bir kuni ho'jayinim bilan onamni ko'rish uchun borganimizda onam jiyanimni olib keldilarda:"Uni tili chiqa boshladi, ona deyapti,lekin uni onasi yo'q. O'g'lim agar siz qarshi bo'lmasangiz,Nargizni ona desa. Ona degan so'zni aytolmasdan bolam bechora armonda o'tmasin",-dedilar. Ho'jayinim, buni mendan so'ramasangiz ham bo'ladi. Albatta bu bizga o'z bolamizdek, biz esa unga ota-ona bo'lishga harakat qilamiz,-dedilar.
Shunday qilib jiyanim meni ona, deya katta bo'ldi. Hozir o'zimni bolalarim bor. Ular ba'zida opam nega biz bilan yashamaydi, deb so'rashadi. Men ham adasi ham ularga, buvingiz yolg'iz bo'lgani uchun uni buvingizga berganmiz,deymiz. Allohni qudratini qarangki, bolalarim ham jiyanimni men opamni yahshi ko'rgandek yahshi ko'rishadi. Agarda adasi ularga biror narsa olib keladigan bo'lsa,opamgachi unga ham oliamzimi, deya so'rashadi.
O'zini otasi esa oldinlari bir haftada, keyinchalik bir oyda keladigan bo'ldi. Hozir esa mana bir necha yildirki kelmaydi. Jiyanim ham oldin ko'rb turganida dadam, deya eslardi. Hozir esa umuman eslamaydi. Meni ho'jayimni dada deyishni boshlaganiga esa hali ko'p bo'lmadi. O'zini dadasini hozir oilasi bor. Opamdan keyin bir ayolga uylandi. u bilan turmushi bo'lmadi. Ozoda emasligi bahona bo'lib ajrashdi. Undan keyin yana bir ayolga, bir qizi bor ayolga uylandi. Unda yaqinda bir o'g'il ko'rdi. Onam ba'zida kelmaydi deya hafa bo'ladilar. Men bo'lsa ularga:"Nima qiladi kelib,endi uni hotini bor, qizi bor, o'gli bor. Unga endi hech narsa kerak emas",deyman. To'g'risi ham shu Vijdoni shu ishni qabil qilganidan keyin biz nima ham qila olardik. Aslida uni kelishi onamni qiynaydi. Uni ko'rib dardlari yangilanadi. Jiyanimni hech narsaga muhtoj qilmay o'stirdik,lekin shunda ham onam becgora o'zini otasida deb o'ylasalar kerakda.
Jiyanim har safar meni ona deya quchganida yuraklarim yonib ketadi. Yig'lagim keladi. Unga namoz o'qishni, Qur'on tilovat qilishni o'rgatdim. Duolaringda meni opam bo'lgan shuni haqqiga ham duo qilgin deya o'rgatdim. Qur'on o'qiganingda uni savobidan meni opamga ham yuborgin, jannatiy qlishini Allohdan so'ragin deyman. Hozircha bu opam unimonasi bo'laganligini aytolmayman,lekin bir kuni kelib buni bilishi kerak deb o'ylayman. Ham shunday deb o'ylayman, ham shu kundan qo'rqaman. Uni holi buni bilganidan keyin nima bo'ladi deya o'ylayman.

Qayd etilgan


Munira xonim  09 Noyabr 2006, 12:58:11

Mana aziz birodarim, meni eng buyuk armonim bialn tanishdingzi. Aslida bu o'lim hammamizni boshimizda bor. Men bu narsaga noshukrchilik qiliayotganim yo'q. Bu narsaga ko'nikish men uchun juda qiyin bo'lsa ham Alloh sabr berdi. Ko'nikdim. Lekin men bir narsaga o'shandoq yahsh, mehnatkash, sabrli opamni qadriga eytishmaganidan kuyaman. Uni niyatlarini amalga oshira olishmaganidan kuyaman. Mayli, Alloh unga shunday taqdirni nasib qilgan ekan. Endi uni joyini Jannatdan qilishini so'rab duo qilishdan boshqa narsa kelmaydi, qo'limizdan.
Men buni yigit-qizlarimizga o'rnak bo'lishi uchun, biroz foydasi bo'lsin, deya yozdim. Erkaklarimiz har qnday holda ham o'z vazifalarini unutmaslilari,o'z ayollariga qo'ldan keganicha yahshilik qilishlari lozim. Agar yahhsi pul topa olishmasa ham yahshi so'z bilan ayollarini ko'nglini ko'tarishlari, unga dalda bo'lishlari lozim.
Sizlardan bir o'tinchim bor. Duolaringizda meni opamjonimni ham eslab, bir marta bo'lsa ham duo qlib qo'ying. Menga esa Allohdan sabr tilab duo qiling.Sizlarni vaqtingizni olgan bo'lsam sizlardan uzr so'rayman.

Qayd etilgan


SHahinur  06 May 2007, 03:24:12

Assalomu alaykum Nargiza opa hikoyalariz judayam tasirli ekan uqib yiglavordim,sizga ota-onezlaga Allohim uzi sabr bersin.
Yaqin insonini yoqotish judayam ogir bulsa ham sabr qiling.Opezlani shuncha qiyinchilik kurib hammasiga sabr qilganliklarini ajrini Insha Alloh u dunyoda oladilar Ilohim joylari jannatdan bulsin,qizlari aqilli muslima iymonli eng bahtli qizladan bulib opezlaga jiyanizni boqvotgan onajonizlaga yahshi gapla keltiradigan shuni tuqqan onasiga rahmat diydigan gaplani obkeladigan qiz bulib voyaga etsinla.

1-hikoyezdigi opani sabrlariga qoyil qolmaslikni iloji yoq,utgan hamma qayguli kunlarini unutsinla hozir bahtli ekanliklaridan hursanman bahtlari abadiy bosin korgan qiyinchiliklarini farzandlarini rohatini kamolini korish evaziga unutvorsinla,opani uzlari etganlaridek kimgadir qattu mehr berib yahshi korib bolmasligi juda togri kimgadir qattu boglansen Allohni qahri keladi dib eshitgandim shuning uchun ham hamma narsa meyorida bogani yahshi,ular ham iloyim farzandlarini rohatini bahtini korib bahtli bulib usha vaqtda korgan qiyinchiliklari evaziga endi bu yogiga faqat yahshiliklar korib yashasinlar bahtli bosinla.
Faqat va faqat sabr.

Qayd etilgan