Muallif Mavzu: Hurmo: homiladorlik davrida foliy kislota, tug’ruq vaqtida esa oksitotsin koni  ( 11496 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 2 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...


Hurmo – Qur'onda alohida ta’kidlangan meva va uning inson uchun foydalari

Qur'oni Karim oyatlarida “o’xshashi yo’q hurmolar” (Rahmon surasi, 68.) deya ta’riflangan hurmo mevasi iymon keltirganlar uchun va’da etilgan Jannat ne’matlari qatorida ta’kidlangandir. Alloh Ta’alo Qur'onda alohida zikr etgan ushbu mevaning kimyoviy tarkibi olimlar tomonidan o’rganilganda uning ko’plab o’ziga hos hususiyatlari yuzaga chiqdi.
Hurmo – eng qadimiy o’simlik turlaridan biri bo’lib, bugungi kunda nafaqat o’zining mayin, shirin ta’mi bilan balki o’ziga hos oziq hususiyatlari uchun maqul ko’rib iste’mol qilinadi.

Ushbu mevaning olimlar tomonidan yangidan yangi ajoyib hususiyatlarini tadqiq etilayotgani uning hushta’m ozuqa bo’lishi bilan birga bir qator kasalliklarga darmon ekanligini ham ko’rsatmoqda. Hurmoning foydasi va uni qachon iste’mol qilish insonga qanchalik zarur bo’lishi haqida “Maryam” surasining quyidagi oyatlarida ta’kidlangandir:

“Bas, to’lg’oq uni hurmo tanasiga olib bordi. U: “Koshki bundan oldin o’lsam edi va butunlay unutilib ketsam edi”, dedi. Uning ostidan: “Mahzun bo’lma, batahqiq, Robbing ostingdan oqar ariq qildi. Hurmo tanasini silkit, senga meva tushadi” deb nido qildi. Ye, ich, va ko’zing quvonsin. Bas, biror odamni ko’rar bo’lsang: “Man Rohmanga ro’za nazr qildim. Bugun inson zotiga zinhor gapirmasman”, degin”. (19-sura, 23-26 oyatlar)

Yuqorida keltirilgan surada, to’lg’oq payti Alloh Maryam onamizga hurmodan yeyishni buyurdi, bunda Yaratganning biz bandalari uchun buyuk hikmatini ko’rish mumkin. Hurmo homilador ayol va yangi tuqqan ayol uchun eng ma’qul tanlovdir. Bu ko’pgina olimlar tomonidan qabul qilingan ilmiy asosdir. Maryam onamizga ushbu va’hiy orqali to’lg’oqlari oson kechishi uchun hurmodan yeyishlarini tushuntirildi.. Hurmoning 60-65% foizini shakar tashkil etib, boshqa mevalar ichida bu eng yuqori ko’rsatkichdir. Shifokorlar homilador ayollarga tug’ish arafasuda va ko’z yorigan kuni tarkibida fruktoza miqdori ko’p bulgan oziq moddalardan iste’mol qilishni tavsiya etadilar. Chunki fruktoza holdan toygan organizmga kuch bag’ishlab, ayol organizmida bir qator kimyoviy kirishuvlarni sodir bo’lishida, jumladan, tug’ilgan zahotiyo’q bolaga zarur bo’lgan sutni ishlab chiqarishda ta’siri sezilarli darajada kattadir.

Bundan tashqari, tug’ish jarayonida ayol anchagina qon yo’qotadi. Bu esa organizmda shakar miqdorini pasayib ketishiga sabab bo’ladi. Hurmo avvalo organizmga qo’shimcha shakarni kirishi va qon bosimini tushib ketmasligi uchun muhimdir. Ushbu mevadagi yuqori kaloriya kasallik yoki charchash sabab zaiflashib qolgan odamga quvvat bag’shlaydi.

Yuqorida Maryam onamizga kelgan oyatlarda hurmoni onaga kuch bag’shlashi va ko’krak bezlarida sut ishlab chiqish jarayonining boshlanishini jadallashtirish hususiyatiga ega ekanligi Allohning bandalariga ko’rsatgan hikmatidir. Shuni alohida ta’kidlash joizki, hurmoda inson salomatligi va faolligi uchun zarur bo’lgan 10 dan ortiq unsurlar mavjud. Hozirgi zamon olimlari shunday qarorga kelishdiki, inson bir necha yillar mobaynida faqatgina hurmo va suv iste’mol qilib hayot kechirishi mumkin ekan110. (Tarjimon izohi: Payg’ambarimiz s.a.v va ularning ahllari bir necha kunlab qozon qaynatmay faqatgina hurmo bilan taomlanganlari haqida sahih hadislarda bayon etilgan). Dietalogiya sohasidagi shuhrat qozongan mutahassislardan biri V.H.W. Dowson ta’kidlashicha, bir dona hurmo va bir stakan sut insonning oziq moddalariga bo’lgan bir kunlik ehtiyojini qondiradi.111.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Hurmo tarkibidagi kimyoviy oksitotsin moddasi zamonaviy tibbiyotda to’lg’oqni tezlashtiruvchi darmon sifatida qo’llaniladi. Ko’pgina ilmiy manbalarda oksitotsin “to’lg’oqni tezlashtiruvchi” vosita sifatida keltirilgan. Shunisi hayratlanarliki, tug’ruqdan so’ng darhol oksitotsin moddasi organizmga tushib ko’krak bezlarining sut ishlab chiqarish mehanizmini jadallashtiradi.

Gormon sifatida oksitotsin miya gipofizining orqa qismida ishlab chiqarilib, to’lg’oqni boshlanishi, bachadon va toz mushaklarini qisqarishini ta’minlash hususiyatiga ega. Barcha tug’ishdan oldin organizmdagi tayyorgarliklar ushbu gormon orqali boshlanadi. Gormonning mushak to’qimalariga, ona sutini ishlab chiqarilishini ta’minlashga va bachadon mushaklariga ta’siri kattadir.

Tug’ish jarayoni muvafaqqiyatli o’tishishi uchun bachadon mushaklari to’g’ri qisqarishi muhimdir, buning uchun esa oksitotsin zarurdir. Bola tug’ilgandan so’ng esa bu modda quyida ta’kidlanganidek sut ishlab chiqarishda faol ishtirok etadi.Birgina ushbu keltirilgan asosning o’zi Allohning kitobi Quronning ilohiy qudratini isbotlamoqda. Shuningdek, hurmoda yengil hazm bo’ladigan va tez singiydigan shakar – fruktoza mavjud bo’lib organism faoliyati uchun quvvat vositatisi hisoblanadi. Hurmodagi fruktoza oddiy shakar va glyukozadan farqli o’laroq qondagi shakar miqdorini keskin ko’tarib yubormaydi. Qondagi shakarning keskin oshishi ko’pgina jiddiy kasalliklarga olib keladi, eng avvalo shakarli diabedga. Shu bilan birga insonning ko’pgina ichki organlariga salbiy ta’sir ko’rsatadi, jumladan, buyraklar, ko’z nuri, yurak-qon tomirlari va asab tizimiga.
Hurmoda turli vitaminlar va minerallar miqdori ko’p bo’lib, ular kletchatka, yog’ va oqsillarga boydir. Mineral birikmalardan natriy, magniy, temir, sera, kaliy, fosfor va hlor, vitaminlardan esa vitamin A, betakarontin, B1, B2, B3 va B6 vitaminlari mavjud.

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Ushbu mineral va vitaminlarning organizmga foydaliligi hususida bir nechagina misollar keltiramiz:

• Hurmoning 50% ni shakar tashkil qilganligi uchun nihoyatda oziq kuchi yuqori, organizmda juda tez hazm bo’lib fruktoza asab taranglashishini oldini oladi. Hurmo miya faoliyati uchun juda foydali bo’lib uning 2.2%ni oqsil shuningdek A, B1 va B2 vitaminlari tashkil etadi. Oqsil organizmni kasallik va infeksiyalarga qarshi immunitetini mustahkamlaydi. Vitamin A ko’z mushaklari, suyak, to’qima va tishlar uchun kerakli, B1 vitamini asab tizimiga katta ta’sir qiladi, B2 vitamini esa oqsil, uglevod va yog’larni parchalashda hizmat qilib organism va hujayralarni yangilanishi uchun kerakli quvvat bilan ta’minlaydi.

• Hurmoning oziq qiymati. Ushbu meva tarkibidagi inson uchun zarur minerallar, masalan, homilador ayollar uchun ayniqsa ilk homila davrida juda zarur bo’lgan foliy kislotasi (B9) miqdoriga bog’liqdir. Foliy kislotasi organizmda yangi qon hujayralarini paydo bo’lish jarayonida ishtirok etuvchi muhim vitamin, aminokislotalar – hujayralarni yangilanishida organizmning asosiy quruvchi materiali hisoblanadi. Homiladorlik davrida foliy kislotasiga kundalik talab ikki barobarga oshadi. Ushbi kislota yetishmasa organizmda to’htovsiz ishlab chiqariladigan qondagi eritrotsitlar soni oshadi, ammo ularning funktsional faoliyati susayadi, natijada kamqonlik asoratlari rivojlanib boradi. Bundan tashqari, foliy kislotasi hujayralarning ajrarilishida va genetik shakllanishida katta rol o’ynaydi. Suning uchun ham ona bachadonida bolaning rivojlanishida ona organizmida bu kislotaga ehtiyoj oshadi.

• Homiladorlik davrida ko’pgina ayollar ko’ngil aynish holatlari va fiziologik o’zgarishlarni boshdan kechiradi, bu vaqtda organizmning kaliyga bo’lgan ehtiyoji keskin ortadi va ona ushbu unsurni ovqat bilan birga iste’mol qilishi lozim bo’ladi. Kaliy hurmoda ko’p miqdorda mavjud bo’lib, bo’lajak onaning organizmida suv muvozanatini saqlab turishda juda foydalidir. Kaliy organizmga miyaga kislorod yetkazib berilishida yordam beradi va miya tiniqligini ta’minlaydi. Shu bilan bir qatorda, organizmda suyuqlik uchun zarur shilliq muhitni ta’minlab beradi, buyraklardan chiqitlar va toksinlarni chiqarib tashlashda yordam beradi. Yetarli miqdordagi kaliy qon bosimini oshib ketishiga to’sqinlik qiladi hamda teri uchun ham foydali hizmat qiladi.113

• Temir moddasi ushbu meva tarkibida ko’proq bo’lib, qizil qon hujayralarida gemoglabulin sintezini nazorat qiladi, kerakli miqdordagi hayotiy zarurat bo’lgan qizil qon katakchalari – eritritsitlar bilan ta’minlaydi. Bu esa kamqonlikni oldini olib ona rahmida bolaning me’yorda rivojlanishi uchun muhim hayotiy zaruratdir. Ma’lumki, eritrotsitlar kislorod va qondagi uglekislotalarni tashuvchi hisoblanadi va hujayralarni hayotiy faoliyatini taminlashda muhim ro’l o’ynaydi. Hurmoning temirga boyli tufayli inson bir kunda 15 donasidan iste’mol qilsa organizmning bir sutkalik temirga bo’lgan ehtiyojini qondiradi, shuningdek ushbu modda tanqisligi sababli yuzaga keladigan quvvatsizlik va kasalliklardan forig’ bo’ladi.

• Kaltsiy va fosfatlar hurmoda sezilarli miqdorda bo’lib, sog’lom skelet va tayanch-harakat apparatining shakllanishidagi asosiy unsur hisoblanadi. Doimiy ravishda hurmodan tanavvul qilib turish esa organizmni suyaklar zaiflashuvi va osteoporozdan himoya qiladi.

• Hurmoni insonlarga g’amguzor (stress) va ruhiy zo’riqish hollarida ularning ruhiy-jismoniy holatlarini mo’tadillashtirishga samarali ta’sir qilishini olimlar alohida ta’kidlashadi. Berkley universiteti tibbiyotshunoslari inson organizmiga B6 vitaminining ta’siri ustida olib borgan tadqiqotlariga ko’ra, hurmoda B6 vitamin foizi yuqori bo’lib, asab tizimi va mushaklar faoliyatini mustahkamlashda muhim rol o’ynaydi. Bundan tashqari, hurmo tarkibidagi magniy buyrak uchun juda zarur moddadir, kuniga 2-3 dona hurmodan iste’mol qilish inson organizmning magniyga bo’lgan bir sutkalik ehtiyojini qondirishi mumkin.114

• B1 vitamini – hurmo tarkibida yuqori ko’rsatkichda ekanligi bois asab tizimi sog’lig’ini saqlashda katta ta’sir ko’rasatadi. Shuningdek, B2vitamini organizmga uglevodlarni quvvatga aylanishiga hamda oqsil va yog’larni orgaizmning barcha ehtiyojlarini qondirishi uchun foydalanishda hizmat qiladi. B1 va B2 vitaminlari birgalikda organizmda ovqatlardan olinadigan oqsil, uglevod va yog’larni siqib uning quvvatga bo’lgan ehtiyojini ta’minlashda va hujayralarning yangilanish jarayonini davom etishida munosib hissa qo’shadi.

• Homiladorlik vaqtida ayollarda A vitaminiga ehtiyoj ortadi. Hurmo tarkibidagi A vitamin immunitetni va organizmning qarshi kurashuvini oshiradi, ko’z nuriga foydali ta’sir ko’rsatadi, suyaklar va tishlarni mustahkmlaydi. Ushbu meva betokarotinga juda boydir. 115. Betokarotin organism hujayralariga tushadigan molekulalarni nazorat qilib saraton hujayralarini rivojlanishini oldini olish hususiyatiga egadir.

• Hurmoning yana bir ajoyib hislati bor, uning tarkibida sezilarli miqdorda oqsil mavjud bo’lib, odatda bu boshqa mevalarda uchramaydi.116 Shuning uchun ham ushbu hususiyati organizmning kasalliklarga, infeksiyalarga qarshi kurashishini mustahkamlaydi, hujayralarni yangilanish jarayonini yahshilaydi va suyuqlikni organizmda taqsimlanishini bir ma’romga soladi. Masalan, go’sht ham qiymati yuqori mahsulot, ammo u ham hurmochalik foyda bera olmaydi, ayniqsa pishib yetilgan vaqtda hurmoni mineral va vitaminlar jamlanmasiga o’shatsa bo’ladi. Shuningdek, go’shtni ko’p istemol qilish bezarar deb bo’lmaydi, hazm qilinishiga uzoqroq vaqt kerak bo’ladi. Bundan tashqari har qanday go’shtda ham mavjud bo’lgan holosterin va toksinlar organizmda yig’ilib boradi, hurmo esa boshqa barcha o’simlikar qatori organizm sog’lig’i uchun eng foydali tanlovdir.

Ushbu ma’lumotlarning barchasi Buyuk Yaratguvchining cheksiz ilm sohibi va odamlarga mehribon ekanligini ko’rsatadi. Ko’rib turibmizki, hurmoning homiladorlikda foydaliligi va unda tug’ish arafasidagi ayolning organizmida kimyoviy jarayonlarning boshlanishida kerakli bo’lgan zaruriy kimyoviy birikmalar haqidagi ilm zamonaviy tibbiyotga ohirgi bir necha yillar mobaynida ayon bo’ldi, biroq ushbu ilmga ko’rsatmalar Quroni Karimda14asr ilgari bayon etilgandir.


110. www.geocities.com/SoHo/Easel/3809/hurma.htm.
111. “Date and Health,” www.sgp-dates.com/date.htm.
112. http://198.65.147.194/English/Science/2000/7/article5.shtml; www.people.virginia.edu/~rjh9u/oxytocin.html; and http://eilat.sci.brooklyn.cuny.edu/newnyc/DRUGS/OXYTOCIN.HTM#supplied.
113. The Independent Newspaper, 9 June 1995.
114. “Date and Health,” www.sgp-dates.com/date.htm.
115. www.telmedpak.com/agricultures.asp?a=agriculture&b=date_palm.
116. Ibid.

Manba: http://www.miraclesofthequran.com/food_02.html
www.harunyahya.com ruhsati bilan tarjima qilindi.
Tarjimon: Marifat Akbarova

Manba: http://uz.islambio.com

Muxsiya

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 18
  • -oldi: 484
  • Xabarlar: 997
Bu yerda aynan arab davlatlarida o'sadigan yurtimiz bozorlarida ramazon paytida ko'payadigan xurmo haqida gap ketyaptimi yoki o'zimizni yerlarda o'sadigan kuz oxirida piwadigan xurmo haqidami

 

Abituriyentning test vaqtida telefondan foydalanishi qanchalik to'g'ri?

Muallif Musannif AdhamBo'lim Umumiy

Javoblar: 13
Ko'rilgan: 8356
So'nggi javob 30 Noyabr 2010, 11:13:05
muallifi jasur.best
Amir Temur va temuriylar davrida madaniyat va san'at

Muallif AbdulAzizBo'lim Tarixiy adabiyotlar

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 3615
So'nggi javob 25 Avgust 2013, 00:01:50
muallifi AbdulAziz