So'rovnoma

Bolalarni turli kasalliklarga qarshi emlash haqida fikringiz?


Ijobiy
  18 (69.2%)
Salbiy
  8 (30.8%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 25

So'rovnoma tugadi: 24 Yanvar 2012, 12:25:28



Эмланмаган болаларнинг ажойиб соғлиги  ( 67931 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 12 B


Humayro  13 Yanvar 2012, 16:06:26

Tepada keltirilgan ma'lumot fatvo emas! (men keltirgan ma'lumotni nazarda tutayapman).

Shunchaki holis bir insonning (dinga hech qanday aloqasi bo'lmagan) yillar davomida olib borgan ILMIY TADQIQOTI.

Albatta xulosa chiqarish har birimizning o'zimizga.

Qayd etilgan


Ansora  13 Yanvar 2012, 16:31:39

 :asl3:

Hay Olloh sizdan rozi bo'lsin observer1...

Mendan onalarning "yuragiga suv sepdingiz"

Bu emlash haqida yana shu bo'limdagi "emlash" mavzusida yoritganimda yana Humayro keltirgan sayt adresi bo'yicha teskari fikrlar bildirishgandi forumdoshlar.
Men hech narsa demagandim, lekin shu saytdan nimagadir qo'rqardim :-[

Yana forumlardan birida shu mavzuni onalar bilan tortishgandik, asosan emlash tarafdori edi. Bolalarini emlatmagan birgina ayol chiqdi, asosan hamma emlatgandi, asosan dadalar emlash shart, deb o'ylasharkan...

Bu shunchaki gaplar emas, jiddiy tibbiy ayblovdir...

Qayd etilgan


Ansora  13 Yanvar 2012, 16:32:52

Ilgari, boshqa forumda yozgan fikrlarim, qarang, o'sha kuniyam Jum'a ekan...

 :asl3:

Barvhangizga xayrli Jum'alar. Rabbim duolaringizni qabul aylasin. Farzandlarimizni O'zi panohida asrasin iloyim.

Kecha ho'jayinim bilan bu haqda gaplashdim. U kishi menga bir gap aytdilar: "Hech qaysi mamlakat fuqarolarini kamayishini yoki kasalmand bo'lishini xohlamaydi. Sovet Ittifoqining qanchalik bolalarga e'tibor berganini sening yaxshi bilishing keraki, yoki sizlarni emlashmaganmi? -Emlashgan albatta, xatto homilador qolgandan keyin har bir ayol va bo'lajak farzandini sog'lig'idan bir hamshira mas'ul edi, dedim men. Ho'sh, shunday ekan, men nima uchun Turkiya Jumhuriyatimning Sog'liq vazirligidan shubhalanishim kerak. Senin mantig'ing xuddi .... mantig'i kabi. - Turkiyada ... degan millat bor, doimo Turklar bizni yo'q qilmoqchi, degan havotirda yashashadi, ularni bolalarini emlagani hamshira chaqirganda - siz bizni yo'q qilmoqchisiz, kamaytirmoqchisiz, kasalmand qilmoqchisiz, deb juda qarshi chiqishar ekan. Albatta to'g'ri yerda va to'g'ri insonga qilidirish kerak emlashni, bazan uquvsiz bir doktor yoki hamshirani dastidan bolalar tugul kattalar ham nogiron bo'lib qolishyabdi.

Zamira, dedilar, senda kuzatyabman, kasallik kasalligi (hastalık hastalığı) boshlanibdi. Ollohga si'g'in, hamma narsadan shubhalanaverma, bunaqada depressiyaga kirasan, Olloh saqlasin, aqlingni yig'.
Sen onasan, seni vazifang farzandingni sog'lom tarbiyalash, sen undan bundan shubhalanversang, o'zing kasal bo'lasan, (Olloh saqlasin), sen siqilib, o'zingni yegan masalalarni hech havotir olma, olimlar yillardan beri o'ylashyabdi, ter to'kishyabdi.
sen aytgan saytlarga kelsak, men ularga ishonmayman, xozirgi kunda eng to'g'ri degan narsaning ham qarshisi bor, agar shunday bo'lmasa edi Ateistlar bo'larmidi...

Xullas, qizlar, rostdan ham kecha juda yomon ta'sirlandim, qarasam o'zim kasal bo'ladiganman ho'jayinim aytganlariday. Bundan keyin bu mavzuda o'ylamaslikka qaror qildim, chunki zarari menga bo'lyabdi, qolaversa, men doktor emasman, laboratoriyadan aslo xabarim yo'q ki, shu yeri xato, desam, isbot etsam.

Shubha esa bir qurt kabidir bilasiz, insonni ichini kemiraveradi, kemiraveradi....

Rabbimdan xayrlisini tilayman...

Qayd etilgan


observer1  13 Yanvar 2012, 21:14:27

Хумайро, Капалак раҳмат.

Капалак, мен ҳам сизлар каби мутахассис смасман. Лекин инсон саломатлигидек жиддий масалаларда ҳаммамиз сзимиз ва фарзандимиз учун бефарқ бслолмаймиз.

Форум бу, сркин фикрлар минбари. Фикрлар тсғри ҳам, нотсғри ҳам бслиши мумкин. Бирор китобни чоп стишга рухсат олгандай рухсат олиш йсқ, сркин ёзаверилади. Сизга форумда бир нарсани ташвиқотини қилаётган киши хаётда сзи шунинг аксини қилиб юравериши ҳам мумкин. Шундан келиб чиқиб айтганда, форумларда бсладиган холатларга (сиз айтиб стган) муносабат ҳам шунга сраша бслиши керак. Мен бу билан форумларга ишончсиз бслиш керак демоқчи смасман. Лекин, шу билан бирга ста содда ҳам бслмаслик керак.

Келинойим айтиб бергандилар:
Бир аёлнинг фарзандининг ксзи оғрибди. Қсшниси: аччиқ тошни туйиб ксзига сепинг, деб маслаҳат берибди. Онаси бола йиғлаб қаршилик қилишига қарамай, ксзига аччиқтош сепибди. Шундан сснг боланинг ксзи ожиз бслиб қолибди.
Мен сшитганимдек ёздим. Биз учун муҳими, бу воқеадан олинадиган сабоқдир.   

Мавзу бсйича сна бир линк.
Бутун дунё мусулмон уламолар кенгашининг баённомаси

Википедисдаги мана бу мақола ҳам стиборимни тортди. Бежизга бслмаса керак деган маънода...

Антивакяинаторство

Антивакяинаторство — обс‰ественное движение, оспариваюс‰ее сффективность, безопасность и правомерность вакяинаяии, в частности — массовой вакяинаяии. Согласно заключению скспертов Всемирной организаяии здравоохраненис большинство доводов антивакяинаторов не подтверждаютсс научнс‹ми даннс‹ми[1][2] и характеризуютсс как «тревожное и опасное заблуждение»[3].

...

Особенностью современной движенис антивакяинаторов свлсетсс активное использование интернета.[5][6][7] Как отмечают исследователи обс‰ими чертами антипрививочнс‹х сайтов свлсютсс копирование информаяии без должной проверки, теснас взаимосвсзь — большое количество перекрестнс‹х ссс‹лок, практически отсутсвуют ссс‹лки на научную литературу,[8] смояиональнас окрашенность информаяии.[9] Также отмечаетсс недостоверность части информаяии, использование слементов теории заговора, а также «постмодернистских аргументов, таких как отклонение биомедияинских и других научнс‹х фактов в пользу собственнс‹х интерпретаяий».[6] Ло ояенкам исследователей подобнас пропаганда может привести к отказу от вакяинаяии доверчивс‹х или недостаточно образованнс‹х людей.[7]
Как замечают профессора А оберт Вольфе и Лиза Шарп, основнс‹е аргументс‹ антивакяинаторов, излагаемс‹е в интернете, практически не отличаютсс от аргументов антивакяинаторов коняа 19-го века.[4]

...


Qayd etilgan


Aqoid  14 Yanvar 2012, 05:09:18

Humayro sizga katta rahmat. Kerakli ma'lumot berilibdi.

Qayd etilgan


Муҳаммад Соҳиб  14 Yanvar 2012, 09:42:20

Ҳеч қайси ота онанинг юрагига ғулғула солмоқчи смасман. Аммо смлашнинг нима сканини билиш учун жуда ксп манба ахтариб, титиш шарт смас. Икки юз йил олдин шу нарса бслганмиди, сша замон инсонлари қанчак саломат сди деган саволга жавоб берилса бас. Аввал бу нарса бслмаган, одамлар сса, ҳозиргидан ксра кспроқ саломат бслган. Қандли диабет каби касалликлар айни нотабиий қандларни ксп истеъмол қилиш, стресс каби холатлардан келиб чиқади. Агар турфа  сунъий ширинликлар ва кераксиз асаббузарликлар сингари нарсалардан йироқ бслинса, қандли диабетдан ҳам йироқ бсласиз. Худди шунга схшаб болангизга келиши мумкин бслган чечак каби касалликнинг келиб чиқиш сабабларини срганиб, сша сабабдан узоқ бслиш минг марта схшироқ. Соғлом, мусаффо организмга ёт унсурларнинг тиқиштирилиши, организмга қсшимча иш кспайтириб, толиқтиришдан бошқа нарса смас. Буни тушуниш учун ксп мулоҳаза ҳам шарт смас аслида.

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  14 Yanvar 2012, 09:49:57

Agar organizmga begona modda kirmasa yoki zararli moddalar to'planib qolmasa, insonda hech qachon isitma chiqmaydi. Humayro keltirgan ma'lumotda vaktsina olganda isitma chiqishi takidlangan, demak bu vaktsinalarda zaharli moddalar bor. Organizm shu zaharni to'liq tozalamaguncha xaroratni oshirib zaharga qarshi kurashadi!
Esimda, bir bor farzandimizni majburiy privivkaga olib chiqqandik, ertasiga isitma 39-40larga chiqib ketgandi, uch kun isitma tushmagan, juda injiq bolib qolgan edi, ikki haftalarda injiqligi ham ketgandi. Doktorlar tan olishmagan, hammada shunday bo'ladi deb. Bu emlashlarga bosh tortib yurganimizda avval po'pisa qildi, royhatdan o'chiramiz deb. Bir necha kundan so'ng yalinishga ham o'tdi, "bular zararli ekanligini bilaman, lekin meniyam tushuninglar, hamma bolalarga emlov olish shart qilingan. men ma'sulman shu kvartal bolalariga, javob berishim kerak... bolangizga emlovlar olmasangiz, spravkalar berilmaydi..." va hokazo gaplar. koplarga maslahat soldim, iloji yo'q deyishgandi.

Kapalak opa siz bir muslima farzandiga emlashdan saqlayotganini aytdingiz, o'sha muslima opa qayerda turadilar, O'zbekistondami? Privivkalardan qanday "qocharkan"? Iltimos, o'sha opadan so'rab bering

Qayd etilgan


azizbek_mx  14 Yanvar 2012, 09:51:34

lekin ikki yuz yil oldingi tabiat ham musaffo bölgan. Hozirgi tabiatda esa, havoda turli kasalliklar mikroblari, viruslari bor. Menimcha bu tomonini ham öylash kerak.
Lekin, men 1 2 yildan beri tabletka, antibiotiklarni og'zimga olmay kelyapman. Faqat lorda davolanganimdagina ukol olardim. Öshandayam dori ichmadim. 5-6 yildan beri menda gripp, qattiq shamollash kuzatilmadi. Yengil shamollash bir bir kuzatildi, darrov ötib ketdi. Immunitetni saqlanib qolishiga köproq e'tibor berish kerak, fikrimcha...

Qayd etilgan


Donishmand  14 Yanvar 2012, 11:16:02

Assalomu alaykum!
Bu mavzuga fikr bildirmoqchi emasdim.
Ammo Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining javoblariga ilova berilganidan keyin ham hulosalar xilma-xilligi davom etayotgani uchun biroz yozmoqchiman. Aybga buyurmaysizlar, aqllilikka yo'ymaysizlar.
Avvalo "vaksina o'zi nima?" degan savolga biroz to'htalsak. Oddiy til bilan, qisqacha qilib aytganda vaksina - o'sha kasallik virusining ko'paya olmaydigan (bichilgan) ko'rinishi. U odam organizmiga tushganidan keyin huddi o'sha virusday ta'sir ko'rsatadi. Organizm esa bunga qarshi immunitet tizimini ishlab chiqadi va bu virusni yo'q qiladi. Bu jarayonda isitma ham chiqishi mumkin. Ko'payish hususiyati bo'lmaganligi sababli viruslar organizmda qolmaydi. Bu o'sha biz aytayotgan VAKSINAdir. Natija nima? Natijada organizmimiz bunday virusga qarshi kelajakda mustahkam himoya tizimiga ega bo'ladi.
Emlatmasakchi? Emlatmasak, yoshimiz yigirma-yigirma beshga borganida shunday virus yuqsa, Hudo ko'rsatmasin, bu organizm uchun yangilik bo'ladi. Bu virus haqida organizmda ma'lumot yo'q. Unga qarshi himoyalanish uchun immunitet ishga tushadi, ammo virus ko'payuvchan(!), juda tez ko'payuvchan. Endi kurashish qiyin kechadi, yana antibiotiklar yordamida.
Hamma yaxshi narsaning ham ma'lum miqdorda yomon taraflari bor.
Hayotda hamma narsa nisbiy.  Ya'ni, yaxshi nima uchun yaxshi - yomonlik bo'lgani uchun. Zarar nima uchun zarar - foyda bo'lgani uchun. Va hamma narsa vaqtincha, o'z zamonida foydasi ko'p. Vaqt o'tgan sari undan foydaliroq metodlar chiqadi, va u narsadan voz kechiladi. Nisbiylikning o'zi ham vaqtincha narsa, uning yakunini o'zlaringiz yaxshi bilasizlar.
Emlash bir paytlar odamlarni yoppasiga halokatdan saqlab qolgan, avvalo Olloh sabab. Hamma narsaning yomon taraflarini sanab o'tiraversagu, foydali tarafini hisobga olmasak to'g'ri qilgan bo'lmaymiz. Qo'limizdagi telefonning zararlarini sanab charchamayapmiz, lekin ishlatmay qo'yganimiz yo'qku har qalay.
Emlashning salbiy taraflari ba'zilarda kuzatiladi, lekin hammada emas.
Ilgari odamlar qanchalik sog'lom bo'lishgan? Bizdan ko'ra yaxshiroqmi? Bu fikrga qo'shilaman, ular sog'lom bo'lishgan bizdan ko'ra. Sababini ham aytay endi:
Sog'lomliklariga sabab yana o'sha immunitet tizimi. Ular o'spirinlik yoshiga yetgunaricha kasallikka qarshi kurash mexanizmi mukammal shakllanib borgan. Hammasidami? - yo'q! Yarmidami? - Statistikani sizlarga keltirishning keragi yo'q, deyarli hammada malumotlar bazasi, internet degan narsalar bor. O'smirlikka yetib borgunlaricha kasallik sabab qanchalari o'lib ketgan, qanchalari buni yengib o'tib sog' qolgan ekan - bu ham statistik ma'lumotlarda qayd qilingan.
Ilgari ko'p eshitardim, "falonchi hola o'zi 10 ta tuqqan, to'rttasi nobud bo'lgan, oltitasi katta bo'ldi. Pistonchi hola sakkizta tuqqan edi, uchtasini ushlab qololdi," - deganday gaplarni.

To'rtta-beshtasida uchragan nojo'ya ta'sirlarga qarab hulosa chiqarmaylik. Ko'pchilikning telefondagi imkoniyatini hisobga olgan holda Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining so'zlaridan bu yerga ko'chirma berishga qaror qildim:
"-   Бу ҳақда жуда кўп айтилган. Дунё мусулмон уламолари бирлиги ташкилотининг фатвосини ҳам берилган. Бу иш зарур нарса, уни қилдириш керак. Болаларни эмлаш ҳаром деганларнинг гапи мутлақо нотўғри."

Mening maslahatim, bolangizni emlating, ammo ehtiyot bo'lib, shpritsga e'tibor berib, ishonchli joyda emlating.

Qayd etilgan


Ansora  14 Yanvar 2012, 12:33:41

 :asl3:

Azizbekka baribirda u tarafgayam rahmat, bu tarafgayam ;D

Bir o'qituvchimiz aytgandilar: Odamlar tarix, din haqida tortishishni judayam yaxshi ko'rishadi, chunki formula kerak emas:)

Bunday qarasam tibbiyot sohasida tortishish uchun ham doktor bo'lish shart emaskan:)

Avvalo shuni bilsak, shu manba berilgan sayt haqida kim yaxshi ma'lumotga ega?

Yaqinda bir narsa bo'lgandi Istambulda:) Mengayam kelgandi u mail.

Istambul unv, falon fakultetidagi dotsent domla qulog'i yaxshi eshitmaydigan bolalarga tekin apparat tarqatyabdi, savob uchun mumkun marotaba ko'p insonga jo'nating bu mailni, men ham jo'natdim ancha kishiga:)

Ma'lum bo'lishicha bechora domlani bu xabardan aslo xabari yo'q, unga qanaqadir g'arazligi bo'lgan biri uning telefon nomerigacha berib, o'zicha domlani sharmanda qilibdi...

Internet olami bu, hamma og'ziga kelganini yozaveradi, lekin bu gapning orqasida turish faqat odamday  odamlarga xos...

Qayd etilgan