Armonli yillar hotirasi.  ( 31370 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


Munira xonim  05 Sentyabr 2006, 11:31:59

Shunday qilib kunlar,oylar bir-birini quvalab o'taverdi. Bizning  dunyoqarashimiz umuman bir-biriga qarshi edi. Fe'l atvorimiz,  fikrlashimiz farq qilardi. Men kunlar o'tgan sayin Allohga yaqinlashdim. Yoshligimdagi qiziqishlarim kuchayib,ilm ola boshladim. Har bir ishimda Allohning roziligini izlardim.U esa namoz o'qimas edi. Mening zo'rlashlarim bilan faqatgina juma namozlariga chiqar va Ramazon ro'zalarini tutardi holos. Ichmasdi,chekmasdi,lekin Allohga ibodat ham qilmasdi. Men uni harakterini shunday o'zlashtirib olgandimki,nima yoqadi, nima yoqmaydi,nima demoqchiligini hatto ko'zidan bilardim. Lekin uning talablari kundan kunga ortib borardi. Men uni namoz o'qishga, ibodat qilishga  chaqirsan ham buni foydasi bo'lmadi,chunki yoshligidan shunga mos tarbiya ko'rmagan. Ota-onasi namoz o'qir,otasi masjidda ishlar,lekin farzandlariga befarq edilar. Hayotda juda qiynaldim. Qaynona va erning har hil injiqliklariga sabr bilan yashadim. Hali bunisa ham holva ekan. Oradan yillar o'tsada biz farzandlik bo'lolmasdik. Bu esa erimga katta bahona bo'ldi, shu jumladan qaynonamga ham. Men Allohga duo qilib Undan, hamma narsaga Qodir Zotdan farzand tilardim. Erim va qaynonamning kamsitishlarini sabr bilan tinglardim. Erim gohida juda yahshi bo'lib qolardi, lekin ba'zan esa uni tanib bo'lmasdi. Ayniqsa har oyda hayz ko'rganimda u quturib ketardi. Meni umuman tug'masga chiqarib qo'ygandi. Shuni bahona qilib meni kaltaklar, hech qanday ayol dosh bera olmaydigan so'zlar bilan haqorat qilardi. O'sha kunlarda Alloh taolo menga shunday sabr berib qo'ygandiki, bu kunlarimni onam tugul, hatto opalarimga aytmasdim. Chunki Alloh bizga farzand bersa hammasi yahshi bo'lib ketadi deb o'ylardim. Allohga iltijo qilardim, unga unsof berishini, bizga farzand berishini so'rardim. Hamma ishimni, shu jumladan hayotimni ham Allohga tavakkul qilgandim. Va Allohdan umid qilib yashardim.

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Sentyabr 2006, 22:16:34

Assalomu alaykum Nargiza opa!
Avvalo mana shunday yangi mavzu ochganingiz uchun tashakkur izhor qilaman.
O'ylaymanki, o'quvchilarimiz o'zlarining armonli yillari xotiralarini biz bilan baham ko'radilar.

Siz hikoya qilayotgan opaning xotiralarini o'qib chiqayapman.
Avvaliga quvonchli boshlangan taqdirning asta-sekin tushunmovchiliklar ko'chasiga kirib qolishi...

Rask yaxshi narsa. Lekin o'ta darajada rashk qilish fojea bilan yakunlanishi mumkin. Agar inson har narsadan shubhalanaversa, umrining mazmuni qolmaydi. Nikoh rishtalari o'zaro ishonchni ham bog'ashi zarur. Shayton esa qalblarga har xil g'illu g'ashlarni solaveradi.

Farzandning dunyoga kelishi Allohning taqdirida bitiladi. Agar U bo'l desa bo'ladi, bo'lmasa yo'q. Bunga esa er-xotinni sababchi qiladi. Bola bo'lmasligi ham erning ham xotinning sog'lomligiga bog'liq. Sabr bilan, tekshirtirib, davolanilsa bunday muammolar kelib chiqmasmidi?...

Ayol kishi uchun eng katta haqorat - Sen tug'ymaysan, ona bo'lolmaysan, degan haqoratdir. Aqli joyida bo'lgan er bunday haqoratdan har doim tiyiladi... Opaning sabrlariga tan bermasdan ilojimiz yo'q. Agar boshqa oilada bo'lganida, mana shu gaplarning o'ziyoq oilaning buzilib ketishiga sabab bo'lardi...

Davomini intiqlik bilan kutib qolamiz.

Qayd etilgan


Feruzabegim  05 Sentyabr 2006, 23:11:19

Assalomu alaykum Nargiza opa!
Hikoyani yozishni boshlab judayam to'g'ri ish qilibsiz. Zero u bizga va boshqalarga yaxshigina saboq bo'ladi. Faqat davomini tezroq yozing.
Sabrsizlik bilan kutib qolamiz.

Qayd etilgan


Munira xonim  06 Sentyabr 2006, 06:17:51

Assalamu alaykum, Abdulaziz, Feruzabegim.
E'tiborlaringiz  va fikrlaringiz uhcun tashakkur.
O'ylaymanki bunday hikoyalar hali hayot nimaligini yahshi tushunib yetmagan yigit qizlarimizga saboq bo'ladi.
Alloh barchamizni haq yo'lga boshlasin!
Marhamat hikoyani davomi...

Qayd etilgan


Munira xonim  06 Sentyabr 2006, 06:28:56

Qanchalik sabr bilan va Allohga duolar bilan tilasamda meni farzandim bo'lmasdi. Ko'rsatmagan doktorim qolmadi. Hammasi soppa - sog'siz,albatta farzandli bo'lasiz, deyishardi. Lekin biz farzandlik bo'lolmasdik. Haqoratlar, kamsitishlar,kaltaklar va ho'rliklar davom etardi. Shunda ham men uni sevardim, uni tushunardim, bu yomon odatlari hammasi farzndsizlikdan, erkak kishi uchun farznd ko'rolmaslik ham eng katta bahtsizlik deb o'ylardim. Unga bo'lgan muhabbatim, uni tusuhunishim shu qadar kuchli ediki, har safar kaltaklaganda uni oqlashga meni qalbimda bitta javob doimo tayyor turardi. Usiz yashashni tasavvur qilolmasdim.. Ishonasizmi,hatto bir marta boshi jarohatlanib kasalhonaga tushib qolganida, uni ahvolini ko'rib, huddi yosh bolaga o'hshab ho'ngrab yig'laganman. U to kasalhonadan chiqib kelgunicha ko'zimga uyqu kelmagan. U ham agar men kasal bo'lib qolsam shunaqa mehribon bo'lib ketardiki, hatto obqat yemasam o'z qo'li bilan yedirishga harakat qilardi. Men uning bu mehribonchiliklarini ko'rib, hamma yomon odatlari farzandsizligimizdan, deb o'ylardim. Bir kuni Alloh bizga ham farzand bersa,u Islomga yuzlansa, hammasi yahshi bo'lib ketadi, ungacha men sabr qilishim kerak deb o'ylardim. Shunday qilib oradan besh yil o'tdi. Armonlarga, hasratlarga va ko'z yoshlarga to'la besh yil....

Qayd etilgan


Munira xonim  06 Sentyabr 2006, 07:00:44

Mening achchiq va shirin, totli va zahar, armonlarga, hasratlarga, kamsirishlarga va ko'zyoshu sabrga to'la hayotim. Umrimning eng go'zal va yoshlik chog'larim. Kechalari ko'zyoshlaru Allohga duolar bilan o'tkazgan yillarga teng soatlar. Hayotimda chuqur va hasratli iz qoldirgan yillar. Meni yetolmagan niyatlarim,ushalmagan orzularim...
Men Allohga yaqinlashganim sayin, bu yillar davomida uni menga nisbatan qilgan ishlari nohaq ekanligini va hatto zulm ekanligini tushuna boshladim. Diniy ilmim oshgan sayin uni har bir qilgan ishi menga yoqmaydigan bo'lib bora boshladi.
O'shanda yoz fasli edi.Yoz faslining avgust oyi. Hayotimizga qo'yilgan nuqta.Biz manzilga yetib kelgandik. Mening sabrim kosasi to'lib toshgan edi. Hamma narsaning Alloh taolo belgilab bergan hadlari bor. Biz ana shu hadga yetib kelgan edik. Mening sabrim ham o'z chegarasiga yetib kelgandi.
Honadonimzda yana ikki uch hona qurish uchun ustalarni ishlatardik. Yoz fasli,issiq, 8-9 nafar ustalar uyimizda ishlashar edi. Ovsinim homilador bo'lgani uhcun hamma ish menga qolgan, 10-15 nafar kishining oziq ovqati, kiri deganlaridek, buning ustiga erimning rashki. Yuzimning yarmigacha to'sgan holda tun yarmigacha tinim bilmasdan ishlar edim. Vaqtida ovqatlanmaganim uchun ozib to'zib ketgan, buning ustiga issiqda ko'p yurganim uchun yuzim ham qoraga moyil bo'lib qolgan edi. Ikki uchu oy shu holda o'tdi. Va nihoyat uy bitdi. Avgust oyining 12-kuni. Men o'sha kuni yana hayz ko'rdim. Yuragim ezildi. Bu oy ham umidim puchga chiqqanidan, yana kech tushib erimdan eshitadigan gaplarini o'ylab dunyolarga sig'may ketdim. O'sh kecha u meni shunday so'zlar bilan haqorat qildi-ki, sizlarga hatto aytib ham berolmayman. Ayol kishi chidashi mumkin bo'lmagan so'zlar. Yuragimga hanjardek sanchilgan,ko'zlarimga achchiq yoshlarni to'ldirgan so'zlar. Lekin urmadi. Men esa yana alamimni ko'z yoshimdan olib tong ottirdim. Uhlolmaganim uchun soat 2 larda turib tashqariga chiqdim. Hamir qordim. Ko'cha hovlilarni supurib suv sepdim. Huddi yuragim bir narsani sezgandek. Hamma ishimni bajardim. Non yopdim. quyosh ham chiqdi.Ustalar keladigan vaqt bo'lib qolgani uchun ularga kerakli bo'gan hamma narsani tayyorladim. Ular o'sha kuni ohirgi marta, bitgan uyga elektr tokini tushirish uhcun kelishdigan edi. Meni hamma ishim tuigagani uchun, dasrlarimni tayyorlash uhcun uyga kirdim. U hali uyqudan turmagan edi. Men o'sha paytlarda arab tilini o'rganayotgan edim. Shuning uchun uyga kirib kitob daftarlarimni oldim. Hammasi ana shunda boshlandi....

Qayd etilgan


Munira xonim  06 Sentyabr 2006, 07:26:41

Honamga kirib daftarimni ochganimni bilaman, u boshini ko'tarib menga baqira ketdi:
- Nega bu yerda, meni ro'paramda o'tiribsan, chiq tashqariga, bor ishingni qil.
- Tashqarida ishim tugadi. Bugun o'qishga boraman, darslarim ko'p shularni bajarishim kerak.
- Darsing bilan ishim yo'q, chiq tashqriga,ko'zimga ko'rinma. Hohlasang uingga ketishing mumkin. Seni ko'rishga toqatim yo'q. Menga tug'maydigan hotin kerak emas. Yo'qol.
- Ahir bolalik bo'lishni men ham hohlayman. Farzandni Alloh beradi,meni qo'limdan hech narsa kelmaydi,nega tushunishni hohlamaysiz.Siz ham namoz o'qib Allohdan so'rang, boshingizni sajdaga qo'ying, balki shunda bizga ham farzand berar.
- O'qimayman,so'ramayman. Sen shuncha yioldan beri namoz o'qib so'rading,senga bola berdimi, qani, bergan bo'lsa menga ko'rsat. Avval senga bersin keyin men namoz o'qiyman.
- Bunday gaplarni gapirmang, Allohdan qo'rqing, siz kim bo'libsizki Allohga shart qo'yasiz. Bu gaplaringiz bilan katta gunoh qilyapsiz,- deganimni bilaman yuzimga shapaloq tushdi.
- Menga aql o'rgatma, yo'qol ko'zimdan. Uyingga ket.Sendan boshqa ayolni olganimda bu paytgacha ikki uchtaniu tug'ardi. Sen tug'massan. Seni ko'rishga toqatim yo'q.O'zingga qara,oynaga bir qara, hunuk bo'lib ketgansan olganimda chiqoyli eding,tug'amy turib qrib ketding.
- Issiqda qorayib ketdim. Ish rtugadi uy bitdi, yana o'zimga kelib qolaman.
- To'g'ri aytasan uy bitdi ish tugadi, endi sen menga kerak emassan. Ket,yo'qol, sen tug'maysan, sen sichqon tug'ishni ham bilmaysan.Seni shuncha yildan beri haydayman.Itni ham haydasa ketadi, sen bundan ham battarsan. Sen ketsang men boshqa, tug'adigan hotinga uylanaman. Sen mendan ketib boshqaga tegsang ham tug'maysan. Men boshqaga uylansam to'qqiz oyda tug'ib beradi.

Qayd etilgan


Munira xonim  06 Sentyabr 2006, 07:51:50

Shunda o'zimni yo'qotib qo'ydim. Boshimga bir narsa qulagandek bo'ldi. Huddi boshimdan issiq suv quyib yuborilgandek his qildim o'zimni. Men nega yashadim? Shuncha ho'rliklarga nima uchun chidadim? Kim uchun yashadim? Nima uchun ketmadim? Allohning taqdiri ekan deb, oz'imni nega ho'rlatib qo'ydim bunchalar? men sevgan inson, bor muhabbatimni mehrimni, borlig'imni bergan kishim endi menga boshqaga tegishni aytyapti. Shuncha yiol yashab hatto hayolimni bir chetiga ham kelmabdi.Balki ayb menda emasdir,balki boshqaga tegsam farzandli bo'larman. Bu oliy bahtga, ona bo'lish bahtiga men erisharman.Tunlari beshik quchoqlab,alla aytarman bolamga. Yo'q bu narsalar hayolimga kelmagan. Hatto hayolimda ham unga hiyonat qilolmasdim. Endi bo'lsa o'zi ko'zimni ochdi. Aqlimni kigizdi.O'shanda unga birinchi marta tik boqib aytgan so'zlarim hali ham qulog'im ostida jaranglaydi
- Siz qayerdan bilasiz meni tug'masligimni, balki men boshqaga tegsam tyg'arman, siz boshqaga uylanib bolali bo'lolmassiz.
Bu gaplarimni eshitib u biroz o'zini yo'qotib qo'ydi,chunki u mandan buni kutmagan edi. Lekin bildirmadi, zaharhandi qilib kuldi va:
- Men hamma narsani bilaman,sen tug'massan.
Meni sabrim tugadi. Ko'zimga yosh ham kelmadi. o'shanda yuragimda paydo bo'lgan g'alayonni hozir hech qanday so'z bilan tushuntirib berolmayman. Unga tik qarab:
- Ketaman, javobimni bering, meni ham sabrim tugadi, hammasi jonimga tegdi.
- Ketsang hursand bo'laman.Yo'qol meni uyimdan.
- Javobimni bering, ketaman. Uyingizdan ham hayotingizdan ham ketman.Lekin bilib qo'ying, sizni mendek tushunadigan ayolni hech qachon topolmaysiz.
- Ket, mana shu javobing.
- Yo'q menga bunaqa javob kerak emas. Hozir ket deysizda, keyin bir oy o'tganidan keyin ota onamni aldab olib kelasiz.Men sizni juda yahshi bilaman.
- Ket, yo'qol, taloqsan,uch taloqsan.
- Mana endi ketaman. Uyingizni ham, hayotingizdan ham chiqib ketaman. Meni boshqa ko'rmaysiz. Ammo bir kun kelib pushaymon bo'lasiz,meni ko'z yoshlarimni uvoli tutadi, bu dunyoda hech narsa javobsiz qolmaydi.

Qayd etilgan


Munira xonim  06 Sentyabr 2006, 08:24:02

Meni gaplarimni eshitib u zaharhanda qilib kuldi.Men ketdim. Uyimni tashlab ketdim. Yoshligimni eng go'zal yillar o'tgan uyimni tashlab ketdim. Bor menrimni, muhabbatimni bergan kishimni tahslab ketdim. Kelganimda ne-ne orzu niyatlar bilan qadam qo'ygan uyimni tahslab ketdim. O'zimdabn-da yahshi ko'radigan, bir joyi og'risa meni jonim og'riydigan, tikon kirsa meni yuragimga hanjar kirgandek qiynaladigan kishimni tashlab ketdim. Hayotimni Allohga tavakkul qilib ketdim....
Men ketganimdan keyin orqamdan bir haftagacha opasini akasini yubordi. Ular meni qaytarishga harakat qilishardi. Opasi:
- Jahl ustida aytibdi. O'zingiz so'rganingiz uchun jahgli chiqib ketib aytib yuboribdi. Biror imom topib gaplashamiz,yo'l topamiz. Sizni qanday yahshi ko'rishini o'zingiz ham bilasiz-ku.
- Yahshi ko'rish shunaqa bo'ladigan bo'lsa, kechdim bunaqa yahshi ko'rishdan. Meni boshimga tushgan narsalar sizni boshingizga tushganida bu paytgacha ketib bio'lgan bo'lardingiz. Sizlar meni boshimga tushnini,men eshitgan gaplarimni mingdan birini bilasizlar, agar hammasini bilganingizda edi,ukangizni o'ldirib qo'ygan bo'lardingiz.
Hullas, meni ko'ndira olishmadi. Ota-onam hayron,chunki ular meni boshimga tushgan ishlarni hech birini bilishmasdi. Lekin meni ko'ndirishga harakat ham qilishmadi. Meni farzandsizlik tufayli yahshlikcha ajralishdi deb o'ylashdi.
Oradan o'n kun o'tib hamma narsamni yig'ishtirib kelish uchun boradigan bo'lishdi. Odatda ancha vaqt o'tganidan keyin olib kelinardi,lekin men tez olib kelasizlar, deb turib oldim. Uyimdagilar meni ham borishimni aytishdi.Avvaliga ko'nmadim,lekin, ular narsalaringni o'zing bilasan bormasang bo'lmaydi, deyishdi. Men rozi bo'ldim.

Qayd etilgan


Munira xonim  06 Sentyabr 2006, 08:41:32

Shunday qilib bu honadonga yana va ohirgi marta qadam qo'ydim. Hamma narsalarimni yig'ishtira boshladim. Uni o'shanda ohirgi marta ko'rdim.Hovlini bir burchida boshini yerga egib o'tirgan holda ko'rdim. Meni ovozimni eshitib men tomonga qaradi. Men esa unga orqamni o'girdim. U bilan kechgan hayotim davomida biror marta ham unga orqamni qilmagan edim. Ketayotganimizda opasi va ovsinlarim yig'lab kuzatishdi. Opasi:
- Iltimos, bizdan hafa bo'lmang.Bizdan rozi bo'ling. Hizmatimizni ko'p qildingiz, hurmat ko'rmadingiz, rozi bo'ling.Ukamdan ham hafa bo'lmang,uni kechiring,-dedi.
- Men nega sizlardan hafa bo'laman, bu meni achchiq taqdirim. Mehnatlarimni Allohni roziligi uchun qilganman,mingdan ming roziman. Ukangizni kechiradigan men kim bo'libman. Kechrish faqat Allohga hos. Bunda mening ham ayblarim bordir balki. Balki o'zim shunday hayotga loyiqdirman. Hamma narsani ko'rib bilib turguvchi Alloh taolo bor,hamma narsaga hukmni U chiqaradi. Alloh biz ko'rolmaydigan nuqrtalarni ham ko'radi. Kim kimni nohaq ayblagan va zulm qilgan bo'lsa shunga yarasha hukmni Alloh chiqaradi. Alloh adolatli hukm qiladi.
Ishonasizmi shuncha so'zlarni aytdimu,lekin ko'zimga nam ham kelmadi. Meni odatim hech qachon gapiraolamsdim, agar gapirmoqchi bo'lsam ko'zimga yosh kelib, bo'g'zimga bir narsa tiqilardi. Brinchi marta bu hol bo'lmadi va men qalbimdagi so'zlarni aytdim.
Hamma bilan vidolashib ko'chga chiqdim. Chiqdi-mu, dod solib yig'lagim keldi. Dunyolarga sig'madim. Lekin ovozim ichimga indi,ko'zyoshlarim esa yuzimni yuvdi. O'zim hohlab ajraldim,lekin nima uchun yig'layapman,o'zim ham tushunmasdim....

Qayd etilgan