Hurmo tarkibidagi kimyoviy oksitotsin moddasi zamonaviy tibbiyotda to’lg’oqni tezlashtiruvchi darmon sifatida qo’llaniladi. Ko’pgina ilmiy manbalarda oksitotsin "œto’lg’oqni tezlashtiruvchi" vosita sifatida keltirilgan. Shunisi hayratlanarliki, tug’ruqdan so’ng darhol oksitotsin moddasi organizmga tushib ko’krak bezlarining sut ishlab chiqarish mehanizmini jadallashtiradi.
Gormon sifatida oksitotsin miya gipofizining orqa qismida ishlab chiqarilib, to’lg’oqni boshlanishi, bachadon va toz mushaklarini qisqarishini ta’minlash hususiyatiga ega. Barcha tug’ishdan oldin organizmdagi tayyorgarliklar ushbu gormon orqali boshlanadi. Gormonning mushak to’qimalariga, ona sutini ishlab chiqarilishini ta’minlashga va bachadon mushaklariga ta’siri kattadir.
Tug’ish jarayoni muvafaqqiyatli o’tishishi uchun bachadon mushaklari to’g’ri qisqarishi muhimdir, buning uchun esa oksitotsin zarurdir. Bola tug’ilgandan so’ng esa bu modda quyida ta’kidlanganidek sut ishlab chiqarishda faol ishtirok etadi.Birgina ushbu keltirilgan asosning o’zi Allohning kitobi Quronning ilohiy qudratini isbotlamoqda. Shuningdek, hurmoda yengil hazm bo’ladigan va tez singiydigan shakar — fruktoza mavjud bo’lib organism faoliyati uchun quvvat vositatisi hisoblanadi. Hurmodagi fruktoza oddiy shakar va glyukozadan farqli o’laroq qondagi shakar miqdorini keskin ko’tarib yubormaydi. Qondagi shakarning keskin oshishi ko’pgina jiddiy kasalliklarga olib keladi, eng avvalo shakarli diabedga. Shu bilan birga insonning ko’pgina ichki organlariga salbiy ta’sir ko’rsatadi, jumladan, buyraklar, ko’z nuri, yurak-qon tomirlari va asab tizimiga.
Hurmoda turli vitaminlar va minerallar miqdori ko’p bo’lib, ular kletchatka, yog’ va oqsillarga boydir. Mineral birikmalardan natriy, magniy, temir, sera, kaliy, fosfor va hlor, vitaminlardan esa vitamin A, betakarontin, B1, B2, B3 va B6 vitaminlari mavjud.