Opamning eri ketganidan bir-ikki hafta o'tganidan keyin ularning uyiga bordim. Opam uyda yolg'iz ekan,u bilan biroz gaplashib o'tirgandan keyin uni kayfiyati yo'qligini sezib qoldim. "Nima bo'ldi?" deya so'radim. Opam menga:"hech narsa bo'lmadi biroz charchabman shekilli",dedi. Lekin men uni aytishga mejbur qildim."Menga aytmasangiz kimga aytasiz,nima bo'ldi o'zi?"deya yana so'radim. U menga qarab:"Uyimizda hech narsa qolmadi, ovsinimni topgani o'z uyidan chiqmaydi.Men bilan hech kimni ishi yo'q, oldingi ishimni qilib pul topay desam, qiynalyapman o'tirib ish qilishga", dedi. Men esa:"Eringiz hech narsa qoldirmadimi, ahir homiladorsiz, bu nima yeb, nima ichadi ham demadimi?" deya so'radim. Shunda opam ko'ziga yosh keldi.Uni ko'rib men ham yig'lab yubordim.Lekin opam juda bardoshli ayol, uning ko'z yoshlari yuzlarini yuvmadi, balki ichiga oqdi.
"Seni unashtirilgan yigit ho'jayinimga,hotiningiz homilador ekan, siz uzoqqa ketsangiz u yoqda qachon ish bitib qachon kelishingiz noma'lum, shuning uchun mana bu pulni olib kelguningizgacha uning hamma narsasini qilib berib keting, qo'liga ham pul bering", deb 10.000 so'm beribdi. (U paytlarda bu pulni qdri yahshi edi)Men opamga hayron bo'lib qaradim:"Qani o'sha pul, nima qildingiz", dedim. Opam bo'lsa:"Men hech narsa qilmadim", deya o'rnidan turib karobkaga solingan yangi tuflini oldi. "O'sha pulga mana bu tuflini olib qo'yib, kelsan kiyaman deb ketdilar",dedi. Men o'zimni qo'yishga joy topa olmadim."Eringiz qanaqa odam, nima uchun bunchalik befarq, siz indamadingizmi", dedim. "Men nima ham derdim",dedi bechora opaginam. Meni battar jahlim chiqdi"Olib chiqib tuflini sotib yuboring, pulini ishlatasiz", dedim. Balki men o'shanda bu gaplarni yoshlik qilib, shoshqoloqlik qilib aytgandirman,lekin nima bo'lganda ham opamga achinganimdan aytganman. "Opam bo'lsa shunda ahm erini hafa qilib qo'yishni o'ylab:"Qo'y unaqa dema, meni och qolmayman. Tuflini sotib yuborsam, kelib hafa bo'ladilar", dedi.Men hech narsa deyolmadim. Jahlim chiqqanidan ham opamni hafa qilib qo'ymay, dedimda tilimni tishladim. O'sha kuni opam bilan yotib qoldim. Ertasiga uyga keldimda, opamni ahvolini ota-onamga tushuntirdim. Otam bilan borib opamni uyga olib keldik. Endi ko'nglim ancha hotirjam bo'lib qolgandi. Chunki opam ko'zimizni oldida, biz bilan birga edi....