"Hunkar beg'endi- Podshoh yoqtirdi" - Usmonli oshxonasi taomi:)  ( 3320 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  26 Dekabr 2011, 14:42:01


rasm manbasi http://www.portakalagaci.com/

Hunkar beg’endi Hunkor (Podshoh yoqtirdi)

Beshamel sousi uchun masalliqlar:

1.   3-4 dona baqlajon
2.   3 qoshiq un
3.   4 qoshiq saryog’
4.   2 stakan sut
5.   0.5 qoshiq tuz

Go’shtli qism masalliqlari:

1.   1 kg qo’y go’shti (uzun-uzun qilib kesing)
2.   2 tilim sarimsoq (to’g’ralgan)
3.   1 qoshiq un
4.   1 qoshiq tomat
5.   Tuz
6.   Murch

Sousning tayyorlanishi:

1.   Baqlajonlarni aluminyum falgaga o’rab gazni ustida yoki duxovkani ichida pishiring. Pishgandan keyin po’stini so’yib, pichoqda ezing.
2.   Saryog’ni unda qovuring.
3.   Sutni oz oz soling.
4.   Tuz soling,
5.   Bu sousni ezilgan baqlajonlarga aralashtiring.
6.   Qorishmani chuqur idishga soling.

Go’shtning tayyorlanishi:

1.   Go’shtni tovada, oz miqdorda yog’ bilan suvini tortguncha qovuring.
2.   Unni soling.
3.   Sarimsoq va tomatni ham qo’shgandan keyin tuz va murch bilan lazzat bering.
4.   Go’shtli qorishmani kengroq idishga soling.

Dasturxonga birinchi sous so’ngra esa go’shtni solib torting.

Yoqimli ishtaha:)

Qayd etilgan


Ansora  11 Yanvar 2012, 15:32:55

Bugun bu taomni videosini topib oldim:

<a href="http://www.youtube.com/watch?v=GfYrHNEadI0" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=GfYrHNEadI0</a>

Qayd etilgan